Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo’yicha xorij amaliyoti


Download 178.84 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi178.84 Kb.
#1559144
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KICHIK BIZNES VA OILAVIY TADBIRKORLIKNI KREDITLASH

KICHIK BIZNES VA OILAVIY TADBIRKORLIKNI KREDITLASH BO’YICHA XORIJ AMALIYOTI

MUNDARIJA


KIRISH
I-BOB OILAVIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA MEHNATNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI

    1. Oilaviy biznes rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, mazmuni va nazariy asoslari

    2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatning xarakteri va uni samaradorligini baholash usullari

II. BOB. OILAVIY BIZNES SOHASIDA MEHNATNI TASHKIL ETISH HOLATI TAHLILI
2.1. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan oilalarda mulkiy munosabatlar va daromadlarning shakllanishi.
2.2. Oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish yo‘llari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning pirovard natijasi oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Bu farovonlikka erishish yo‘llaridan biri oilada tadbirkorligi va oila biznesini yo‘lga qo‘yish bilan chambarchas bog‘liq. Chunki oilada tadbirkorlikning rivojlanishi, uning ommaviy tus olishi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, ya’ni oilalar farovonligini ta’minlash va ish bilan bandlik masalalarini hal qilish imkoniyatini yaratadi. Shu bois, ushbu sohani taraqqiy ettirish Respublika hukumatining doimo diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‘dirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim yo‘nalishiga aylanmog‘i zarur”. Oilaviy biznesni rivojlantirish, mamlakatimiz uchun hayotiy zaruratga aylanmoqda. Shu sababli, oilalarning muhim daromad manbai va tadbirkorlikni rivojlantirishda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish bugungi kunda hayotiy zaruratga aylandi.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida ushbu dolzarb vazifani hal qilish borasida salmoqli, ijobiy natijalarga erishildi. Ammo, hozirgi kunda ham oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, ular faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va shu asosda oilalar farovonligini oshirish masalalari o‘z yechimini kutayotgan muammolardandir.
Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida ishlab chiqararilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning raqobatbardoshliligiga erishishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – tashkil etish, normalash va shular asosida ishlab chiqarish samaradorligini va mehnat unumdorligini oshirish katta ahamiyatga ega.
Shu tufayli oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni tashkil etish bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olib, ularning samaradorligini oshirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish alohida ahamiyatga egadir. Oilaviy biznes sohasida hal qilinishini kutayotgan muammolarning mavjudligi mehnatni ilmiy jihatdan tashkil etish asoslari va yo‘nalishlarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilishning zarurligi kurs ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.

Download 178.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling