Kafedrasi “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi


Download 1.17 Mb.
bet1/8
Sana29.03.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1305290
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sanoat korxonalarining yordamchi binolari (3)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“QURILISH FAKULTETI”

“BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI”


KAFEDRASI

Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” fanidan


5340200- Bino va inshootlari qurilishi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
“Sanoat korxonalarining yordamchi bino va xonalari”
Hisobini bajarish bo‘yicha

USLUBIY QO‘LLANMA


FARG‘ONA-2023 YIL


FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


“QURILISH FAKULTETI

“BINO VA INSHOOTLAR QURILIShI”


KAFEDRASI

Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” fanidan


5340200- Bino va inshootlari qurilishi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
“Sanoat korxonalarining yordamchi bino va xonalari”
Hisobini bajarish bo‘yicha

USLUBIY QO‘LLANMA


Institut uslubiy kengashida


tasdiqlangan.
Bayonnoma №__ ______2023yil
FARG‘ONA – 2023

Uslubiy qo‘llanma qurilish mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiydigan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi ” fanidan sanoat binolari bo‘limi bo‘yicha tayyorlanadigan kurs loyihasining “Sanoat korxonalarining yordamchi bino va xonalarini ” hisoblashda yordam beradi.


Uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda “BIQ” kafedrasi a’zolarining bir necha yillardan beri loyixa ishlari bo‘yicha to‘plangan fikr –mulohazalardan,hamda O‘zbekiston Rspublikasidagi oliy o‘quv yurtlarining “ Bino va inshootlar qurilishi” kafedralarida tayyorlangan uslubiy qo‘llanmalardan foydalanildi.

Tuzuvchilar: dots. M. Nabiev.


mag. A.T.Azamjonov
Taqrizchi: dots: I.N.Abdullayev

Uslubiy qo’llanma “BIQ”


kafedrasining uslubiy
semenarida ko’rib chiqilgan.
Majlis bayoni №____
“___”____________2023 yil

Qurilish fakulteti uslubiy


komissiyasi tomonidan maqullangan
va chop etishga tavsiya etilgan
Majlis bayoni №____
“___”____________2023


KIRISH
Ish joylarini tashkil qilish, oshxonalarda ovqatlanish sharoiti, profilaktoriylar xizmati, o‘z-o‘ziga xizmat qilish xonalari ahvoli, bular hammasi odamlarni ishga bo‘lgan munosabatiga xizmat qiladi.
Mehnat unumdorligini oshirishga, mahsulot sifatini yaxshilashga ta’sir etadi.
Ko‘pgina zavodlar, fabrikalar, agrosanoat komplekslarida bu masalaga katta e’tibor berishib, odamlarni ish va dam olish sharoitini yaxshilashga harakat qilishadi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda sanoat korxonalarning yordamchi binolarining loyihasi mehnatkashlar ehtiyoji uchun har tomonlama qulay bo‘lishini ko‘zda tutish kerakki, ular qurilish iqtisodiy, texnikaviy foydalanish talablarida to‘la javob berish kerak.
Bulardan tashqari yordamchi binolarni loyihalashda, ishchi xizmatchilarga qisqa vaqt ichida qulay xizmat ko‘rsatilishiga erishish kerakligi hisobga olinishi lozim.
Sanoat korxonalari yordamchi binolarga asosan o‘ziga-o‘zi xizmat qilish, meditsina, madaniy va sport, kommunal, ma’muriy texnik, savdo, umumiy ovqatlanish, mutaxassislik bo‘yicha o‘qitish va jamoat tashkilotlari xonalari joylashadi.
Yordamchi xonalar maydoni sanoat korxonalari ishlab- chiqarish maydoniga nisbatan 22-25% ni tashkil etadi, shundan: 3% -o‘ziga-o‘zi xizmat qilish xonalariga, 3% ni ma’muriy, 2% - muhandislik laboratoriya, 2,5 % -umumiy ovqatlanish, 1,5% - meditsina va madaniy, 5...8% boshqa xonalar tashkil etadi.



Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling