Kirish mavzuning dolzarbligi


Lirikaning kichik janrlari


Download 92.89 Kb.
bet2/3
Sana20.09.2020
Hajmi92.89 Kb.
1   2   3

2. Lirikaning kichik janrlari

Fard (arabcha so‘z bo‘lib, yakka, yolg‘iz, toq ma’nolarini beradi) “shoir tomonidan ma’lum mavzu va g‘oyaviy maqsadda ijod qilingan mustaqil she’riy baytdir. Fard bir bayt hajmidagi, shaklidagi she’riy asardir. Unga berilgan janr atamasi ham baytning yakkaligiga asoslanadi. Binobarin, baytning yakkaligi uning janriy belgisini ham anglatadi. Shu nomning lug‘aviy, istiholiy ma’nosida uning ixcham, o‘ta mo‘jaz she’r shakli ekanligi ham anglashib turiladi: qisqalik va siqiqlik unda chuqur mazmunni, pandu hikmat va donolikni ifodalashni taqozo etadi” (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari va poetikasi, II kitob, Samarqand, SamDU nashri, 1999, 4-bet):

Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitdi ranj ila,

Aylamak oson emas haqqin ado ming ganj ila.

(Alisher Navoiy)

Fardni “mufradot”, “fardiyot” deb ham yuritadilar. Turkiyalik olim Tohirul Mavlaviy, bir bayt qofiyadosh bo‘lsa (yuqoridagidek) “musarra’”, qofiyadosh bo‘lmasa (pastdagidek) “fard” deb yuritadi.

Xalq og‘zaki ijodida bu shakl “maqol”, “matal”, “hikmat”, “otalar so‘zi” nomlari bilan yuritilgan:

Dunyo chamanining bulbulisen,

Gul shoxida oshiyon etib ket.

(Nodira)

Ikki nafarning ovqati uch nafarga yetadi.

Yaxshi odamning mehmoni ko‘p bo‘ladi.

(“Otalar so‘zi”)

Bo‘lar odam yoshida bosh bo‘lar,

Bo‘lmas odam qirqida ham yosh bo‘lar

(“Amir Temur o‘gitlari”)

Bilagi zo‘r birni yiqar,

Bilimi zo‘r mingni yiqar.

(Maqol)

Musallas (arabcha so‘z, ma’nosi uchlik, uchlama) mumtoz poeziyamizda kam yaratilgan. “Bu shaklning kam qo‘llanilganining sababi 1-2 juft misradan keyingi 3- misraning qofiya jihatidan toq bo‘lishidir (aab). Bu holat esa she’rda notamomlikka, fikriy uzilishga sabab bo‘lishi mumkin” (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari, 52-bet) deb asoslash noo‘rindir. Bizningcha, uning asosini davr va odamlar ehtiyojidan izlash to‘g‘riroq bo‘lgan bo‘lardi. Musallas Yevropa adabiyotida “tersina” (it. uchlik), bugungi poeziyamizda “uch chanoq” deb yuritiladi. Unda poetik olamning obrazi to‘liq ifodasini topa oladi; bugungi “tezkor” zamonda kishilarning murakkab, ziddiyatlarga to‘la, shiddatkor, betakror ruhiy dunyolarini borlig‘icha namoyon etishga qodir kuch-mo‘jiza bor. Unda olam mohiyatining, tuyg‘ular mag‘zining falsafasi ifodasi, bu ifodaning eng nozik va judayam ixcham jonli surati mujassam:

Hech bir inson anglamas bizni,



Itdek tepib o‘tar kiborlar,

Eh, naqadar baxtsizdir ular.

Rauf Parfi O‘zturkning bu asaridagi poetik falsafani faqatgina uchlik real ifodalay oladi, uni boshqacha (ruboiy, to‘rtlik, muxammas...va h.) janrlar kashf eta olmaydi. Bu fikrning isbotini Rauf Parfi, Vosit Sa’dulla, Anvar Obidjon kabi shoirlarning yetuk uchliklarida ko‘rsa bo‘ladi.



Ruboiy(ar. - to‘rtlik) – “ikki baytli she’r”(Qabul Muhammad) bo‘lib, uning yuzaga kelishiga, xalq she’riyatidagi to‘rtliklar asos bo‘lgan” (B.Sarimsoqov, N.Hotamov). Aruz hukmronlik qilgan davrlarda “hazaj bahrining “ahram” va “ahrab” shajaralaridagi 24 sho‘bada yaratilgan... uning yetakchi janr belgisi – undagi chuqur mazmunni hazaj bahri vaznlarida ifodalash” (R.Orzibekov) sanalgan.

“Odatdagi ruboiyning birinchi misrasi tezis, ya’ni shoir keyin isbot etishi lozim bo‘lgan fikrning da’vo shaklida o‘rtaga tashlashidir. Ikkinchi misra antitezis, avvalgisiga zid, uning aksidek jaranglaydi. Biroq, dastlab qo‘yilgan tezisning isbotiga xizmat qiladi. Uchinchi misra qofiyasiz bo‘lib, moddai ruboiyya deb ataladi. Shoir xulosa chiqarishga tayyorlanar ekan, bu guyo asosiy maqsadga, xulosaga olib keluvchi ko‘prik burchini o‘taydi. Nihoyat so‘nggi misra, maqsadni ochiq, ravshan aytib tugatilishi sintezdir. Ruboiy, to‘rt misraga sig‘dirilgan butun bir she’riyat dunyosi, insonning g‘oyat xilma-xil va juda boy fikr-hislari, “qalb dialektikasi”ning ajoyib tarjimonidir” (M.Yunusov. Barhayot an’analar, T., 1969, 77-bet).

Ruboiy qofiyalanishga qarab ikki xil bo‘ladi. Agar u a-a-b-a tarzida qofiyalansa xosiy ruboiy, -a-a-a-a tarzida qofiyalansa taronai ruboiy deb yuritiladi.

Bugungi poeziyamizda ham ruboiylar ko‘plab yaratilmoqda “... inson hayotida, ichki kechinmalarida yuz bergan eng teran va keskin momentlardagi mulohaza va fikrlarni quyma satrlarda gavdalantirishi” (A.Hayitmetov. Navoiy lirikasi, T., “Fan”, 1961, 186 bet) va uning falsafiy mohiyatini g‘oyatda chuqur va qabariqli, ixcham va lo‘nda aks ettirish hazaj bahridan keyingi yetakchi belgiga aylandi.



Shoirlar majlisi - hislar to‘foni,

O‘tkir tuyg‘ularning tinmas bo‘roni,

Unda olam tirik, ona-Yer uyg‘oq,

Unga erisholmas dunyo sultoni.

(To‘lan Nizom. “Uch yuz uch ruboiy”.)

Ular (bahr va falsafiylik)ning birbutunligi, ayniqsa, Umar Xayyom ruboiylarida go‘zal ifodasini topgan. Xayyom mayni - Allohni ulug‘laydi, undan boshqa ishonchi ham, umidi ham, hamdami ham yo‘q. Uning faryodi ham, tug‘yoni ham, baxti ham, baxtsizligi ham-o‘zligining mohiyati falsafasiga aylanib, quyma satrlarda jilolanaveradi. Ha, “Xayyom ruboiylari foniy bandaning javobsiz faryodlaridir” (A.Muxtor).

Quloq tuting-a:



May ichsang, oqilu dono bilan ich,

Yoki bir gul yuzli zebo bilan ich.

Oz-oz ich, goh-goh ich, ham yashirin ich,

Ezma, rasvo bo‘lma, hayo bilan ich.

Yoki:


Ichganda, aqldan begona bo‘lma,

Es jo‘yib, jahlga sen xona bo‘lma.

Istasang qizil may halol bo‘lishin,

Hyech kimni ranjitma, devona bo‘lma.

TUYUQ (ar. – tuslash, tuymoq) – turkiy xalqlar mumtoz sheʼriyatidagi lirikaning o‘ynoqi, shoirning so‘z san’atini yaqqol ko‘rsatuvchi janrdir. Tuyuq - lirik janr. Tuyuq 4 misrali sheʼr boʻlib, aruzning ramal bahrida yoziladi; aaba, baʼzan abvb tarzida va favqulodda xillarda - aaaa oʻlchovida qofiyalanadi. Tuyuq soʻz oʻyini asosida tajnis qofiyasida beriladi. Tajnissiz tuyuqlar ham bor. Tuyuqning dastlabki namunalari xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Bizgacha yetib kelgan tuyuqlar Burhoniddin Sivosiy (14-asr) qalamiga mansub.

"Qutadgʻu bilig" da ham tajnisli toʻrtliklar bor, biroq ular mutaqorib bahrida yozilgan. Alisher Navoiy "Mezon ulavzon" asarida tuyuqni birinchi marta janr sifatida belgilab oʻtgan va shakllantirgan. Bobur oʻzining "Aruz risolasi" asarida tuyuq ni turkiy sheʼriyat shakllaridan biri sifatida baholagan.

Uning tadqiqotchilaridan R.Orzibekovning ta’kidlashicha:

1) tuyuq “to‘rt misradan iborat mustaqil va to‘liq ma’noga ega bir butun asar ekanligi;

2) ko‘proq a,a,b,a ba’zan a, a, a, a shaklidagi qofiyalanish;

3) xuddi ruboiydagi singari tezis (1-misra), antitezis (2-misra), moddai tuyuq (3-misra) va sintez (4-misra) kompozitsiyasiga ega bo‘lishi;

4) murabba’ she’rlaridan farqli o‘laroq so‘nggi misralarda shoir taxallusining ko‘rsatilmasligi kabi xususiyatlari bilan ruboiylarga o‘xshasa ham, ammo o‘ziga xos yagona vazn-“ramali musaddasi maqsur” (foilotun foilotun foilun)da yozilishi va shu “vazn bilan o‘z badaniga noz libosini kiyishi” (A.Jomiy) aksar qofiyalarining tajnisli so‘zlardan iborat bo‘lishi bilan farq qiladi” (R.Orzibekov. O‘zbek she’riyati janrlari, Samarqand, 1999, 98-bet).



Tuyuq hozirgi sheʼriyatda birmuncha boshqacharoq nomlarda uchraydi. Xususan, ozarbayjonlarda bayot, turklarda maʼni, turkmanlarda laʼli. Mumtoz adabiyotda Lutfiy, Navoiy, Bobur, 20-asr shoirlaridan Gʻ.Gʻulom, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla va boshqa ijodida tuyuq janrining yetuk namunalari mavjud.

Tuyuqlar tajnis san’atining ishtirok etishi yoki etmasligiga ko‘ra: 1) tajnisli va 2) tajnissiz tuyuqlarga bo‘linadilar. Garchi bitta vaznda yozilishi shartligi – uning imkoniyatlarini cheklasa-da, shoirning omonimlardan foydalanish mahoratini to‘liq namoyon etishi bilan ardoqlidir.



Jumladan,

G‘am yuki to qomatim yo qilmadi,

Ohim o‘tig‘a falak yoqilmadi,

Qilmadi rahmi mango, xud o‘zgaga

Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi.

Ogahiyning tuyug‘idagi qofiya shaklan bir xil, mazmunan uch ma’noga ega bo‘lgan “yo qilmadi” so‘zi asosiga qurilgan, birinchi misrada-qomatni egmadi, g‘am yukida qomatim bukilmadi ma’nosida, ikkinchi misrada - ohim o‘tidan falak yonmadi ma’nosida, to‘rtinchi misrada – qilmadi ma’nosida qo‘llanilgan.

To‘rtlik – ruboiy va tuyuq janri talablari(vazni)ga javob bermaydigan to‘rt misralik barcha she’riy asarlarni to‘rtlik(qorishiq) janri deb yuritish asoslidir. To‘rtliklarning mavzu va mundarijasi – hayotning barcha jihatlarini qamrab oladi; ularda bu jihatlar siqiq tarzda poetiklashadi:



Xalqqa ayting, men aslo o‘lganim yo‘q,

Yov qo‘liga taslim ham bo‘lganim yo‘q.

Men elimning yuragida yashayman,

Erk deganning tilagida yashayman.

(Hamid Olimjon)

Mazkur “qorishiq janr”ning Jamol Kamol aytgandek, asosiy belgilari bor. “Bular: a) lirik ifodaning erkin parvozi; b) kechinmalar doirasiga tushgan eng uvoq mayda-chuydalarning ham shu ondayoq qayd etilishi v) bevosita nutq-monolog bilan chuqur suvrat-tasvirlarning almashinib turishi; g) vazn va mulohazalarning erkin qo‘llanishi kabi xususiyatlardir”.

Orzum shul, o‘chmasin yongan charog‘ing,

Yulduzday nur sochsin chashming-qarog‘ing.

Magar chinor bo‘lsang chinorday yasha,

Bevaqt uzilmasin biror yaprog‘ing.

(Abdulla Oripov)

Ko‘rinadiki, bu xil to‘rtliklar – “universal”lik xususiyatini kasb etadi va uning tarixi – xalq og‘zaki ijodidan to hozirga qadar yaratilgan to‘rtliklarning barchasini o‘z ichiga oladi.



3. Qit’a va g‘azal munosabatiga doir

O‘zbek mumtoz she’riyati janr e’tibori bilan juda boy va xilma-xildir. Undagi janrlar faqat shakliy belgilari, paydo bo‘lish tarixi, taraqqiyot tamoyili yoki mavzu xususiyatlari bilan emas, ifoda usullari, tili, obrazlar tizimi, poetik ruhi jihatidan ham bir-biridan ajralib turadi.

Har bir lirik janr voqelikni, inson fikr va his-tuyg‘ularini o‘z badiiy ifoda usulari hamda xarakteriga mos tarzda tasvirlaydi. Shuning uchun ularni mohiyat e’tibori bilan biri ikkinchisiga uncha o‘xshash bo‘lmagan, o‘z-o‘zicha tugal bir san’at olami deyish mumkin.

Lirik janrlar tarixi va poetikasiga qiziqish o‘zbek adabiyotshunosligida keyingi yillarda ancha jonlandi. Ba’zi lirik janrlar haqida u yoki bu san’atkorning adabiy faoliyati bilan bog‘liq holda muhim nazariy fikrlar bayon etildi. Ayrim janrlar haqida maxsus ilmiy ishlar yuzaga keldi. Ammo shunga qaramasdan, bu sohada hali ko‘pgina jiddiy tadqiqotlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Bu gap qit’a janriga ham tegishli. To‘g‘ri, ushbu janr uzoq zamonlardan beri olimlarning diqqatini o‘ziga qaratib keldi. Bu o‘rinda YE.E.Bertel`s, A.Mirzoev, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, YO.Is’hoqov, R.Orzibekov, L.Serikova boshqa adabiyotshunoslarning qit’a haqidagi ilmiy qayd hamda maqolalarini eslash mumkin. Shunga qaramasdan, bu masalaning ayrim tomonlari hali tadqiqga muhtoj.

Biz esa qit’a va g‘azal munosabati xususida fikr yuritmoqchimiz.

Har bir lirik janrning ikkinchi bir lirik janr bilan u yoki bu shaklda yaqinlik, aloqadorlik tomonlari bo‘ladi, albatta. Ammo bu to‘g‘rida gapirganda, avvalo har bir janrning faqat o‘ziga xos poetik xususiyat va takomilini e’tiborga olish lozim. Zero, har bir lirik janr badiiy ijod olamida o‘zining g‘oyaviy-badiiy vazifasi bilan tug‘iladi. Aks hoda janr xilma-xilligi to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Odatda, she’r hayotiy zaruriyat, ma’naviy-ruhiy ehtiyojdan dunyoga keladi. Janr kategoriyasi ana shu ehtiyoj va zaruriyatning turli tarzda shakllanishi, shaklga munosib mazmun, mazmunga munosib shakl holida ko‘rinishidir.

Ma’lumki, g‘azal alohida she’riy janr o‘laroq XII asrdan boshlab fors-tojik, XIV asrlardan esa, turkiy adabiyotda keng taraqqiy qilgan . G‘azal uchun asos e’tibori ila oldingi o‘rinda muhabbat temasi turgan va boshqa g‘oyalar asosan ana shu mavzu orqali yoritilgan. G‘azalning tili va ruhi ko‘tarinki kayfiyatlar, hayajon va ehtiroslarni tarannum etishga yo‘l ochadi. Shuning uchun ma’no va tuyg‘u g‘azalda o‘zgacha bir ko‘rk va fusun bilan tazahhur topadi. G‘azalning tili – ko‘ngil tili, dard va armon tili. Chunki mumtoz she’riyatimizdagi biror bir lirik janr inson ko‘ngli va ruhi sir-asrorini g‘azal darajasida jonli ifodalay olmagan. Matla’ va shoir taxallusi qo‘llanilgan maqta’ning bo‘lishi g‘azalning zarur poetik talablaridan hisoblangan. Fikriy va hissiy yaxlitlikka erishish, ya’ni Alisher Navoiy ta’kidlaganidek, “har mazmunda matla’e voqe’ bo‘lsa”, “maqta’g‘acha surat haysiyatidan muvofiq va ma’ni jonibidin mutobiq”lik , yakporalik o‘zbek g‘azaliyoti uchun xarakterli xususiyat bo‘lgan.

Ma’lumki, lirik janrlar hol va mohiyatiga qarab bir-biridan ajralib turadi. Shunga asoslanilsa, g‘azal va qit’a she’riyatning bir-biriga o‘xshamaydigan ikki irmog‘i ekanligi o‘z-o‘zidan ravshanlashadi. Bu – masalaning bir tomoni. Ikkinchidan, Sharq adabiyotida qit’a janri hali g‘azalning shakllanish jarayoni boshlanmasdanoq to‘la takomil topgan. Bu janrning Rudakiygacha bo‘lgan davrlardagi shoirlar ijodida keng o‘rin egallaganligi shundandir. Bu haqda akademik Abdulg‘ani Mirzoev g‘azalga bag‘ishlangan qimmatli risolasida ham fikr bildirgan. Shu o‘rinda ikki narsani alohida ta’kidlash zarurga o‘xshaydi.

1. O‘tmishda goho qasida va g‘azaldan yulib olingan teran mazmunli she’riy parchalar ilm va adabiyot ahli o‘rtasida “qit’a” deb atalgan. Biroq bunda istilohiy ma’no ko‘zda tutilmagan. Bundan tashqari, o‘zining barqaror nazariy qonuniyatlariga amal qilinmay yaratilgan kichik hajmdagi lirik she’rlarga ham qit’a nomi berilgan. Masalan, ruboiynavis shoir ruboiy uchun belgilangan an’anaviy qonun-qoidalardan chekingan bo‘lsa, u yaratgan to‘rtlik mazmunan qanchalik teran va jozibali bo‘lmasin, baribir ruboiy emas, “… soddacha “qit’a” deyilgan” . Bunday she’rlarning qit’a deb nomlanishidan qat’i nazar, ularning qit’a janridagi she’rlar bilan aloqasi yo‘qligi izohsiz anglashiladi, albatta.

2. Klassik shoirlarimiz ba’zan oldin yozilgan qit’alari asosida yangi qasida va g‘azallar yaratishgan. Bu fakt ham qit’aning g‘azal bilan to‘la uyg‘un holati bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari surishga imkon bermaydi.


Badiiy ijod tajribasidan shunday dalillar ham ma’lum. Masalan, kichikkina she’r katta bir poemaning yaratilishiga asos bo‘ladi, biror hikoya zaminida butun boshli qissa dunyoga keladi va h.k. Lekin bu bilan she’r o‘zining dastlabki she’rlik mohiyatini, hikoya o‘zining barqaror janr belgilarini yo‘qotmaydi, aksincha, bir ma’no ikki janr imkoniyati darajasida o‘zining badiiy talqiniga erishadi.

Ma’lumki, Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning podshohlik taxtiga chiqishi munosabati bilan “Hiloliya” qasidasini yaratgan. Ana shu materialning u yoki bu qirrasini shoir o‘zining bir qancha ruboiy va qit’alarida ham yoritib bergan. Biroq Navoiy har gal bu mavzuga har bir janrning talab va imkoniyatlarini hisobga olgan holda munosabatda bo‘lgan.

Lirik janrlarning bir-biridan farqli badiiy qonuniyatlari, uzoq yillar adabiyot va ijodkorlar to‘plagan ma’lum usul hamda yo‘llari bo‘ladi. San’atkor yozuvchi buni inobatga olmasligi mumkin emas. Yangi janr – bu doimo hayot materiali yoki mavjud materialning yangicha ifodasi, ifodaning yangicha usuli, xullas, yangi shakl va mazmun birligidir. Shoirlar lirik janrlarning hammasida ham bir xil uslub, bir xil imkoniyat, bir xil ruhiy kayfiyat bilan yoza olmaydilar. Shu o‘rinda G‘afur G‘ulomning, “Motam vaznida “Gulyor” aytib bo‘lmaganiday, “Suvoriy” chalinganida yig‘lanmaydi. Bu degan so‘z aytilmoqchi bo‘lgan mazmunga munosib ifoda va shakl tanlash zarur demakdir” , degan so‘zlarini eslash maqsadga muuvofiqdir. Bugina emas. Ulkan yozuvchilardan biri uzoq yillik adabiy tajribalarni xulosalab, “janrni biz emas, bizni janr tanlar ekan”, deb yozgandi. Bu gapdan har bir janrning o‘z badiiy xususiyatlari, talab va ehtiyojlari bo‘ladi, ularni albatta hisobga olish zarur degan xulosa kelib chiqadi. Xuddi shu narsa qit’a uchun ham to‘la xosdir.

Qit’a (ko‘pligi muqattaot) arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi parcha, bo‘lakdir. Istilohda qit’a o‘zining alohida poetik belgilariga ega, mavzu yo‘nalishi qat’iy chegaralanmagan ikki yoki undan ortiq baytli she’r ma’nosini bildiradi.

Eron olimlaridan biri Muhammad Rizo Doyi Javod qit’ani quyidagicha ta’riflaydi: “Biror narsaning parchasi lug‘atda qit’a deb ataladi. Adabiy istilohda ikki baytdan kam bo‘lmagan, o‘ziga xos qofiya va vaznga ega bo‘lgan she’rlarga qit’a deyiladi. Qit’ada yagona bir maqsad bayon etiladi va u mantiqan intihosiga yetkaziladi. Qit’aning qofiya xususiyati unda birinchi bayt o‘zaro qofiyalanmaslik bilan xarakterlanadi” .

Qit’a shakl tomondan ham, mazmun jihatdan ham o‘ziga xos qator sifatlarga ega janr. Odatda, qit’aning birinchi bayti qofiyalanmaydi. Uning qofiyalanish tarzi: ab, vb, db, gb shaklidadir. Bu janr hajm jihatidan konkret chegarani bilmaydi. Qit’a ikki baytdan boshlab, o‘n va o‘ndan ortiq miqdorda bo‘lishi mumkin. Sharq poetikasida kichik hajmdagi qit’alar “ali ul-taloq qit’a”, to‘rt baytdan ortiqlari esa “qit’ayi kabir” deb nomlangan. “Ali ul-taloq qit’a” – fasohatli, xushbayon va muxtasar ma’nolarni bildiradi. Shoirlar ko‘pincha xuddi shu xildagi qit’alarni yozishga intilganlar. Bu masalada shuni aytish lozimki, o‘zbek adabiyotida umuman to‘rt baytdan ortiq miqdordagi qit’alar siyrak uchraydi. Bu tasodifiy holat emas, albatta. Chunki, birinchidan, qit’a o‘zining xarakteri, poetik ruhi bilan ixchamlikka, konkretlikka dohil janr. Ikkinchidan, klassik shoirlarimiz shakl tanlashda mumkin qadar ixchamlikka intilganlar. Qisqa shaklda katta mazmunni sig‘dirishni badiiy mahoratning muhim belgilaridan deb bilganlar. Bundan tashqari qit’a aksar badiha tarzida aytilganini qo‘shsak, mohiyat yanada oydinlashadi.

Klassik lirikadagi janrlarga e’tibor qilinsa, ular tematik yo‘nalishlari bilan sezilarli darajada bir-birlaridan ajralib turishini payqash qiyin bo‘lmaydi. Bu xususiyatdan qit’a ham mahrum emas. Tojik adabiyotshunosi B.Sirus yozadi: “Mazmun jihatdan qit’a g‘azaldan oz farq qiladi” . Holbuki, qit’a mazmun mohiyati bilan g‘azaldan keskin farqlanadi. Bu ikki janr orasidagi g‘oyaviy-badiiy o‘ziga xoslik xuddi mana shu nuqtada yanada yorqin, yanada aniqroq namoyon bo‘ladi.

Taniqli sharqshunos Y.E.Bertel`s qit’ani Yaqin Sharqning deyarli barcha devonlaridagi “… mazmun e’tibori bilan juda boy va qiziqarli bo‘lim” ekanligini qayd qilgan edi .

Professor A.Haymitmetov esa bu haqda shunday yozadi: “She’rning fors-tojik va o‘zbek adabiyotlaridagi bu qadim turi (gap qit’a xususida ketayotir – I.H.) odatda biror voqea va hodisa munosabati bilan yaratilgan ekspromt she’rlarini eslatadi. Ular ko‘pincha hayotiy yumor bilan sug‘orilgan bo‘lib, shoirning o‘z davri turmushiga munosabatini ifodalaydi” .

Qit’aning mavzu ko‘lami hayot qadar keng hamda tarmoqli. Bu jihatdan Sharq lirikasidagi birorta ham lirik janr qit’aga tenglasha olmaydi. Unda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, axloqiy-ta’limiy va ishqiy masalalar ifodalangan; bu janrda shoirlar hayot zavqi, umid va ishonch, insoniylikni ulug‘lash, odob va tarbiya masalalari, e’tiqod va burch, el va yurtga muhabbat, so‘fiyona kayfiyatlar, zamondan shikoyat va hokazolarni qalamga olganlar; bu janrda madhiyalar, marsiyalar, tarixlar darj etilgan.

Alisher Navoiy qait’alarida tabiatdagi oddiy qurg‘oqchilik hodisalaridan tortib koinotning ilohiyot pardalari bilan burkangan sir-asrorlarigacha, chumolidan tortib ulug‘ Inson holati, harakati va qismatigacha – barcha-barchasiga munosabat bildirilgan. Ular “qit’a-qit’a bog‘” etilgan. Albatta, Alisher Navoiydagi bu tengsiz salohiyat qit’a yozgan barcha shoirlarga xos xususiyat, demoqchi emasmiz. Ijodiy ufqning kengligi faqat Navoiy kabi buyuk san’atkorlarning talantiga xos xususiyatdir.

Gap shundaki, shoir fikran va ruhan teran bo‘lsa-yu, xayol-kechinmalarni she’r bilan ifoda etishga intilsa, qit’a janri unga ajoyib imkoniyatlar berishga qodirdir. Xuddi shu o‘rinda masalaning yana bir muhim qirrasini izohlash kerakka o‘xshaydi. Klassik shoirlarimiz o‘zlarining g‘azal, ruboiy, tuyuq, qasida va boshqa qator janrlaridagi asarlarini faqat ilhom, faqat his va fikr omillari asosida emas, “balki o‘z zamonasi adabiyotining qoida va nazariyalariga”, “ilmi bade’” usullariga rioya qilib yaratgan”lar . Bu esa shoirga oldindan belgilangan nazariy qonunlar, printsiplarga bo‘ysunib qalam tebratish mas’uliyatini yuklagan. Ammo qit’ada bunday an’ana bo‘lmagan . U poetikaning “temir qonunlar”i iskanjasidan ozod yashagan. O‘z navbatida bu ham qit’ada turli-tuman hayotiy g‘oyalarni talqin etishga keng imkoniyat tug‘dirgan. Ana shu bois bu janr so‘zda, obrazda, shaklda ortiqcha mumtozlikni, bo‘yoqdorlikni talab qilmagan. Va qit’ada realistik ohanglar, hayotiy detallar klassik lirikadagi boshqa janrlarga qaraganda keng va ko‘p bo‘lgan. Mana, tilni olaylik. Qit’a tilida ortiqcha bo‘yoq yoki bezakdorlik yo‘q. Unda g‘azal tiliga mos sanalmaydigan “… leksik boyliklardan, turli xalq iboralaridan, “qo‘pol”, “dag‘al” so‘zlardan…” ham keng foydalanilgan. Misol sifatida Alisher Navoiy qit’alaridan biriga murojaat etaylik:



Umrini ablah kechurib g‘aflat ila,
Nukta o‘rnig‘akim tortar xarros.
Bir eshakdurki, tag‘ofil yuzidin
Qilg‘ay izhor payopay arros .

Bu qit’ada odamlar xarakterida uchraydigan badlafzlik, qo‘rslik keskin qoralanmoqda. Ifodalanayotgan ma’noning ta’sir darajasini oshirish, fikrni lo‘nda va obrazli bayon etish uchun shoir hayotiy bir detalni she’rga olib kirgan. Ya’ni, g‘ofil kimsani arros eshakka qiyoslagan. Bu tashbeh yordamida fikr yanada teranlashgan. Masalan, she’rni o‘qigan kishida so‘zlar sharqona nazm jilosidan (qasida, g‘azal va boshqa janrlardagiga o‘xshab) mahrumdek taassurot tug‘dirishi mumkin. Go‘yo unda tashbih she’rga soya solgandek, go‘yo shoir go‘zallik tuyg‘usiga to‘la rioya etmagandek. Aslida, bu aldamchi bir taassurotdir. Chunki shoir uchun eng muhimi fikr butunligi va aniqligidir.

Xullas, qit’a g‘azal, ruboiy kabi mustaqil bir lirik janr hisoblanadi. Uning o‘ziga xos poetik tabiati bor. Qit’a o‘zining kompozitsion ko‘rinishlari, obrazlar tizimi, til xususiyati va ifoda usullariga ega janr. U g‘azalning bir parchasi yoki ba’zi olimlar aytganidek, g‘azaldan yulib olingan “ma’lum bir bo‘lak” sifatida yuzaga kelmagan. Bunday bo‘lishi mumkin ham emas. Qit’a Sharq adabiyotida g‘azaldan ancha oldin paydo bo‘lgan janr.

Ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’rifiy va boshqa mavzularda yozilgan, o‘ziga xos qofiya tarziga ega, ikki baytdan kam bo‘lmagan, o‘zida ma’lum bir poetik xususiyatlarni mujassamlashtirgan she’riy parchalar qit’a deyiladi. Qit’ada shoirlar, asosan, turmush va real voqelik bilan aloqalangan taassurotlar, ijtimoiy hayot, axloq masalalariga doir g‘oyalarni lo‘nda, sodda yo‘llarda ifoda etganlar. Shu ma’noda qit’a – ma’no va mohiyat oynasi, shoir ehtiroslari quyulib, fikrda teranlik kuchaygan holati. Yoki shu holatlar hosilasi erur.


4. TUYUQ VA TAJNIS

T U Y U Q – lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda o‘q. Bu janr namunalarini faqat turkiy she’riyatdagina uchratamiz. Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta’sirida shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga o‘tib, muayyan qoidalarga bo‘ysungan, talablari qat’iylashgan.

Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan: Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bo‘lishi kerak.

Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur.

Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida, ya’ni «foilotun–foilotun–foilun (yoki foilon)» tarzida bo‘lishi shart.

Taqte’si: – V – – / – V – – / – V – (yoki V – ~).

Tuyuqda qo yaga olingan so‘zlar, albatta, tajnisli bo‘lishi, ya’ni omonim so‘zlardan yoki shakldosh so‘zlar turkumidan tashkil topishi darkor.

Ilgari tuyuqlar janrning ana shu talablaridan dastlabki uchtasiga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik janrning to‘rtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni tajnissiz tasavvur qilib bo‘lmay qolgan.
4. NAVOIY TUYUQLARI TAHLILI

Turkiy xalqlar adabiyotining eng ajoyib she'riy shakllaridan biri tuyuq bo'lib, o'zbek adabiyoti tarixida uning yuzlab namunalari yaratilgan. Alisher Navoiy tuyuq yozishning qonun - qoidalarini nazariy jihatdan asoslab bergan hamda amaliyotchi shoir sifatida uning mumtoz namunalarini yaratib qoldirgan.

Navoiy lirik merosidan o'n uchta tuyuq o'rin olgan. Ulug' shoir boshqa janrlarga nisbatan kam tuyuq yozganligining sababi tuyuq yaratishning murakkabligida emas, balki mutafakkir shoir jiddiy va yirik turlarda ko'proq qalam tebratganidadir. Navoiy oz tuyuq yaratganiga qaramay, uning tuyuqlari yuksak badiiy mahorat mahsuii sifatida turkiy tuyuqnavislikning eng sara namunalari hisoblanadi.

Alisher Navoiy adabiyotimiz tarixida tuyuqning birinchi nazariyotchisi sifatida ushbu she'riy shaklning asosiy xususiyatlarini “Mezon ul-avzon”da quyidagicha ko'rsatadi: “Yana turk ulusi, bataxsis chig'atoy xalqi aro shoye' avzondurkim, alar sunidlarin ul vazn bilan yasab, majolisda ayturlar. Birisi tuyug'dirkim, ikki baytqa tnuqarrardur va sa'y qilurlarkim, tajnis aytilg'ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim:


Yorab, ul shahdu shakar yo labmudur,

Yo magar shahdu shakar yolabmudur.

Foilotun foilotun foilun

Jonima payvasta novak otqali,

G'amza o'qin qoshig'a yolabmudur”.

Navoiyning bu so'zlaridan tuyuqning asosiy xususiyatini bilib olamiz. Birinchisi shuki, tuyuq turkiy qavmlar qo'shiq qilib bazmlarda, to'ylarda, yig'inlarda aytadigan vaznlardan birida yaratilarkan. Bu tuyuqning ashulabop va ommafahm she'r turi ekanligini anglatadi.

Ikkinchi xususiyati shuki, tuyuq ikki bayt, ya'ni to'rt misradan tashkil toparkan. Uchinchi xususiyat shuki, shoir mahorati yetganicha tajnis usulidan foydalanib tuyuq ay- tishga intiladi. Lekin tuyuq tajnissiz ham yaratiladi. To'rtinchi xususiyat shuki, tuyuq, albatta, ramali musaddasi maqsur vaznida bitiladi. Tuyuqning yana bir asosiy xususiyati borki, u o'z davrida ma'lum va mashhur bo'lgani uchun Navoiy uni aytishni lozim topmagan. Bu tuyuqning nomi va janr xosiyati tuyg'u bilan bog'liqligidir. Chinakam tuyuq shoir tuyg'ularining tug'yonga kelishi samarasidir. «Tuyuq» — «tuymoq» fe'lidan olingandir. Tuyuq uni o'qigan yoki eshitgan kishilarning tuyg'ulariga ta'sir etadi. Tuyuqning badiiy mazmunini tuygan kishilarning tuyg'ulari tug'yonga keladi. Tuyuq adabiyot ixlosmandlarida she'rning badiiy nozikliklarini tuya olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Tuyuq ishqiy falsafiy, axloqiy va boshqa mavzularda ham yaratilishi mumkin.

Tuyuqlar tahlilini Navoiy keltirgan namunadan boshlaymiz. Mazkur tuyuq seviklini vasf etishga bag'ishlangan. Tuyuq “yolabmudur» tajnisi asosiga qurilgan. «Tajnis» — bir jins, ya’ni shakldagi so'zning turlicha ma'nolar ifodalashi san'atidir. “Yolabmudur” tuyuqning uch misrasida takrorlanib, uch xil ma'no ifodalashga xizmat qilgan. Dastlabki ikki misrada e'tibor yorning lablarini madh etishga qaratilgan. Tuyuqning xos belgilaridan yana biri shuki, unda yengilgina hazil-mutoyiba ruhi sezilib turadi. Lirik qahramon yorning yoqutday lablari haqida o’y surarkan, «tajohuli orifona» - bilib bilmaslikka olish yoxud donishmandlarcha nodonlik izhor etish usuli asosida ish tutib, “Yo rab” deya hayratlanadi: «U - labmikin, shakarmikin, asalmikin?! Yo magarkim, yorim asal bilan shakar yalaganmikin-a?!» Uchinchi, to'rtinchi misralarda e'tibor qosh tasviri va ta'rifiga qaratilgan. Bunda ham mutoyiba tarzidagi taajjublanish bor: «Bu — yorimning qoshlarimikin yoki u turning jonimga uzluksiz o'qlar otish maqsadida noz-karashma oqlarini qoshlariga tizib yoylabdimi?!» Demak, tuyuqda oshiqona bir mazmun mutoyiba tarzida, tajnis usuli asosida ifodalangan. Tajnisga nishon bo'lgan so'z birinchi misrada yalabdimikan», ikkinchi misrada «yalabdimikin», to'rtinchi misrada «yo (y) labdimikin» ma'nolarida mahorat bilan qo'llangan.



Yo qoshingdin nccha bir o'q ko'z tutay,

Otki, o'trusig'a oning ko'z tutay.

Necha ko'rgach o'zga mahvashlar qoshin,

Yangi oy ko'rgan kishidek ko'z tutay.

Ishqiy mazmunda bitilgan bu tuyuqda go'zal yorning qoshi la'rifu tavsif etiladi. Undagi tajnis «ko'z tutmoq» fe'lining ma'no lovlanishlariga asoslangan. Birinchi misrada shoir ma'shuqaga: Sening yoyday qoshlaringdan men tomonga o'qlar otilishini inlizor kutaman», deya murojaat etgan. Bu o'rinda «ko'z tutmoq» lo'li «kutmoq» ma'nosida ishlatilgan. Shu bilan shoir seviklisi unga tomon bir qosh qoqib qiyo boqishiga umidvorligini badiiy ifodalagan. Ikkinchi misrada shoir o'sha fikrni mantiqiy davom ettirib: «Men kutayotgan o'sha o'qlarni ota qolgin, uning qarshisiga ko'zimni tutib bcraqolay, ya'ni sening bir qosh qoqib qiyo boqishingga ko'zlarim sadqa bo'lsin», deya majoziy ma'noda iltijo etmoqda. Bunda «ko'z tutay» fe'li «ko'zni tutib bermoq» ma'nosida qo'llangan. Keyingi misralarda: «Qanchadan-qancha go'zallaming qoshlarini ko'rganimda, xuddi yangi oy ko'rgan kishidek, qo'limni qoshim usliga qo'yib, ko'zimni qo'Iim bilan panalab qarayman», degan mazmun mujassam. Bunda oshiq ma'shuqaga sadoqat izhor etmoqda. Ya'ni: «Ko'zimni boshqa yor nazaridan asrayman» demoqchi. Demak, bu o'rinda «ko'z tutmoq» fe'li yanada o'zgacha ma'no kasb etgan.



Tig'i ishqing yorasidur butmagan,

Dardini ha'r kimga aytib butmagan.

Hajr sahrosidur ohim o'tidan,

Anda gul yoxud giyoh butmagan.

Oldingi tuyuqlar yor go'zalligidan hayratlanib, oshiqona zavq-shavq tuyg'ulari bilan uyg'un bo'lsa, ushbu tuyuq hijron dardi tuyg'usi bilan yo'g'rilgan. Undagi tajnisga «bitmoq» fe'li asos qilib olingan. llgarigi tuyuqlar vasf uslubida bitilgan bo'lsa, bunda izhor uslubi ustuvor.

Ya'ni, lirik qahramon dardu holini izhor etmoqda. Tuyuqdan shunday mazmun anglashiladi: «Ey jafokor yor! Dardimni tinglab, ahvolimdan ogoh bo'lsang-chi. Sening muhabbating xanjari qalbimga solgan jarohat hanuzgacha bitmagan — tuzalgani yo'q. Bu jarohat og'rig'i — sevgi dardini har kimga aytaverib, haligacha bitira olmadim — tugatolmadim. Sening ishqing iztirobidan tortgan ohim olovidan shunday hajr sahrosi hosil bo'ldiki, unda gul ham, giyoh ham bitmaydi — unib-o'smaydi». Bu tuyuqda «butmagan» fe'li «tuzalmagan», «tugamagan», «unib-o'smagan» ma'nolarida tajnis qilingan.

Xullas, Alisher Navoiy tuyuq janrining shakliy xususiyatlarini sayqal toptirish bilan birga, badiiyligini ham qiyomiga yetkazgan.



TUYUQLAR

Yo rab, ul shahdu shakar yo labdurur,

Yo magar shahdu shakar yolabdurur.

Jonima payvasta novak otqali

G‘amza o‘qin qoshig‘a yolabdurur.

***


Javr o‘qin jonimg‘a soqiy yozmadi,

Vasl jomidin xumorim yozmadi.

Kilki qudrat sabzxatlar ishqidin

O‘zga ish ollimg‘a go‘yo yozmadi.

***

Yo qoshingdin necha bir o‘q ko‘z tutay,



Otki, o‘trusig‘a oning ko‘z tutay.

Necha ko‘rgach o‘zga mahvashlar qoshin,

Yangi oy ko‘rgan kishidek ko‘z tutay.

***


La’lidin jonimg‘a o‘tlar yoqilur,

Qoshi qaddimni jafodin yo qilur.

Men vafosi va’dasidin shodmen,

Ul vafo, bilmonki, qilmas yo qilur?

***

Bovujud ul yuz erur gulgunasiz,



Kim ko‘rinur ollida gul gunasiz.

Yuz qizilliq yo‘qturur, ey ahli zuhd,

Toki munkirsiz mayi gulguna siz.

***


Charx tortib xanjari hijron bu tun,

Qo‘ymadi bir zarra bag‘rimni butun.

Tunga borib bizni behol aylading,

Ne baloliq yor emish, yo rab, bu Tun?!



A.Navoiy



Download 92.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling