Korxonaning investitsiyaviy faoliyati
Download 349.89 Kb.
|
Korxonaning investitsiyaviy faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya turlari.
Korxonaning investitsiyaviy faoliyati
Investitsiya lotincha “investire” (kiyintirish, yasantirish), nemischa “investition” so’zidan kelib chiqib, uzoq muddatga qandaydir ishga yoki korxonaga kapital mablag’ qo’yishni bildiradi. Investitsiya so’zidan investor - omonatchi so’zi kelib chiqib, u omonat beruvchi shaxs, tashkilot yoki davlatni anglatadi. Investorlar qatoriga qimmatli qog’ozlarni sotib oladigan va bu bilan o’zlarining bo’sh mablag’ini joylashtiradigan yuridik hamda jismoniy shaxslar ham kiradi. Moliyaviy va nomoliyaviy investitsiyalarni joriy qilish bo’yicha amaliy faoliyatlar majmuasi investitsion faoliyat deb yuritiladi. Investitsiya - bu moliyaviy (pul) yoki real kapitalga mablag’ qo’yishdir. Investitsiya turlari. 1. Maqsadi bo’yicha - foyda olish uchun, ijtimoiy va ekologik ehtiyojlar uchun. 2. Ob’ekti bo’yicha - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish. 3. Natural-moddiy ko’rinishi bo’yicha - moddiy, nomoddiy va moliyaviy. 4. Hududiy kelib chiqishi bo’yicha - milliy va chet elliy. 5. Moliyalashtirish manbalari bo’yicha - xususiy (amortizatsiya, foyda, sotilgan narsalardan tushum) va omonatga olingan (kredit, lizing va boshqalar). 6. Ishlab chiqarish investitsiyasini yo’nalishlari bo’yicha - asosiy kapitalni yangilashga, qo’zg’almas mulkni, aylanma mablag’ni ko’paytirish uchun, yangi mahsulot yaratish uchun, mahsulotni sifatini oshirish uchun. 7. Korxonani boshqarish huquqiga ega bo’lish omili bo’yicha: to’g’ridan to’g’ri yoki bevosita; portfel. 8. Amal qilish muddati bo’yicha - qisqa va uzoq muddatli investitsiyalar mavjud. 9. Kelib chiqish hududi bo’yicha - milliy va xorijiy investipsiyalar. 10. Тavvakalchilik darajasi bo’yicha - tavvakalchiligi past, ishonchli va tavvakalchiligi yuqori, spekulyativ investitsiyalar. Download 349.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling