Kredit – modul tizimida o‘qituvchi rahbarligida bajarailadigan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish aliqulov Samar Sattor o‘g‘li


Download 73.49 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi73.49 Kb.
#1271598
  1   2   3
Bog'liq
maqola Caмар


KREDIT – MODUL TIZIMIDA O‘QITUVCHI RAHBARLIGIDA BAJARAILADIGAN TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH
Aliqulov Samar Sattor o‘g‘li-matematika va informatika fakul’teti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari (PhD). +998995712866
e-mail: samaraliqulov@inbox.ru
Annotasiya: Kredit-modul tizimi dunyoning ilg‘or mamlakatlari oliy ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan tizimdir. Ushbu ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri o‘quv jarayonida asosiy e’tibor talabalarning mustaqil ishlashiga qaratilganligidir. Ushbu maqolada pedagogika oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini roli va ahamiyati haqida so‘z boradi.
Аннотация: Кредитно-модульная система широко используется в системе высшего образования передовых стран мира. Одной из уникальных особенностей данной образовательной системы является то, что основной упор в учебном процессе делается на самостоятельную работу студентов. В данной статье говорится о роли и значении самостоятельного обучения студентов по кредитно-модульной системе в педагогических вузах.
Abstract: The credit-module system is widely used in the higher education system of advanced countries of the world. One of the unique features of this educational system is that the main focus in the educational process is on the independent work of students. This article talks about the role and importance of independent education of students in the credit-module system in pedagogical higher education institutions.
Kalit so‘zlar: o‘quv jarayoni, kredit-modul tizimi, mustaqil ta’lim, didaktik tamoyillar.
Ключевые слова: учебный процесс, кредитно-модульная система, самостоятельное обучение, дидактические принципы.
Key words: educational process, credit-module system, independent education, didactic principles.
Jahon ta’limi va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ta’lim jarayoni ishtirokchilarining mustaqil ishini takomillashtirish, talabalarning shaxsiy-kasbiy, ijodiy imkoniyat va integrativ tafakkurini shakllantirish, onlayn ravishda o‘qitishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, tarmoqlararo integrasiyasining pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish bugungi kunda oliy ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Shu qatorda talabalarda mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy didaktik vositalardan foydalanish, talabalarning kreativ fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish, axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan, shu jumladan, mul’timedia vositalaridan foydalanish va ularni amalda qo‘llay olish, talabalarning mustaqil ishini tashkil etish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha alohida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda xorijiy rivojlangan davlatlarning tajribalarini o‘rgangan holda talabalarning mustaqil ishi faoliyati, o‘quv-metodik ta’minot, yangi o‘quv adabiyotlar hamda o‘qitish texnologiyalarini jalb qilish va amaliyotga joriy etish, Respublika oliy ta’lim muassasalarining xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv va ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatishning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Xususan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan ―O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ko‘ra yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari bosqichma bosqich kredit-modul tizimiga o‘tmoqda1. Ushbu tizimda talabalarning mustaqil ishlashiga asosiy e’tibor qaratilgan. Ma’lumki o‘quv jarayoni talabalarni mustaqil fikr yurita olishga o‘rgatsa, unday ta’limni rivojlantirishga asoslangan o‘quv-metodik jarayoni deb qabul qilish mumkin. Talabalarni mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan maxsus vositalarni qo‘llab, uni fanga qiziqtirish, erkin fikrlashga o‘rgatish, rivojlantirish tizimi yaratish orqali ularda kreativ g’oyalarni shakllantirish mumkin.

Download 73.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling