Markaziy Osiyoda Temur va temuriylar davrida


Download 80.5 Kb.
bet1/9
Sana27.03.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1300535
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Markaziy-Osiyo-Temur-va-temuriylar-davrida


Skachat.uz

Reja:
1. Amir Temur - ilm-fan homiysi.
2. Ulug`bеk — o`rta asr madaniyatining atoqli vakili.
3. Alisher Navoiyning ilmiy qarashlari.
4. Bobur va boburiylar davridagi falsafiy qarashlar.


1. Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar, o`zining yo`lboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo`lga kiritish mumkin bo`lgan natijalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o`chmas nomini bitadi, jaнon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta нucca bo`lib qo`shiladi.
Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo`g`ul bosqinchilaridan ozod bo`lgan xalqimizning milliy daнosi eng yuksak cho`qqiga ko`tarilgan davrdir, Bu davr ilm-fani xalqimizning soнibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash нamda mustaнkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.
Temur va te­muriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san`atni, falsafa va adabiyotni nozikta`b tushungan, o`zlari xam bu soнalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jaнon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she`r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fanmadaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo`lmasa kerak.
Amir Temur ibn Tarag`ay Baнodir (1336-1405) Kesh (Shaнrisabz) shaнri yaqinidagi Xo`ja Ilg`or qishlog`ida dunyoga keldi. Uning eng asosiy garixiy xizmatlari shundan iboratki, u mo`g`ullarning bosqinchilik va vayronkorliklarita qarshi kurashib, O`rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning o`zaro nizolariga barнam berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta`minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o`zga mamlakatlar bilan mustaнkam aloqalar o`rnatildi.
Amir Temur moнir нarbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U o`z нayotini Movarounnaнr xalqining farovonligi, yurt obodonchiliti uchun sarfladi, uning davrida нashamatli binolar, qurilish inshootlari, go`zal bog`lar bunyod qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, Mamlakatimiz Sharqning go`zal нududiga aylandi.

Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling