LIRIK TUR(SHE’RIYAT) HAQIDA MA’LUMOT
She’riyat (lirika) – badiiy adabiyotning asosiy turlaridan biri bo’lib, biror hayotiy voqea-hodisa tasirida inson qalbida tug’ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg’ular orqali voqelikni aks ettiradi. Lirika so’zi yunoncha bo’lib, “lira jo’rligida kuylash” degan ma’noni anglatadi.
Lirik asarlarda voqelikning inson tuyg’ulariga tuyg’ularini tasvirlash muhim o’rin tutadi. Obrazlilik, jonlantirish, istiora kabilar shoirona fikr va she’rni shakllantiruvchi badiiy vositalardir.
Lirika mazmuni va mohiyatiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
Intim lirika (lot. «eng ichki», «yashirin»). Unda shoir o’zining ruhiy kechinmalari va hissiy olamini aks ettiradi.
Misollar: Cho’lponning «Qalandar ishqi», Fitratning «Go’zalim, bevafo gulistonim…» kabi she’rlar va boshq.
Ijtimoiy lirika. Unda real hayotda ro’y bergan voqea va hodisalar tasvirlanadi. Jamiyatdagi adolatsizlik, zo’ravonlik, odamlarning beburdligi, riyokorlik va boshqa shu kabi illatlar ijtimoiy lirikani yuzaga keltiruvchi omillardir.
Misollar: Cho’lponning «Ko’ngil», «Yong’in», «Buzilgan o’lkaga», «Vijdon erki », «Kishan», Fitratning «Mirrix yuldiziga», «O’g’ut» kabi she’riyat va boshq.
She’r (ar: «nazm, poeziya») ma’lum vazn va qofiyali kichik badiiy asardir. Rus tanqidchisi N.A.Dobrolyubov she’r uchun uch xususiyat – ezgulik, go’zallik donolik shart bo’lishini ta’kidlagan edi. Maqsud Shayxzoda esa o’zining «She’r chin go’zallik singlisi ekan» she’rida she’riyatni «ma’rifatdan, hayotga muhabbatdan kam bo’lmagan darajadagi ehtiyoj salmog’i darkor » deb aytgan edi.
She’riy shaklning o’ziga xosligi, ya’ni musiqaviyligi va ohangdorligini ta’minlovchi bir qancha unsurlar bor. Ulardan asosiylari quyidagilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |