KARTOGRAFIK GENERALIZATSIYA
Reja
1. Kartografik generalizatsiya va uning xususiyatlari
2. Generalizatsiya turlari
Tayanch ibora va atamalar: kartografik
generalizatsiya, kartaning tipi,
geometrik
aniqlik, legenda, gorizontal, yirik masshtab, orientir, nuqtalar usuli.
Butun borliqni obrazli-belgili modeli sifatida geografik kartalarning eng muhim
xususiyati ularni tabiat va jamiyat hodisalarini istagan kattalikdagi hudud, masalan rayon,
viloyat,
mamlakat, materik yoki hatto to’liq Yer shari miqyosida bevosita ko’zdan
kechirish va o’rganish imkoniyatiga egaligidir. Bu masshtabdan foydalanishga va kartaga
tushirilayotgan hodisalarni umumlashtirilgan ko’rinishda berishga asoslangan.
“Generalizatsiya” termini frantsuzcha so’z ―generalisation‖dan
kelib chiqqan bo’lib
- umumlashtirish, umumiy, bosh degan ma’nolarni bildiradi.
Generalizatsiya terminining
lingvistik tushunchalari uning kartografik mohiyatini to’la ifoda etadi.
Generalizasiyani birinchi bo’lib tafsiflab bergan nemis olimi Maks Ekker (1921 y)
generalizasiyani mohiyati – saralab olish va umumlashtirish, uni bosh omili –
muayan
xaritalarni – maqsadi, generalizasiyani muvaffaqiyatli bajarishni asosiy sharti –
generalizasiya qilinayotgan hodisalarni mohiyatini, xarakterli xususiyatlarini tushunishdir
deb mutlaqo to’g’ri ta’kidlagan.
Davlat standartida kartografik generalizatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan:
kartada tasvirlanayotgan ob’ektlarning kartaning maqsadi,
masshtabi, mavzui va tili
hamda kartaga olinayotgan sohani xususiyatlariga mos ravishda tanlab (saralab)
olish va
umumlashtirishga
kartografik generalizatsiya deyiladi.
Generalizatsiyaning asosiy
ma’nosi - borliqning kartaga olinayotgan qismining o’ziga xos bo’lgan asosiy tipik
tomonlari va xarakterli xususiyatlarini saqlab qolib umumlashtirib tasvirlashdir.
Generalizatsiyada quyidagilarga asosiy etibor qaratiladi: