Ko‘krakda krol usulida suzish texnikasi ko‘krakda krol usuli tarixi


Download 158.56 Kb.
bet1/5
Sana27.10.2023
Hajmi158.56 Kb.
#1726609
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-5-6-7-8-9 amaliy


  1. KO‘KRAKDA KROL USULIDA SUZISH TEXNIKASI

  1. KO‘KRAKDA KROL USULI TARIXI

Yigirmachi asrning boshlanishi suzishning yangi va eng tezkor usulining - ko‘krakda krolning vujudga kelishi bilan mos keldi. Musobqalami ushbu usulni ilk bor namoyish etgan suzuvchi Solo- mon orollarida tavallud topgan va mahalliy aholidan ushbu suzish usulini o‘rgangan A.Vikxyem bo‘ldi. Suzish texnikasining keyingi mukamallashuvi 1912 va 1920-yillar Olimpiya o‘yinlarining 100-m masofaga ixtiyoriy usul bilan suzish Olimpiya chempioni, Gavaya orollarida tavallud topgan D.Kaxanamoku tomonidan amalga oshi- rildi va u bir necha marotaba jahon rekordini yangilab juda muhim bo‘lgan bir minutlik chegaraga bevosita yaqinlashdi (1.00.04). Olti zarbali ko‘krakda krolning rad qilib boTmaydigan ustunligi 1922-1940-yilda Amerikalik suzuvchi, besh karra Olimpiya chempi- oni, bir vaqtning o‘zida keng mashhurlikka Tarzan to‘g‘risidagi kino- filmlarda bosh rolni ijro etgan Djonni Veysmyullyeming rekord nati- jalarida yaqqol ko‘rindi. Veysmyullyer 50dan ortiq marotaba jahon rekordlarini yangiladi, birinchi bo‘lib bir daqiqalik chegarani o‘tdi va krol bilan suzish texnikasini kamolotiga yetkazdi. 0‘sha davrda, 70 yil awal uning texnikasi hozirgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari texnikasidan deyarli farq qilmagan.

5.1-rasm

  1. KO‘KRAKDA KROL USULI UMUMIY TASNIFI

Ko‘krakda krol usulida suzish suzuvchining gavdasini suvda nis- batan gorizontal holati bilan, qo‘‘‘ar va oyoqlami navbatma-navbat harakatlantirish bilan tavsiflanadi. Ko‘krakda krol usuli — eng tezkor va eng ommabop suzish usuli bo‘lib, katta sport ahamiyatiga egadir.
Sport ahamiyati. Suzida absolyut suzish tezligi rekordlari ko‘krakda krol usulida suzishda erishilgan. Hozirda bu usul muva- faqqiyat bilan quyidagi musobaqalarda qo‘llanilmoqda:

  • 50,100, 200, 400, 800 va 1500 metr masofaga;

  • 4x100 metr va 4 x200 metr masofaga estafetada;

  • 4x100 metr masofada kombinatsiyalashgan estafetada (yakun- lovchi etap);

  • 200 va 400 metr kompleks suzishning yakunlovchi etapida;

  • 5 va 25 km ga uzoq masofaga ochiq suv havzalarida suzishda;

  • sportning turli, suzishni o‘z ichiga oluvchi, ko‘pkurash turlarida (triatlon, zamonaviy beshkurash va boshqalar).

  1. KO‘KRAKDA KROL USULI TEXNIKASI


Download 158.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling