Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi


Download 1.58 Mb.
bet1/45
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1569468
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
lazer to\'liq 1


  1. Lazer fizikasi fanining tarixi, buguni va kelajagi.

1900 yilda mashhur nemis fizigi Maks Plankning ilmiy izlanishlaridan keyin, fizika faniga kvant tushunchasi kiritildi. 1905 yilda Albert Eynshteyn esa, kvant bu bo‘linmaydigan bir butun kichik miqdordagi yorug‘lik energiyasi bo‘lib, u moddalarda yutilishi yoki moddalardan nurlanish tufayli ajralib chiqishi mumkin deb tasavvur qildi. Fizikaga energiyaning kvanti (porsiyasi) tushunchasini Eynshteyn kiritdi. Foton tushunchasini esa 1909 yilda G.N.Lyuis kiritdi. Foton bu aslida mavjud bo‘lmagan elektronmagnit maydonning zarrachasi deb qaraladi. 1913 yilda Daniyalik Nils Bor fotonning nurlanish mexanizmini tahlil qilib, o‘z postulatlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra atomlarning holati aniq va qator energetik sathlar bilan xarakterlanadi. Har bir energetik sathning to‘la energiya qiymati mavjud, bo‘lib ular , , , ..., va hokazolar bilan belgilanadi. Har bir energetik sath atomning ma’lum statsionar holatini ifodalaydi va bu energetik sathlarda atom nurlanmaydi. Atom bir statsionar holatdan ikkinchi bir statsionar holatga faqat sakrab o‘tganidagina nurlanish kvanti yoki fotoni chiqarishi mumkin. Nurlanish chastotasi boshlang‘ich va oxirgi energetik sathlarning farqi bilan aniqlanadi:
Hozirgi davrda kvant elektronikasi, ayniqsa, lazer fizikasi va texnikasi yuksak sur’atlarda rivojlanib, mikroelektronikadek muhim soha bilan raqobat qilmoqda. Buning ustiga lazer fizikasi va texnikasi mikroelektronikaning o‘zida ham keng qo‘llanila boshladi, bundan keyingi yangi texnologik jarayonlar lazerning keng qo‘lanishiga asoslanadi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, tolali optik aloqa lazer nurlari manbalarining mavjudligi tufayligina hosil bo‘ldi. Umuman, hozirda lazerlar fan va texnikaning turli – tuman sohalariga kirib borayapti va juda ko‘p sohalarning kelajagi ularni qo‘llash bilan bog‘liq, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirgi lazerlar uzluksiz va impuls rejimlarda ishlay oladi. Hozir olimlar femtosekund diapazonidagi yorug‘lik impuslarini kuzatmoqdalar (eslatib o‘tamiz 1fs=10–15s). Har yili yangi lazerlar, ular uchun yangi aktiv moddalar yaratilmoqda. Navbatda rentgen va γ – nurlar diapazonida ishlaydigan kvant generatorlarini yaratish turibdi.



  1. Download 1.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling