Kimyo metallurgiya


Download 441.5 Kb.
bet1/7
Sana26.02.2023
Hajmi441.5 Kb.
#1232161
  1   2   3   4   5   6   7

NAVOIY DAVLAT KONCHILK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KIMYO METALLURGIYA” FAKULTETI
KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI

KURS ISHI

«KORXONALAR IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI» fanidan




K U R S I S h I


Mavzu: Korxonaning mehnat resurslari.




Bajardi: _______ __________guruhi talabasi _________________
(imzo) (ismi sharifi)


Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2023 y.
Baho “_____” ___________
Ilmiy rahbar: __________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
Komissiya a’zolari: __________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
__________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)


Navoiy – 2023 yil
Mavzu: Korxonaning mehnat resurslari.


Reja:

Kirish

1. Mehnat resurslarini tasniflash.

2. Mehnat resurslarining tarkibi va tuzilishi.

3.Zamonaviy korxona va tashkilotlarda mehant resurslarini boshqarish.


4. Mehnat unumdorligi.

5. Sanoat korxonalarida ish haqini tashkil qilish.
6. Ishlab chiqarish resurslarining o`zaro ta`sir mexanizmi.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish


Mavzuning dolzarbligi. O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayoni mehnat resurslarini boshqarish sohasida ham tub o'zgarishlar qilinishini taqozo etadi. Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati unda ishlovchi mehnat resurslari tarkibining qay darajada shakllanganligi bilan belgilanadi. Shu jihatdan, hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon. yuqori salohiyatga ega bo'lgan, m a'naviy yetuk, tadbirkor insonlarni shakllantirishga erishish har bir korxona va tashkilot oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan, zamonaviy malakali iqtisodchi kadrlarni shakllantirishda '‘Mehnat resurslarini boshqarish” fanini o'rganish o ‘ta muhimdir. Ko'p yillik tadqiqotlar hozirgi globallashuv sharoitida iqtisodiy o‘sishning qariyb 70 foizini insonlar, ya’ni: ishchilar, mutaxassislar. xizmatchilar, rahbarlar mehnati. malakasi, izlanuvchanligi, salohiyati tashkil etishini, 30 foizini esa boshqa barcha omillar ta’minlashini ko'rsatdi. Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarish va boshqaruv tizimida inson omili hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Mehnat resurslari sifat tarkibini malaka bo’yicha tahlil qilish zarur. Xodimlarning malaka darajasi ko’p jihatdan ularning yoshiga ish stajiga, ma’lumotiga va hokazolarga bog’liqdir. Shu sabali, tahlil jarayonida ishchilarning yoshi, ish staji, ma’lumoti bo’yicha o’zgarishlar o’rganiladi. Inson har doim farovon yashashga intilib kelgan. Buning uchun esa mahsulotlarni va xizmatlarni ko`plab va sifatli ishlab chiqarish zarur. Resurslar kamyob bo`lganidan ularni tejab-tergab ishlatish lozim. Bu esa o`z navbatida mehnat unumdorligini (Mu) ni oshirishni talab qiladi. Aholi turmush darajasini oshirishni iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, jumladan sanoat korxonalarining samaradorligi oshirish bilan bog`lab o`rganishda mehnat unumdorligi va ish haqi to`lash o`rtasidagi mutanosiblikka e`tibor qaratish muxim ahamiyat kasb etadi. Mehnat unumdorligini oshirish jamiyat uchun juda muhimahamiyat kasb etadi. Chunki mehnat unumdorligini o‘stirish orqaliiqtisodiy mo‘l-ko‘llik, farovonlik, ijtimoiy barqarorlikka erishishmumkin. Mehnat unumdorligi alohida iqtisodiy kategoriya hisob-lanadi. Mehnat unumdorligini o‘sishiga bir qator omillar ta’sirqiladi. Ana shu omillarning eng muhimi, bizningcha, jamiyatdaunumli mehnatni taqdirlash, rag‘batlantirish, ishlash uchun yaxshiqulay sharoitlar yaratib berishdir. Bozor iqtisodiyoti xuddi anashunday muhitni yaratadi, har bir ishlovchi iqtisodiy-ijtimoiy hayotiuning unumdorligiga bog‘liq qilib qo‘yiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchining sifat ko‘rsatkichlaridan biri, bu uning tadbirkorlik qobiliyati hisoblanadi. Bu alo-hida, o‘ziga xos sifat jihati ishchining ishlab chiqarishdagi tashab-buskorligi, izlanuvchanligi, innovatsion fikrlashi, yangilik yaratishi,o‘z ishiga fidoyi bo‘lishi, kezi kelganda tavakkalchilik qilishi kabi-larda ifodalanadi.
Shuning uchun, keng institutsional islohotlarni amalga oshirish omillaridan biri, korxonalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda xozirgi glabal moliyaviy iqtisodiy inqiroz sharoitida sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishdagi muammolarni xal etish yo`llarini moliyaviy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish lozimligi mazkur kurs ishining dolzarbligini bildiradi.


Download 441.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling