Kurs ishi matnining namunaviy tuzilmasi


Download 204 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi204 Kb.
#1573690
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
КТ курс иши бажариш тартиби (2)




Kurs ishi matnining namunaviy tuzilmasi
Yoziladigan kurs ishi matnining namunaviy tuzilmasi (tarkibiy qismlarini) ko`rib chiqamiz. Bu qismlar uzviylikka ega bo`lishi, uning mazmunini qisqa va ravshan ifodalashi, shuningdek uning echimini aniq ifodalashi kerak.
Kurs ishi matnining namunaviy tuzilmasi quyidagi bo`limlardan iborat bo’lishi lozim:
- Kurs ishining titul varag’i;
- Topshiriq;
- Ekspert guruhi baholari (baholash jadvali);
- Mundarija;
- Kirish;
- I. Nazariy qism; (berilgan mavzu nomi yoziladi)
- mavzu bo`yicha nazariy ma`lumotlar;
- II.Amaliy qism;
- amaliy masala bo`limlari;
- Xulosa;
- Adabiyotlar;
- Ilova;
Kurs ishi matnining namunaviy tuzilmasining asosiy tarkibiy qismlarini alohida ko`rib chiqamiz.
Topshiriq
Topshiriq tushuntirish xatining birinchi varag’i bo`lib, tasdiqlangan ko`rinishda (II-ilova) to`ldiriladi. Unda talabaning varianti, kurs ishining mavzusi, talabaning ismi-sharifi, guruhi hamda kurs ishining asosiy qismlariga bo`lgan talablar keltiriladi. Ishning ko`lamini inobatga olib, kurs ishining asosiy qismlariga qo`yiladigan talablar rahbar tomonidan o`zgartirilishi mumkin. Topshiriq qo`lda yoki komp’yuterda yozilgan tarzda aniq va ravshan yozilishi kerak. Unda belgilangan vazifalar o`zining echimiga ega bo`lishi lozim.
Kirish
Kirish qismida berilgan mavzuga muvofiq axborot texnologiyalarning turli sohalarida qo`llanilishi, uning rivojlanish istiqbollari, ahamiyati, shuningdek fan, texnika va ta`lim tizimlarida tutgan o`rni hamda ularni mutaxassislikdagi tadbig’i xususidagi ma`lumotlar yoritilishi kerak. Kirish qismida kurs ishining qolgan qismlarining mazmunini qisqacha asoslash mumkin.
Kirish qismida talaba tanlagan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ahamiyati, uni o`rganish darajasi va kurs ishi bo`yicha o`z oldiga qo`ygan masalalar mazmunining qisqa (2-3 bet) bayon etadi.
I. Nazariy qism
Kurs ishining mazmunini asosan nazariy qism hamda amaliy masala tashkil etadi.
Nazariy qismida kurs ishi mavzusi nomi yozilgach, mavzuni ochib beruvchi reja tuziladi. Rejadagi ko`zda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq bo`lishi va o`rganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir.
Masalan, kurs ishida “C++ dasturlash tili asosiy tushunchalari” nomli mavzu qo`yilgan bo`lsin. Unda qo`yilgan masalani quyidagi reja asosida tahlil etish va yoritish mumkin.

Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling