Jins hosil qiluvchi minerallarning fizik xususiyatlari, tuzilishi, kimyoviy tarkibini o’rganish. Ishning maqsadii


Download 69.61 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi69.61 Kb.
#1002139
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Jins hosil qiluvchi minerallarning fizik xususiyatlari


Jins hosil qiluvchi minerallarning fizik xususiyatlari, tuzilishi, kimyoviy tarkibini o’rganish.
Ishning maqsadii:Minerllar haqidagi bilimlarni mukammallashtirish uchun ularning fizik xususiyatlari,kimioviy tarkibi bilan minerallarni tuzilishi formulalari orqali tanishish.
Barcha minerallarni asosan: nodir, aksessor, kam tarqalgan va jins hosil qiluvchi minerallarga bo’linadi.
Foydali minerallar-jinslari asosini tashkil etadi. Shuning uchun talabalar ularning fizik xususiyatlari,kimioviy tarkibi, tuzilishi va xossalari bilan tanishishi kerak.
Minerallarning tashqi ko`rinishiga qarab birini ikkinchisidan ajratish ancha mushkul. Har birining o`ziga xos belgisi bor. Ular qattiqligi, yaltiroqligi, rangi, chizig`ining rangi, og`irligi, sinish yuzasi, ulanish tekisliklari va boshqalardir.
Minerallarning qattiqligi – deb, shu mineralning biron tashqi mexanik ta’sirga, jumladan tirnalishga qarshilik ko’rsatish qobilyati darajasiga aytiladi.Minerallarni aniqlashda oson usullardan biri bo`lib, muhim diagnostik belgi. Qattiqlikni aniqlashda nemis olimi F. Moosning nisbiy qattiqlik shkalasidan (1811 yilda yaratilgan) foydalaniladi(2.1-jadval). Bu shkala 10 ta mineraldan iborat bo`lib, ularning qattiqligi biridan ikkinchisiga tomon ortib boradi. Shunga ko`ra, har bir oldingi mineralni keyingi mineral chiza oladi (iz qoldiradi). Ayrim hollarda asboblar bo`lmaganida, minerallarning qattiqligini qo`l ostidagi mavjud narsalar yordamida ham aniqlash mumkin. Buning uchun biz yumshoq qalamning qattiqligi 1, tirnoqniki 2-2,5, mis tanganiki 3, mixniki (temirdan qilingan) 4-4,5, uchli pichoq yoki shisha sinig`iniki 5-6, po`lat egovning qattiqligi 5,5-7 ga tengligini bilishimiz kifoya.
Solishtirma og`irlik minerallarni aniqlashda ahamiyati katta. Solishtirma og`irlik minerallarda sezilarli ravishda o`zgaruvchan bo`lib, 0,5 dan 21 gacha bo`ladi.
Minerallarning solishtirma og`irligi yig`indisidan tog` jinsining zichligi kelib chiqadi. Minerallarning solishtirma og`irliklari ularning kimyoviy tarkibiga, chunonchi, ion va atomlarining og`irligiga va tabiiy ichki tuzilishlariga (strukturasi) bog`liq.
Bir xil kimyoviy tarkibdagi minerallarning solishtirma og`irligiga (zichligiga) atomlar orasidagi masofa, koordinatsion son, kimyoviy bog`lanish turi ta`sir etadi, boshqa teng sharoitlarda esa atomlar yoki molekulalar guruhining har xil polimorf modifikatsiyada o`zaro joylashishiga bog`liq.
Minerallarning kimyoviy tarkibiga ko`ra solishtirma og`irligi har xil bo`ladi.
Yaltiroqlik-bu minerallarning yuzasiga tushgan yorug`lik nurini qaytarish xususiyati. Yaltiroqlik metallsimon (M) - metallning yangi yuzasining yaltiroqligiga o`xshash -barit, kuprit, gematit, ilmenit; shishadek (Sh) - tiniq minerallar-sludalar, gips, kalsit; sadafdek (S) - sludalar, talk; ipakdek (I) - ingichka tolalardan tuzilgan minerallar - gips tolalari, asbest; yog`dek (Yo) - mineral yuzasi yog` surilgandek yaltiraydi - nefelin; olmosdek (O) - juda o`tkir yaltiroqlik - olmos, kinovar; mumdek (Mum) - hech qanday yaltiroqlik sezilmaydi - feruza.

Download 69.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling