Kadrlar salohiyatini baholashning ahamiyati


Download 14.19 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi14.19 Kb.
#1009415
Bog'liq
25.11.2022


1.1 Kadrlar salohiyatini baholashning ahamiyati .
Moddiy va tabiyi resurslarni boshqarish bilan bir qatorda insonlarni boshqarish harqanday karxona va tashkilotni boshqarishning tarkibiy qismidir .Biroq uzining ta’riflariga ko’ra odamlar tashkilotlar foydalanadigan har qanday resurslardan jiddiy ravishda farq qiladi,binobarin boshqarishning alohida usullarini tashkil etadi.
Birinchidan, odamlar aql-idrokga ega bo’lib ularning tashqi muxitga (boshqarishga) reaksiyasi mexanik ravishda emas ,balki hissiy o’ylangan, anglab yetilgan reaksiyadir. Demak tashkilot bilan xodim o’rtasidagi o’zaro ta’sir ko’rsatish jarayoni ikki tomanlomadir.
Ikkinchidan, odamlar doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirdirlar. Hozirgi fan va texnika tarqqiyoti davrida texnologiya shu bilan birga kasbiy ko’nikmalar bir necha yil mobaynida eskirib qoladi. Shuning uchun ham xodimlarning doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga qodirligi korxona tashkilotning faoliyati samardorligini oshirishning eng muhim va uzoq davom etadigan manbayidir.
Ushinchidan, insonning mehnat hayoti hozirgi jamiyatda 30-50 yil davom etadi, shunga kura inson bilan toshkilotning o’zaro munosabatlari ham uzoq davom etish hususiyatiga egadir. Masalan inson Fransiyada o’rta hisobda bir korxona va tashkilotlarqa o’rtacha hisobda 16 yil mehnat qiladi.
Turtinchidan odamlar ko’p hollarda korxona va tashkilotga ongli ravishda o’z oldilariga muayyan maqsadlarni qo’ygan holda keladilar va toshkilotdan ana shu maqsadlarni amalga oshirishga yordam berishini kutadilar.
Inson resurslarini boshqarish quyidagi maqsadlarga ega bulishi mumkin:
-Inson resurslaridan samarali foydalanish;
-Tashkilot xizmatchilari o’rtasida yaxshi mehnat munosabotlarini shakllantirish;
-Jamoada yaxshi ijtimoiy ruhiy muhitni saqlab turish;
-Har bir shaxsning mukammal ravishda rivojlanishini ta’minlash;
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
Birinchidan, funktsional vazifalari aniq belgilangan qobiliyatli insonlarni ishga olish lozim, buning uchun malakaviy xarakteristikalar ishlab chiqilishi kerak; Ikkinchidan, insonlarning imkoniyatlarini samarali tadqiq etish; Uchinchidan maqsadlarni bajarish uchun mehnat qilishga tayorlikni qullab quvvatlash.
Butun tashkilot kabi tashkilot personali ham shuningdek, uning har qanday qismi ham tuxtovsiz harakatda bo’ladi.
Bu harakat quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-Mehnat resurslarini rejalashtirish
-Yig’ish
-Tanlash
-shartnoma tuzish
-Ish haqi va imtiyozlarni belgilash
-Yunaltirish va moslashtirish
-Mehnat salohiyatini baholash
-Ko’tarish, pasaytirish, ishdan bushatish
-o’qitish, malaka oshirish, qayta tayorlash
Inson resurslarini boshqarish tizimi quyidagi bosqishlarni o’z iсhiga oladi:
1.Resurslarni rejalashtirish: inson resurslariga kelgusi ehtiyojlarni qondirish rejasini ishlab chiqish.
2.Personalni tuplash: barcha lavozimlar buyicha potentsial nomzodlarni baholash va rezervdan eng yaxshilarin tanlash.
3.Tanlash: ish joylariga nomzodlarni baholash va rezervdan eng yaxshilarini tanlash.
4.Ish haqi va imtiyozlarni aniqlash :xizmatchilarni jalb qilish, yollash va saqlab qolish maqsadida ish haqi va imtiyozlar strukturasini ishlab chiqish.
5.Kasbga yunaltirish va moslashuv : yollangan ishchilarni tashkilot va uning bulinmalari bilan tanishtirish:
6. O’qitish: ishni samarali bajarish uchun kerakli mehnat ko’nikmalarini o’rgatish uchun dastur ishlab chiqish.
7. Mehnat faoliyatini baholash : mehnat faoliyatini baholash metodikasini ishlab chiqish va uni xodimga yetkazish.
8. O’stirish, pasaytirish, o’tkazish, bushatish: xodimlarni lavozimlarga yoki boshqa ish uchastkalariga o’tkazish metodlarini ishlab chiqish.
9. Rahbar kadrlarni tayorlash, xizmat ko’rsatishlarini boshqarish: rahbar xodimlarni mehnat samaradorligini kutarishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish.
Personal termini korxona mehnat jamoasining tarkibiy qismlarini birlashtiradi. Personalga ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarini bajaruvchi va mehnat predmetlarini mehnat vositalaridan foydalangan holda qayta ishlash bilan band bo’lgan barcha xizmatchilar kiritiladi.
Download 14.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling