Kirish “Hamkorbank” atb ning tashkiliy tuzilishi va faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari. “Hamkorbank” atb blocheyn texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari, xizmatlari va chakana xizmatlari


Download 69.1 Kb.
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi69.1 Kb.
#1071162
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. Hamkorbank atb ning tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tash


Mavzu: Hamkorbank faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari
Reja:
Kirish
1. “Hamkorbank” ATB ning tashkiliy tuzilishi va faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari.
2. “Hamkorbank” ATB blocheyn texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari , xizmatlari va chakana xizmatlari.
3. “Hamkorbank” ATB faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari.
4. “Hamkorbank” ATB innovatsion xizmatlari tahlili.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga uchramaslikning oldini olish muhim ahamiyatga egadir. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda banklarda bozor talablariga mos keluvchi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarning talab va takliflarini hisobga olish, ularga xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini joriy etish, yangi kredit vositalarini qo‘llash, turli kredit institutlarini tashkil etish bilan bog‘liq islohotlarni yanada jadaddashtirish zarurligini yuzaga keltirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yuqori va barqaror sur’atlarda o‘sishini va raqobatbardoshligini ta’minlash mamlakat bank tizimining va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan tijorat banklari faoliyatining barqarorligini ta’minlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayogan tijorat banklarining bajarayotgan operatsiyalari va ko‘rsatayotgan xizmat turlari hamda ajratayotgan kreditlari iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatiga ega. O‘z navbatida, iqtisodiyotda tarmoqlarini rivojlantirishda bank tizimi asosiy bo‘g‘indir.
Ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo’yicha bilimlar majmuasini o’zlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar uzviyligida malaka hamda ko’nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o’rni beqiyos.
Amaliyot davomida institut tomoidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni va amaliy ma’lumotlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.
So'nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar ko'paydi. Bunda bank tizimini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga qaratilgan, uzoqni ko'zlab amalga oshirilgan siyosat o'z natijalarini berdi. Tijorat banklarida naqd va naqdsiz pul muomalasi hamda hisob-kitoblarni unifikatsiyalangan shaklda tashkil etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantiruvchi kredit tizimini yo'lga qo'yish, istiqbolli loyihalarni moliyalashni kengaytirish borasidagi sa'y-harakatlar ayniqsa global iqtisodiy inqiroz sharoitida o'zini to'la oqladi.
2021-yilda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Banklar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
2021-yilda “Sanoatqurilishbank”, “Asaka bank”, “Ipoteka bank”, “Aloqa bank”, “Turon bank” hamda “Qishloq qurilish bank”ni xususiylashtirishga tayyorlaymiz. Kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushi strategik investorlarga to‘liq sotiladi. Bu borada yetakchi yevropa banklari bilan muzokaralar olib borilmoqda.1
Tijorat banklarilining kapitali yetarligiga qo’yilgan talab bank kapitali hajmiga nisbatan yana zaxira kapitalning tashkil etilishi banklar ahvolini yanaga mushkul holatga solib qo’yadi. Bu holat jahon moliyaviy inqirozi natijasida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib belgilanishi ko’zda tutilgan, lekin rivojlanayotgan banklar amaliyotining bu holatga tayyor emasligi ayrim muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
“Bank tizimi va kapital bozorini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim. Bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi zarur. Davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotiladi. Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi - tijorat banklarini “mijoz uchun ishlash”ga o‘rgatishdan iboratdir. Soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida, Bank-moliya akademiyasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda to‘liq qayta tashkil etiladi.Shuningdek, davlat banklarida zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlarini joriy qilish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarni jalb etish boshlandi va bu jarayon izchil davom etadi. Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali, ularning dasturiy ta’minotlarini tubdan yangilash lozim. Aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo‘yish kerak”.2
Banklar oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo‘lgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qo‘yilgan. 

Bank bozor o‘zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan O‘zmilliybank O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.
Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko‘rstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatlarda bank tizimi muhim ro’l o’ynamoqda. Albatta, bank tizimi rivojlangan mamlakatning o’zi ham rivojlangan bo’ladi. Bank tizimi mamlakatning iqtisodiyotini rivojlantirishga asosiy turtkilardan biri bo’ladi desak adashmagan bo’lamiz. Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda va tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunda bank tizimi ham katta ro’l o’ynaydi ya’ni bank tizimini isloh qilish, rivojlantirish natijasida tadbirkorlarga keng imkoniyatkar beriladi.



Download 69.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling