Kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini
Download 111.12 Kb. Pdf ko'rish
|
13 150-сон 22.12.2006
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XO‘JALIK SUDI PLENUMINING QARORI KREDIT SHARTNOMALARIDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLAR BAJARILISHINI TA’MINLASH TO‘G‘RISIDAGI FUQAROLIK QONUN HUJJATLARINI QO‘LLASHNING AYRIM MASALALARI HAQIDA Sudlar tomonidan kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rishda majburiyatlar bajarilishini ta’minlash to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, qaror qiladi: Oldingi tahrirga qarang. 1. Sudlarning e’tibori kredit shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlar ijrosini ta’minlash usuli hisoblangan kafillik, garov shartnomadagi va kafolatdagi taraflar hamda uchinchi shaxslar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (keyingi o‘rinlarda — FK), “ Garov to‘g‘risida ”gi, “ Garov reyestri to‘g‘risida ”gi, “ Ipoteka to‘g‘risida ”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishiga qaratilsin. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda) 2. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, FKning 9-bobida ko‘zda tutilgan bitimlar to‘g‘risidagi umumiy normalar, shuningdek garov, kafillik shartnomalari va kafolatni tartibga soluvchi FKning 22-bobidagi qoidalar mazkur shartnomalarning maxsus qonunlarga zid bo‘lmagan qismigagina qo‘llaniladi. 3. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — kredit tashkiloti) va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabat kredit tashkilotining keyinchalik, kelishilgan muddatlarda, kredit berish (kredit liniyasini ochish) majburiyatini va qarz oluvchining olingan kreditni qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash majburiyatini o‘z ichiga oladi. Bunda kredit tashkilotining qarz oluvchiga kredit summasini berish (hisobvaraqqa o‘tkazish) bo‘yicha real shartnomaviy majburiyatlari shartnoma tuzilgan paytdan boshlab, qarz oluvchining foizlarni to‘lash, kreditni qaytarish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlari esa, agar taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, kredit summasi real olingan paytdan boshlab vujudga keladi. Shu munosabat bilan sudlar kredit tashkilotlari va qarz oluvchilarning taraflarni kredit shartnomasini bajarishga majburlash to‘g‘risidagi da’volarini ko‘rishda taraflarning tuzilgan ushbu shartnoma bo‘yicha huquq va majburiyatlari vujudga kelgan paytni inobatga olishlari lozim. 4. Kredit shartnomasi sud tartibida taraflardan birining talabi bilan boshqa taraf tomonidan shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilganda yoki vaziyat jiddiy o‘zgarganda, shuningdek qonun yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, yuqori foiz stavkalarini belgilash, kreditni qaytarish yoki foiz to‘lashni kechiktirganlik uchun jarima qo‘llash, kredit valyutasi kursining o‘zgarishi kredit o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib keladigan vaziyatning jiddiy o‘zgarishi deb hisoblanishi mumkin emas. (4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 25/309-sonli Download 111.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling