Markaziy Osiyo mutaffakkirlarining ma’naviy merosi


Download 1 Mb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1551726
  1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-Markaziy Osiyo mutaffakkirlarining ma’naviy merosi

Markaziy Osiyo mutaffakkirlarining ma’naviy merosi

Reja:

 

1. Islom dining manbalarini o’rganishda Mavorounnahr olimlarining o’rni

2. Markaziy Osiyoda Islom dini madaniy-ma’naviy me’rosi

3. Hadislarning yaratilishi va hadis ilmi.

4. O’rta Osiyo hadisshunoslik maktabi.

Islom manbalarini o’rganishda o’zining buyuk xizmatlari bilan iz qoldirgan bir necha olimlarni aytish mumkin: Imom Al Buxoriy (810-870 Payg’ambar s.a.v) vafotlaridan keyin u zotning aytgan so’zlari (hadis) va sunnalari (hayot tarzlari va qolgan ishlari)ni to’plash, kitob shakliga keltirish VIII asr oxiridan boshlanib, X asrga kelib butun Islom olami tan olgan oltita hadislar to’plami vujudga keldi.

Markaziy Osiyoda Islom ta’limotini o’rganish hamda uni ijobiy yo’lda sarflagan 56ta alloma, 59ta mashhur fan arboblari, 25ta adib, shoir va tilshunoslar va 50dan ortiq hattodlar Islom ta’limotini, manbalarini o’rganishda o’zining katta hissalarini qo’shgan.


Bular asosan Markaziy Osiyolik muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Muslimiy, Imom Termiziy, Imom Nasoiy, Imom Abu Dovud va Imom Mujjalar qalamiga mansub.
Imom al-Buxoriyning mashhur asarlari 15ta bo’lib, eng buyuk asari “Al-Jomiy-as-Sahih” bo’lib, bu kitob “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan yuritiladi.

Bu o’rinda Islom manbalarini o’rganishda o’zining buyuk xizmatlari bilan iz qoldirgan bir necha olimlarni aytish mumkin:

Imom Abul Husayn Muslim ibn al-Hojjaj ibn Muslim. Asli Nishopurlik. Bu kishi ham “as – Sahih” asarini va boshqa hadis haqidagi bir qancha qimmatli asarlarni yozgan. Nishopurda Imom Buxoriy bilan uchrashib, undan dars olgan. Eng muhim asarlari 11 ta. Ya’ni “Al – Jome as – Saxih”, “Al – Musanad al – kabir ala-r-rijal” (erkaklar ucun eng katta ko’rsatkich), “Kitob al-asmo’ ba-l-kunya”(ism va kunyalar haqida kitob).


Abu Iso Muhammad ibn Iyso ibn Savra at-Termiziy. Mashhur muhaddislardan biri, bir necha asarlar muallifi. “Kitob al-Jome’” (hadislar majmuasi kitobia), “Kitob ilol” (Illatlar kitobi), “Kitobi tarix”, “Kitob ash-shomoil an – noboviya” (Payg’ambarlik alomatlari) kitoblari mashhur sanaladi.
Imom Nisoiy. Asl ismlari Abu Abdurahmon Ahmad. Hadis ilmida zamonasining imomi bo’lgan eng muhim asarlari: 1- “as-Sunnan al-kubro” (Payg’ambar sunnatlari haqida kqtta kitob), 2- “as-Sunnan al – Sug’ro” (Payg’ambar sunnatlari haqida kichik kitob), 3- “al – Xasos” (xos narsalar). Bu asarlarning ichida eng mashhuri “as – Sunan al – kubro” asari.
Imom ad-Dorimiy - mashhur hofiz, shayxulislom Abu Muhammad Abdulloh ad-Dorimiy. Samarqandning Dorim degan joyida tug’ilgan(797 – 869). yetuk mufossir foqih va olim. Uning mashhur asarlari: 1- “at-Tafsir”, 2- “al – Jome’” (majmua). Bandor degan olimning aytishicha, duneoning hofizi to’rtta bo’lgan ekan: Rayda- Abu Zar’a, Nishopurda – Muslim ibn Hojjaj, Samarqandda – Abdulloh ibn Abdurahmon ad – Dorimiy va Buxoroda Muhammad ibn Ismoil.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling