Kurs ishi mavzu: O‘zbek tilida gammatik ma’noni ifodalash usullari Bajardi: Botirova Asal Qabul qildi: Ismoil Davletov


Download 51.95 Kb.
bet1/7
Sana04.02.2023
Hajmi51.95 Kb.
#1164491
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
192-Botirova.A.Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI

Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan




KURS ISHI
MAVZU:O‘zbek tilida gammatik ma’noni ifodalash usullari


Bajardi: Botirova Asal
Qabul qildi: Ismoil Davletov
Kurs ishi O‘zbek tilshunosligi kafedrasida himoya qilindi va ___ ball bilan baholandi (Bayonnoma № ____ )
Komissiya raisi:
Komissiya a’zolari:

Urganch – 2021
REJA:
I.Kirish.
II.Asosiy qism:
1.Grаmmаtik mа’nо hаqidа umumiy tushunchа.
2.Grаmmаtik vа lеksik mа’nо munоsаbаti.
3.GM turlаri. UGM, ОGM, ХGM hаqidа.
4.GM tаrkibi. Kаtеgоriаl, yondоsh vа hаmrоh mа’nо.
III.Xulosa.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asarida yosh avlod tarbiyasidagi ijobiy tomonga bo‘lgan o‘zgarishlarga alohida urg‘u berib, shunday deb yozadi: “Eng muhimi, zamonaviy bilim va tafakkurga, sog‘lom dunyoqarashga ega, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor bo‘lgan, ko‘zi yonib turadigan navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib keloyatgani barchamizni quvontiradi.1
Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili ta’limi maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi.
Umumta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida “Grammatika” bo‘limini izchil kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi – so‘z haqidagi ta’limot bilan tanishadilar va ularning tilni bir butun tizim sifatida tushunishlari hamda o‘zlashtirishlariga imkon tug‘iladi. Zero, grammatika, grammatik ma’no tilning barcha bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tadqiq qilish va gramatikaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Asrlar davomida tillar bir-biridan so‘z olib, so‘z berib shakllanib kelmoqda. Bu ham bir imkoniyat. Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo‘lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi - jamiyatda bo‘lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy-ma’rifiy sohalardagi islohatlar tilning lug‘at boyligida yangi-yangi so‘z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so‘z-leksemaning eskirib tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning Grammatik ma’nolarining o‘zgaishiga ham olib keladi.

Download 51.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling