Kurs ishini bajarish uchun topshiriq: 1 Kurs loyihasi tarkibi 5


Download 0.53 Mb.
bet1/12
Sana22.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1108380
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PHBT kursovoy opisaniya - копия

Mundarija:





Kirish 2
1.Kurs ishini bajarish uchun topshiriq: 3
1.1 Kurs loyihasi tarkibi 5
2. Loyiha tarkibiy qismlari 6
2.1 Peregon svetoforlari joylarini aniqlash. 6
2.1.1 Avtoblokirovka qurilmalarini elektr bilan ta’minlash 11
2.1.2 Avtoblokirovka tizimi va ALSN tizimini tanlash 14
2.2 Peregonning yo’l rejasini tuzish 15
2.3 Ikkita signal nuqtasining sxemasi 18
2.4 Peregonni stansiya bilan bog’lash sxemasi 20
2.5 Chastotali dispetcherlik nazorati sxemasi 22
2.7 Stansiyalarning rels zanjirlari 29
2.8 Stansiya rels zanjirlarini poyezdlarni qabul qilish va jo’natish bo’yicha kodlashtirish sxemasi 32
Xulosa 33
Foydalanilgan adabiyotlar 34



Kirish


Avtomatik blokirovka (AB) poyezdlar harakatini intervalli muvofiqlashtirishning eng mukammal vositasi hisoblanadi. Mamlakatimiz temir yo’llari tarmog’ining 1/3 dan ko’proq qismi AB bilan jihozlangan.
Poyezdlarni svetoforlarning signal ko’rsatmalari bilan bog’lab turgan rels zanjirlarining (RZ) qo’llanishi sababli, avtoblokirovka poyezdlar harakatlanish xavfsizlik darajasini oshiradi. SHu bilan birga stansiyalar orasidagi peregonlarni alohida blok-uchastkalarga bo’lish hisobiga temir yo’l liniyalarining o’tkazish imkoniyatini yaxshilashga erishildi, bu temir yo’llar ishining texnik-ekspluatatsiya ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Biroq bir tomonlama harakatga AB ta’siri faqat svetoforlarning signal ko’rsatmalari bilan cheklanib, shu sababli undagi harakatlanish xavfsizligi to’lig’icha signallarning lokomotiv mashinistlari tomonidan aniq ijro etilishiga bog’liq bo’ladi. Poyezdlarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida AB qurilmalari uzluksiz tipdagi avtomat lokomotiv signalizatsiyasi (ALSN) bilan, bundan tashqari, poyezdlar va avtotransport harakatlanishi uchun eng xavfli joylardan biri – mashina o’tish joylari (pereezdlar) mavjud bo’lganida − avtoblokirovka o’tish joylarini chegaralaydigan avtomatika qurilmalar bilan to’ldiriladi. Avtoblokirovkada shuningdek avtomatik dispetcherlik nazorati (DN) ham jihozlanib, u poyezd dispetcherini poyezdlarning temir yo’l uchastkasidagi joylashgan o’rni haqidagi operativ axborot bilan ta’minlab, shu bilan birga AB asosiy uzellari va o’tish joyi signalizatsiyasi holatini nazorat qiladi.
Aytib o’tilgan avtomatika va telemexanika qurilmalaridan (AT) kompleks foydalanish temir yo’llarda keng miqyosda qo’llanadigan poyezdlar harakatini yuqori darajada va samarali rostlash tizimining asosini tashkil qiladi. SHuning uchun nazariy bilimlarga ega bo’lish va uni loyihalashtirish bo’yicha amaliy ko’nikmalarni egallash transport avtomatikasi va telemexanika sohasi mutaxassisini shakllantirish uchun mutlaq zarur hisoblanadi.
Mazkur kurs loyihasining mazmuni ko’rsatilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling