Kiyim detallarining dastlabki chizmasini tuzish
Download 0.52 Mb.
|
KIYIM DETALLARINING DASTLABKI CHIZMASINI TUZISH. 11 mavzu
KIYIM DETALLARINING DASTLABKI CHIZMASINI TUZISH UMUMIY MA’LUMOTLAR Kiyim konstruksiyalashdan asosiy maqsad — yassi materialdan muayyan fazoviy shaklni yaratish yoki bu masalaning teskari yechimi eskizda, model namunasida berilgan kiyim detallarining yoyilmasini qurish dir. Kiyim detallarining yoyilmasi ikki xil usul orqali olinadi: kiyimning taqribiy yoyilmasini ta’minlaydigan usullar va kiyimning aniqroq yoyilmasini ta’minlaydigan usullar (tayyor namuna bo'yicha). Hozir- gacha kiyim detallarining aniq yoyilmasini olish imkoniyati yo'q. Kiyimning umumiy shakli va uning ayrim elementlari konstruksiyalash jarayo- nidagina aniqlanadi. Bu holda kiyim detallarining aniqligi bajaruvchi- larning mahoratiga bog'Hq. Demak, eskizda berilgan kiyim detallarining yoyilmasini olish usuli taqribiydir. Kiyim konstruksiyasini ishlashda qo'llanadigan barcha konstruksiyalash uslublari va tizimlari taqribiy yoyilma usullariga kiradi. Faqat tayyor kiyimning namunasidan olingan yoyilma detallaming aniq yoyilmasini ta’minlaydi. Tikuvchilik sanoatining korxonalari kiyim konstruksiyalashda asosan ikki xil konstruksiyalash tizimidan foydalanishadi: mulyaj tizimi va hisoblash — grafikli usulning har xil variantlari. Mulyaj tizim murakkab konstruktiv shakllami va modellaming ayrim detallarini qurish uchun ishlatiladi. Bu tizim bo'yicha detallar konstruksiyasi gazlama yoki qog‘ozni odam qomatiga yoki manekenga qadash tufayli olinadi, so‘ngra qog‘ozni tekislikka yozib, detallar konturi chi- ziladi va chiziqlar tutashmasi tekshiriladi. Hisoblash — grafikli konstruksiyalash tizimi bo'yicha eskizda berilgan model konstruksiyasi qomat o'lchamlari va ularga muvofiq qo'shimchalar asosida tuziladi. Hozirga qadar konstruksiyalashda xilma-xil «chizmali» usullar mavjud. Ishlatiladigan usullar asosan hisoblash for- mulalari tarkibi va grafikli qurish usullari bilan farqlanadi. Hisoblash formulalarining asoslanganlik darajasi ham har xil. G.L. Truxan o'tkazgan tahlil barcha hisoblash formulalarining uch xilga bo'linishi mumkinligini ko'rsatdi [5]. Birinchi xil hisoblash formulalari turkumiga detaldagi ayrim uchast- kaning razmeri P, unga muvofiq qomatning o'lchami Mva qo'shimcha П orqali aniqlanadigan formulalar kiradi: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling