Kutubxona-axborot faoliyati
Download 56.89 Kb.
|
1.1 — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- ____________________________________________________________________ Bajardi: _______________________ Tekshirdi: _____________________
- 2. Hujjatlarni saqlash muddati ko‘rsatilgan ro‘yxatlar 3. Hujjatlar ilmiy va amaliy qiymatini ekspertiza qilish.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI “KUTUBXONA-AXBOROT FAOLIYATI” FAKULTETI “______________________________________” FANIDAN REFERAT Mavzu: _____________________________________________________________ ____________________________________________________________________ Bajardi: _______________________ Tekshirdi: _____________________ Mavzu: Hujjatshunoslikni fan sifatida shakllanishi. Hujjatshunoslik fanining tushunchalari Reja: 1. Hujjatshunoslik sohasi tushunchasi, mazmun va ahamiyati.2. Hujjatlarni saqlash muddati ko‘rsatilgan ro‘yxatlar 3. Hujjatlar ilmiy va amaliy qiymatini ekspertiza qilish. 1. Hujjatshunoslik sohasi tushunchasi, mazmun va ahamiyati. Hujjatshunoslik tarix fani bilan bog‘langan bo‘lib, yuqorida aytilgandek, hujjatshunoslik ob’yekti bu - tarixiy rivojlanish bosqichidagi hujjatdir. Ish olib borish – hujjatlashtirish va hujjat bilan ishlashni tashkillashtirishni ta’minlovchi faoliyat tarmog‘idir, ya’ni hujjatning paydo bo‘lishidan boshlab, to uning yo‘q qilinishi yoki arxivga topshirilishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Hozirgi hujjatshunoslikning asosiy vazifalaridan biri boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlanish jarayonining nazariy asoslashdir. Hujjatning yaratilishi, tayyorlanishi, qabul qilinishi, taqsimlanishi, qayd etish, bajarilishining nazorati, ma’lumotnoma ishlari, hujjat klassifikasiyasi bo‘yicha savollar, baho shaklining ekspertizasini o‘tkazish tartibi, hujjatlarni saqlash va qo‘llash – bular hujjat ishlarini tashkillashtirish muhim omil hisoblanadi. Boshqa tomondan, hujjat jamiyatning o‘sishiga va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan xususiyatga ega. Demak, o‘tmishni o‘rganish – hujjat turlarining genezisini bilishni ham nazarda tutadi Shunday qilib, hujjatshunoslik va arxivshunoslik sohasidagi davlat standarti qabul qilgan terminologiyaga ko‘ra “Hujjat – bu axborot tashuvchiga muhrlangan va o‘z rekvizitlariga ega hujjatlashtirilgan ma’lumot”. Har qanday hujjat paydo bo‘lishining sababi - ma’lumotni fiksatsiya qilish zaruriyatidir. Hujjatshunoslik – tarixiy tadqiqotlarning ma’lumot bazasiga ta’sir qiladi va tarixi, fan nazariyasi, metodikasi va texnikasi bilan manbashunoslikka yaqin turadi. Hujjatni tadqiqot ob’ekti sifatida turli pog‘analarda ko‘rish mumkin: 1) bu alohida hujjat bo‘lishi mumkin; 2) hujjatlar tizimi (ma’lum bir sohada qo‘llaniladigan hujjatlar); 3) jamiyatda qo‘llaniladigan barcha hujjat turlari. Hujjatshunoslik – jamiyat haqidagi fanlar tizimiga qarashli bo‘lib, uning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi turli ko‘rinishlarda va turli bosqichlarda namoyon bo‘ladi Hujjatshunoslik davlat funksiyalarini kuchaytirish va jamiyatni retrospektiv hujjatli axborot bilan ta’minlashda ishtirok etadi (arxivlashtirish orqali). Hujjat aylanishini qisqartirish va hujjat madaniyatini kuchaytirish maqsadida rivojlanish qonuniyatini o‘rganish hujjatshunoslik predmetini tashkil qiladi. Hujjatshunoslik manbashunoslikka yaqinligi tufayli, u tarixiy fanlar turiga kiradi va manbashunoslikning ko‘makchi va maxsus tarixiy ta’limotlari hisoblanadi. Download 56.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling