Laboratoriya ishi 35 Potensiometriya. Kuchli yoki kuchsiz kislotalarni va ishqorlar miqdorini aniqlash. Metodning mohiyati


Download 111.18 Kb.
bet1/5
Sana01.05.2023
Hajmi111.18 Kb.
#1418763
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Lab.35


Laboratoriya ishi 35
Potensiometriya. Kuchli yoki kuchsiz kislotalarni va ishqorlar miqdorini aniqlash.
Metodning mohiyati. Potensiometriya - analizning elektrokimyoviy metodi bo‘lib, elektrod potensialini o‘lchash va uning eritmadagi komponentlarning (aktivlik nuqtai nazaridan) hajmi, konsentratsiyasi va boshqalarga bog‘liqligi aniqlanadi. Bu bog‘liqlikni ishlatgan holda ionlarning konsentratsiyasini aktivlik darajalarini aniqlabgina qolmay boshqa ko‘pgina kattaliklarni: sust elektrolitlarning disotsiyalanish konstantalari, kopleks biriklarning turg‘unligini, kam eriydigan elektrolitlar erish darajasini, moddalarining standart va real (olingan) potensiallari, kimyoviy reaksiyalarning stexiometrik koifitsentlarini, elekronlar sonini (oksidlanish-qaytarilishda ishtirok etgan) va boshqalarni aniqlash mumkin.
Elektrod potensialining o‘zlarini kuzatgan holda reaksiyasida ishtirok etayotgan moddalar konsentratsiyalari to‘g‘risida xulosalar chiqarish mumkin. Bu usuldan uzluksiz boradigan kimyoviy texnologik jarayonlarini moddalarning miqdorini aniqlashda (potensiometrik titrlashdan) foydalaniladi. Kimyoviy reaksiyaning yakunlanish jarayonida titrat bilan ta’sirlanuvchi komponentning konsentratsiasining keskin o‘zgarishi elektrod potensialining ham keskin o‘zgarishiga olib keladi. Bu titrlashning oxirgi nuqtasini (TON) indekatsiyasiga (aniqlanishiga) xizmat qiladi. Potensiometrik titralashda keskin o‘zgarish xuddi shu vazifani bajaradi.
Bevosita potensiometriya metodi elektrod potensialining o‘zgarishini aniq qiymati (φ) va unga qarab eritmadagi aniqlanayotgan ion potensialni faoliginini aniqlashga asoslangan. Bu metodning predmeti sifatida sistemaning faqatgina qaytar-redoks sistemalar ishlatiladi.
Bevosita potensiometriyaning muhim metodi (ionometriya) suvili va suvsiz eritmalaridagi vodorod ionlarining aktivligini o‘lchashdir. Bu ning miqdori ko‘plab kimyoviy va biologik jarayonlarining yo‘nalishiga bog‘liqligi bilan xarakterlanadi. Bunda pH qiymatini ishlatish qabul qilingan. Suvli eritmalarda pH ni potensionmetrik aniqlash juda aniq metod hisoblanadi. Buning uchun turli xildagi indekator elektrodlardan foydalanish mumkin. Masalan, vodorodli, xingidronli, shisha, metal-shisha va ba`zi bir boshqalar.

Download 111.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling