Kokand university


Download 40.55 Kb.
bet1/2
Sana20.01.2023
Hajmi40.55 Kb.
#1104586
  1   2
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi


KOKAND UNIVERSITY” Nodavlat ta’lim muassasasi boshlang’ich ta’lim (sirtqi) yo’nalishi 4-kurs talabasi Solijonova Farangizbonuning ”Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan tayyorlagan



M U S T A Q I L I S H I

Qo’qon 2023.
REJA:

  1. Sinf rahbari ishini rejalashtirish va hisobga olish.

  2. Tarbiyaviy ishlarda o’quvchilarni o’rganish.

  3. Sinf raxbari

  4. Maktabning ta’lim tarbiya ishlarida raxbarlik qilish. Maktab direktori.

  5. Maktabning ilmiy mudiri.



  1. Sinf rahbari o’z ishlarini maktab ma’muriyati rahbarligi va bolalar tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradi. SHuning uchun uning faoliyatini rejalashtirish umummaktab hamda bolalar va o’smirlar, «Kamolot» jamg‟armasi ishining rejalashtirilishi bilan uzviy ravishda bog’langandir. Sinf rahbari ishini rejalashtirishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o’quvchilarning o’zlari faol ishtirok etadilar, biroq unga sinf rahbari boshchilik qiladi. Sinf rahbarlari oldida juda qiyin vazifa – tarbiyaviy maqsadlarda o’ylangan har bir narsani bolalar o’zlarining shaxsiy fikr va g’oyalari sifatida qabul qilishlariga erishish vazifasi turadi. Reja – o’quvchilarga tarbiya berish jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning zaruriy shartidir. Rejasiz ish olib borish sinfdagi tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakllari va uslublari o’lda-jo’lda, tarqoq, noaniq, tasodifiy holatlarda bo’ladi va ko’r-ko’rona harakat qilishga olib keladi. Bunday taqdirda tarbiyaning asosiy vazifalarini hal etish qiyinlashadi, ba’zan esa butunlay samarasiz bo’ladi. Reja sinf rahbarining tarbiya berish faoliyatini to’g’ri tashkil etish uchun juda katta imkoniyatlar ochib beradi. Sinf rahbarlari o’tkazilayotgan ishlarni hamda ularning o’quvchilar tarbiyasiga ko’rsatgan ta’sirini har kuni tahlil qilishlari, o’zlari erishgan yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari sabablarini tushunishga harakat qilishlari, jamoasining rivojlanishida ro’y berayotgan o’zgarishlarni qayd qilishlari kerak. SHunday qilib, rejalashtirishning har bir bosqichiga tayyorlanish muntazam olib boriladi. Jamoani va ayrim o’quvchilarni o’rganish yuzasidan olib borilgan barcha ishlar yakunida sinfga pedagogik tavsifnoma yoziladi. Mazkur tavsifioma sinf jamoasiniig o’ziga xos aniq xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi. Har bir sinf rahbari o’z-o’zini boshqarishning saylab qo’yiladigan o’quvchilar qo’mitasi hamda bolalar va yoshlar tashkilotlari bilan birga ishlab, sinf jamoasiga rahbarlik qilish yuzasidan olib boriladigan amaliy ishlarda bu talabni ro’yobga chiqaradi. Tajribali sinf rahbarlari o’zining kuzatishlari va xulosalarini alohida varaqlarga qisqacha qilib yozib boradi. Bular maxsus jildlarda saqlanadi. To’plangan ma’lumotlar o’quvchilar jamoasi hayotini, uning erishgan yutuqlari va kamchiliklarini keyinchalik tahlil qilish uchun xizmat qiladi. Sinf rahbari o’quv yili oxirida sinf jamoasi ishini tahlil qilishga alohida e’tibor beradi. Bunda rejada belgilangan vazifalarni qanday hal etilganligini, sinf ijtimoiy hayotida qanday ishtirok etganligini, mamlakatimizdagi va chet ellardagi voqealarga qanday qaraganligini, amalga oshirilgan ishlardan qaysilari muvaffaqiyatli bo’lgan va an’anaga aylanishi kerakligini, o’quvchilar o’rtasida qanday munosabatlar vujudga kelganligini, sinf faollarining tashabbuskorligi, mustaqilligi, obro’-e’tibori va boshqa masalalarni atroflicha tahlil qilish muhimdir. Sinf rahbari tajriba orttirgan sari ancha murakkab masalalar bilan qiziqa boshlaydi. Uni sinfdagi ishlar qanchalik muvaffaqiyatli o’tgani emas, balki ular o’quvchilarga qanday ta’sir ko’rsatgani, sinfning ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok etishi emas, balki ishtirok etish sabablari qiziqtiradi. SHuni nazarda tutish kerakki, sinf rahbari o’z sinf jamoasi oldiga qo’yadigan aniq tarbiyaviy vazifalari dastlabki vaqtlarda uncha murakkab bo’lmasligi mumkin. Masalan, sinf rahbari sinfga kelgandan so’ng deyarli hamma o’quvchilar yaxshi ishlashini, lekin ularning bir-biri bilan aloqasi yo’qligini aniqladi. Bunday sinfda shunday bir ish topish kerakki, bu ish hamma o’quvchilarni yagona maqsadga olib borsin. Bolalarga bu vazifa – maktab hovlisida hashar o’tkazib, ekinlarni parvarishlash kerak, o’z mazmuniga ko’ra juda oddiy bo’lgan bu topshiriq o’quvchilarda qiziqish uyg’otadi, ularda temir-tersak yig’ishda bir-birlari bilan musobaqalashib, uni tezroq bajarish ishtiyoqini hosil qiladi. Boshqa bir sinf rahbari o’z ishlarini tahlil qilib chiqib, shunday xulosaga keldi: sinfda ko’p ishlarni o’zi bajaradi, o’quvchilar esa shaxsiy hayot egalari bo’lib emas, balki ko’pincha ishning ijrochilari bo’lib qoladilar. SHuning uchun u o’quvchilarning tashabbus va mustaqilligini rivojlantirish, barcha o’quvchilarni sinf ijtimoiy faoliyatiga jalb etish va har bir o’quvchida o’ziga yoqadigan ish bo’lishga erishish vazifasini qo’ydi. SHunday vazifa qo’ygach, sinf rahbari o’quvchilarning ko’pchilik qismini zarur malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish uchun o’z diqqat-e’tiborini sinf faollarini tarbiyalashga qaratish kerakligini tushunadi. Ana shu tahlitda izchil ish olib borilsa, tarbiyaviy vazifalar o’quvchilar uchun qiziqarli, istiqbolli vazifalarga aylanadi. Sinf rahbari turli rejalar tuzib olishi mumkin: kelajakka mo’ljallangan, ya’ni istiqbolli (yillik, bir necha yillik) va muvaqqat (oylik, haftalik, kunlik).

  2. Sinfga rahbarlik qilsh, odatda, sinfni va alohida alohida har qaysi o’quvchini o’rganishdan boshlanadi. Buning natijasida, sinfda tarbiyaviy ishlarni to’g’ri, ratsional tarzda yo’lga qo’yish uchun, o’quvchilarga individual yondashishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sharoit yuzaga keladi. O’quvchilarni o’rganish, ularni butun o’qitish muddati mobaynida davom etib boradi. Sinf o’quvchilar jamosini tashkil etish va tarbiyalash. Sinf o’quvchilar jamosini uyushtirish va tarbiyalash sinf rahbari ishining asosiy qismlaridan biridir. Sinf rahbari o’quvchilarni inoq va ma`lum maqsadni ko’zlagan jamoga jipslashtirar ekan, o’quv-tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun zamin yaratadi. U ayrim o’quvchilarga va butun sinfga o’z obro’-e`tibori kuchi bilangina emas balki sinf jamosining jamoat fikrini tarkib toptirish yo’li bilan ham ta`sir etadi. Sinf birdaniga jamo bo’lib shakllanib qo’ya qolmaydi. Sinfda sinf rahbari, kamolot va sinf faollari birgalikda faoliyat ko’rsatish tajribasi to’plangan taqdirda, aktiv o’sib chiqqan, ijobiy traditsiyalar barpo etilgan takdirda, o’rtoqlik aloqalari rivojlanib mustahkamlangan, umummaktab jamosi bilan to’g’ri munosabatlar o’rnatilgandan keyingina, sinf jamosi bo’lib shakllanadi. O’quvchilar bilimi sifatini oshirish hamda ularning tartib-intizomini mustaxkamlash. Bilimlarning yuksak darajada bo’lishi va ongli intizom sinfda ta`lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yshning eng muhim ko’rsatkichlaridir. Sinf rahbari o’quvchilar bilimi sifatini oshirish to’g’risida g’amho’rlik qiladi, ayrim o’quvchilarning keyinda qolishini va o’z sinfida ikki yil o’tirib qolishining oldini olishga harakat qiladi. O’quvchilarni ongli intizomlilik ruhida tarbiyalash, ularni mustaqqilik jamiyati, turmush qoidalarini ixtiyoriy bajarishga o’rgatish sinf rahbari faoliyatida katta o’rin tutadi. Darsdan (sinfdan) tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o’tkazish. Maktablarda darsdan (sinfdan) tashqari tarbiyaviy ishlarning turli-tuman shakllari tarkib topib, muvaffaqiyatli qo’llanib kelmoqda. Darslarda, talim berish pjarayonida beriladigan tarbiya darsdan tashqari turli-tuman tarbiyaviy ishlar bilan to’ldiriladi. Bu ishni sinf doirasida sinf rahbari sinf faollari yoki kamolot tashkilotlari bilan birgalikda o’tkazadi. Bunda boshqa o’qituvchilar, ba`zan esa otaonalar ham muhim yordam ko’rsatadilar. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishda fuqoralik tarbiyasi o’quvchilarda barqapop hayotiy yo’lni tarkib toptirish, ularni ijtimoiy hayotga va xalq xo’jaligi hamda madaniyatning turli sohalarida mexnat faoliyatiga aktiv ishtirok etishga tayyorlash markaziy o’rinni egallaydi. O’quvchilarning ota-onalari bilan ish olib borish. Har bir o’qituvchi o’quvchilarning ota-onalari bilan mustahkam aloqada bo’ladi. Maktabning oila bilan yanada mustahkam aloqasi sinf rahbarlari orqali amalga oshiriladi. Ular o’quvchilarning ota-onalari bilan ko’proq muomalada bo’ladilar, ularga o’quv ishlari va bolalar xulq-atvori to’g’risida axborot berib turadilar, bolalarni tarbiyalash borasida hamkorlikda qilinadigan ishlarni belgilab oladilar. Hozirgi sharoitda oilaning tarbiya berish vazifasi birmuncha ortdi, bolalar tarbiyasi uchun ota-onalar mas`uliyati oshib bormoqda. SHuning uchun ham sinf rahbarining o’quvchilar oilalari bilan hamkorligi katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Sinf rahbari tarbiyaviy ishining asosiy qismlari mana shulardan iborat. Bu qismlarning hammasi bir-biri bilan uzviy bog’langan. Masalan, sinf rahbari faoliyati doirasidan o’quvchilarni o’rganishning olib tashlanishi o’quvchilar jamosini tashkil etishni muvaffaqiyatsizlikka olib keladi, o’quvchilar bilimining sifati va sinfda tartib-intizom uchun kurash olib borishni birmuncha qiyinlashtirib qo’yadi. Ota-onalar bilan ishlashga etarlicha baho bermaslik sinf rahbari barcha tarbiyaviy ishlarining pasayib ketshiga olib kelgan bo’lar edi. O’quvchilarni tarbiyalashda tizimliilikka erishish oson emas lekin shunday qilish kerak. Aks holda sinf rahbarining tarbiyaviy ish faoliyati muvaffaqiyatli bo’lmaydi. Ayrim tarqoq tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga ko’pgina kuch va g’ayrat sarflashi mumkin, lekin baribir tarbiyada kerakli natijaga erisha olmaydi. Ko’pincha sinf rahbarlari o’quvchilar bilan foydali ishlarni boshlab qo’yib, uni hamma vaqt ham oxiriga etkazavermaydilar. Masalan, o’quvchilar yiqqan ko’pgina temir-tersak maktab hovlisida oylab to’planib yotadi. O’qituvchilar rahbarligida o’quvchilar maktab hovlisiga ko’chat va butalar o’tqazadilar, lekin ular parvarishsiz qoladi. Ekinzorlarni yovvoyi o’t bosib ketadi. Bunday hollar ham bo’ladi. Sinf rahbari qiziqarli suhbat yoki kitobxonlar konferentsiyasi o’tkazadi. Ularning natijalari o’quvchilar faoliyagida mustaxkamlanmaydi. Og’zaki ta`sir ko’rsatish konkret ishlar bilan mustahkamlanmaydi. O’quvchilarni tarbiyalashdagi tizim, o’z-o’zidan ma`lumki, sinf rahbarlari tashabbusiga salbiy ta`sir ko’rsatmasligi, ularni tarbiyaviy ta`sir ko’rsatish mazmuni, shakl hamda metodlarini mustaqil tanlab olishlaridan mahrum etmasligi darkor. Bu tizimni bir qolipga solib qo’yish mutlaqo yaramaydi. Tarbiya berish bu ijodiy jarayondir. Bunda fikr dadilligi, ijodiy izlanish, tashabbuskorlik va har qaysi o’quvchi shaxsiga aniq ravshan, e`tiborli munosabatda bo’lish kerak. Sinf rahbari ishining barcha turli-tumanligi uning butun o’quvchilar kollektiviga va alohida har qaisi o’quvchiga qiladigan ta`sirini o’z ichiga oladi. Ilg’or tajriba shuni ko’rsatadiki, tarbiyaviy ishning muvaffaqiyatli bo’lishi ayrim qulay metodlar va usullardan emas, balki o’quvchilarga milliy tarbiya berishning asosiy mazmunini aks ettiruvchi puxta o’ylangan shakl, metod va usullar kompleksidan iboratdir.

  3. Sinf rahbarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tarbiya berish va ularni do’stona bir jamo qilib jipslashtirishdan iborat. Albatta, o’z sinfidagi o’quv ishlari, o’quvchilar bilim darajasini oshirish masalalari ham uning e`tiborini jalb etadi. Ammo bu masalalarni xal etishga u avvalo tarbiyachi sifatida yondashadi. U eng asosan tarbiya berish vositalari orqali (o’quvchilarda o’quv vazifasiga nisbatan ongli va mas`uliyat bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalash, hamda o’quvchilarning o’zaro yordamini yo’lga qo’yish, ularni maktab kundalik rejimiga rioya qilishga o’rgatish va shu kabilar) ta`lim berish sifatini oshirishda shu sinfda dars beradigan barcha o’qituvchilarga yordam beradi. Har qaysi sinfda muayyan o’qituvchilar jamosi ish olib boradiki, bu jamo o’quvchilarga qo’yiladigan yagona talabga amal qilishi, ular bilan individual ish olib borishni amalga oshirishi kerak. Odatda, bu jamoning tashkilotchisi va etakchisi sinf rahbari bo’ladi. U sinfida dars beradigan o’qituvchilar olib boradigan o’quv-tarbiya ishlarining xususiyatlarini o’rganadi, ularning o’quvchilarga qo’yadigan talablari hamda o’quvchilar bilan o’zaro aloqalarini o’rganadi, ayrim o’quvchilar xulq-atvori haqida, ularga ta`sir ko’rsatish metodlari haqida o’qituvchilar bilan fikrlashib turadi. Uning muhim vazifasi o’qituvchilarning tarbiyaviy ish faoliyatlarini birlashtirib, yo’naltirib borishdan iborat. Sinf rahbari maktab pedagogik jamosi va pedagogik kengashning a`zosidir. U barcha tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlarni faqat yolg’iz o’zi emas, balki maktab direktori va uning yordamchilari rahbarligida, o’z sinfida dars beradigan fan o’qituvchilar bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi. O’qituvchilar, o’quvchilar va ota-onalar majlislarini o’tkazishda, sinfda ijtimoiy-foydali ishlarni tashkil etishda, ekskursiya hamda sayyohatlarga tayyorlanish va ularni o’tkazishda, kitobxonlar konferentsiyalari, disputlar, fan va texnikaga bag’ishlangan kechalar o’tkazishda yordam beradilar. Sinf rahbari ish rejani tuzib chiqib, direktorga tasdiqlatadi, o’quvchilarga beriladigan ta`lim va tarbiya birligini ta`minlashning konkret yo’llarini belgilab chiqadi. O’qituvchilarning sinflar bo’yicha bo’ladigan kengashlarida sinfda va sinfdan tashqarida o’tkaziladigan tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yish masalalari kelishib olinadi. Sinf rahbari o’z sinfidagi o’quvchilar bilan boshqa o’qituvchilarga qaraganda ko’proq muomala qiladi. Uning o’quvchilar bilan muomalasini tanaffus qo’ng’iroqlari cheklab qo’ymaydi. U darsdan keyin ham tarbiyachi, sinf jamosi hayoti va faoliyatini yo’lga qo’yuvchi sifatida ish olib boradi.

  4. Download 40.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling