Laboratoriya ishi №6 Mavzu: Emulsiya tayyorlash va turini aniqlash. Ishdan maqsad


Download 29.59 Kb.
bet1/4
Sana07.10.2023
Hajmi29.59 Kb.
#1694613
  1   2   3   4
Bog'liq
6 лаборат колл


Laboratoriya ishi №6
Mavzu: Emulsiya tayyorlash va turini aniqlash.
Ishdan maqsad: Turli emulsiyalarni olish va xossalarini o‘rganish uslublarini o‘zlashtirish.
Kerakli jixozlar va reaktivlar: Kamerali skanirlovchi mikroskop, probirkalar, V=50 ml li o‘lchov kolbasi, sovun kukuni (natriy oleati), V = 5ml shkalali pipetka, sekundomer, distillangan suv, benzol, kerosin, o‘simlik moyi.

1- tajriba To‘g‘ri va teskari emulsiyalarni hosil qilish

a) “Moy/suv” - moyning suvdagi to‘g‘ri emulsiyasini hosil qilish

To‘g‘ri emulsiya hosil qilish uchun 2ta probirkaga 2,5 ml dan suv solib, unga 1-2 sovun bo‘lakchalari soling, aralashtiring. Xosil bo‘lgan eritmaga 0,5ml kerosin yoki o‘simlik moyi( mashina moyi va boshqa)dan solib, kuchli aralashtiring. SHu tajribani sovun bo‘lakchalarini solmasdan 2,5 ml suvga 0,5 ml o‘simlik moyi solib takrorlang. Ikala hosil bo‘lgan emulsiyani solishtiring, tegishli xulosaga keling. Ikala emulsiyani «yashash» muddatini aniqlang. Buning uchun har bir emulsiya to‘liq ikkita suqlik qatlamiga ajralguncha ketgan vaqtni aniqlang va stabilizator – emulgator (sovun)ning ahamiyati to‘g‘risida xulosa qiling.



b) “Moy/suv” – suvning moydagi teskari emulsiyasini hosil qilish

Suvning moydagi teskari emulsiyasini hosil qilish uchun 2,5 ml o‘simlik moyi, 0,5ml suv va 1-2 sovun bo‘lakchalarini solib ularni kuchli aralashtiring. Xosil bo‘lgan emulsiyani a) tajribadagi emulsiya bilan solishtiring, suyuqlik qatlamlari hosil bo‘lguncha ketgan vaqtni aniqlab, emulsiya yashash vaqtini anqlang.


Topshiriq; Olingan uxchala emulsiyaning barqarorligi to‘g‘risida xulosa qiling.
2- tajriba Emulsiya tomchilarining bir-biriga qo‘shilishini o‘rganish bilan emulsiya turini aniqlash

Benzol yoki boshqa qutbsiz suyuqlik ( moy)da biror organik rang beruvchi modda (sudan ΙΙΙ, eozin,…) ni eritib rangli suyuqlik hosil qiling.


a) Bu suyuqlikning 5ml ga sovunning 0,5% li eritmasidan qo‘shib, uning ustiga 1ml 10% li kalsiy xlorid (bariy xlorid) eritmasidan qo‘shib idish tiqinini berkitib kuchli chayqating. Xosil bo‘lgan rangli emulsiyani biroz vaqt qoldiring.
b) 5ml 5%li sovun eritmasiga 1ml benzol (moy) ning rangli rangli eritmasidan qo‘shib, bir xil emulsiya xosil bo‘lguncha kuchli chayqating. Xosil bo‘lgan emulsiya rangiga e’tibor bering va xossasini o‘rganing. Emulsiya xossasini kamerali skanirlovchi mikroskop ostida kompyuter monitoringida kuzating. Buning uchun shisha plastinkaga oralig‘i 4-5 sm da 2 tomchi suv tomizib, ular o‘rtasiga xosil qilingan rangli to‘g‘ri va teskari emulsiyalardan tomizing. Xaar ikkala emulsiya tomchilarini shisha tayoqcha bilan suv tomchilariga aralashtiring. Sodir bo‘ladigan xodisalarni diqqat bilan kuzating, kompyuter xotirasiga yozib oling va tegishli xulosa qiling.

Download 29.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling