Ma’ruza № Mavzu: Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. Sifat analizi. Analitik kimyo usullarining sinflanishi I va II- guruh kationlari tavsifi


Download 26.54 Kb.
bet1/8
Sana08.11.2023
Hajmi26.54 Kb.
#1756790
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma’ruza № Mavzu Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. S-fayllar.org


Ma’ruza № Mavzu: Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. Sifat analizi. Analitik kimyo usullarining sinflanishi I va II- guruh kationlari tavsifi

Ma’ruza № 1.


Mavzu: Analitik kimyo fanining vazifasi va mohiyati. Sifat analizi. Analitik kimyo usullarining sinflanishi I va II- guruh kationlari tavsifi.

REJA:
1. Analitik kimyo fani va uning usullari.
2. Analitik reaksiyalarni o‘tkazish usullari va shart -
sharoitlari.
3. Kationlarning analitik guruhlarga bo‘linishi .
4. Sifat analizda qo‘llaniladigan usullar.
Tayanch iboralari: Analiz, sifat analiz, miqdoriy analiz, tarkibiy qism, analitik reaksiya, reagent, fizikaviy usul, kimyoviy usul, fizkimyoviy usul, makroanaliz, mikroanaliz, mikrokristalloskopik usul, tomchi usuli, sistematik analiz, kationlar guruhi, guruh reagenti.
Analitik kimyo kimyoviy analizning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqadigan fandir. Analitik kimyoning vazifasi moddalar yoki ular aralashmalarining tarkibini aniqlashdan iboratdir. Analiz qilishda avval moddalarning sifat tarkibi, ya’ni u qanday elementlardan, element guruhlaridan yoki ionlardan tarkib topganligi aniqlanib, so‘ngra moddaning miqdoriy tarkibi aniqlanadi.

Modda tarkibiga qanday element yoki ionlar kirishini aniqlash SIFAT analizining tarkibidir.


Tekshirilayotgan modda tarkibini tashqil etgan element yoki ionlar miqdorini aniqlash esa MIQDORIY analizning vazifasidir.
Sifat analiz odatda, miqdoriy analizdan oldin o‘rganiladi. Tekshirilayotgan moddaning oldindan ma’lum bo‘lgan birorta tarkibiy qismining foiz miqdorini aniqlash zarur bo‘lganda ham sifat analizdan foydalaniladi. Bunday qilishga sabab shuki, tekshirilayotgan moddada qanday elementlar yoki ionlar borligini bilib olinganidan so‘ng, shu moddaning tarkibiy qismlarini miqdoriy jihatdan aniqlashning eng muvofiq usullarini tanlab olish mumkin.
Ikkinchi tomondan, sifat reaksiyalari tekshirilayotgan moddadagi ba’zi komponentlarning miqdori, ya’ni ularning oz yoki ligi haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Analitik kimyoga oid masalalarni har xil kimyoviy, fizikaviy va fiz-kimyoviy usullar bilan hal qilish mumkin.
Kimyoviy usullar bilan ish ko‘rilganda topilishi lozim bo‘lgan elementlar yoki, ionnning o‘ziga xos xususiyatli biror bir birikmaga aylantiriladi va ayni birikma hosil bo‘lganligidan shu ion yoki element bor-yo‘qligi haqida shu xulosa chiqariladi. Bunday sodir bo‘ladigan reaksiya ANALITIK REAKSIYA, bu reaksiya sabab bo‘lgan modda esa REAGENT deyiladi. Bu usul hamma vaqt ham talab-extiyojni qondiravermaydi.
Analizning fizikaviy usullari moddaning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy xossalari o‘rtasidagi bog‘lanishlardan foydalanishga asoslangan.
Spektral analizida moddani gorelka alangasiga, elektr yoyi va h.zo.larga kiritib, sodir bo‘ladigan nurlanish spektri tekshiriladi.
Lyuminessent analiz lyuminessensiyaga, ya’ni tekshirilayotgan ob’ektni ultrabinafsha yoki korpuskulyar nurlar bilan yoritilganda nurlanish kuzatilishiga asoslangan.
Sifat analizining fizikaviy-kimyoviy usullaridan - eritmalar rangi intensivligining rangli moddalar konsentratsiyasiga bog‘liqligiga asoslangan kolorometrik usullarni va xromografik usulni keltirish mumkin. Xromografik usulda tekshiriladigan eritma shisha naychasiga joylashtirilgan kukun holatidagi qattiq adsorbent (A12O3) kolonkasidan o‘tkaziladi. Turli moddalar yoki ionlarning adsorbilanish xususiyati nihoyatda xilma-xil bo‘lganligi uchun ular kolonkada bir-biridan ajraladi va ularni o‘ziga xos rangidan yoki reagentlar ta’sir etilganda hosil bo‘ladigan birikmalarning ranglariga ko‘ra aniqlab olish mumkin.
Analitik reaksiyalarni bajarishda ishlatiladigan moddaning miqdoriga qarab, sifat analizida makro - , mikro - , yarimmikro -, ultramikro usullardan foydalaniladi.
Makrolizda moddaning nisbati roq (0,5 - 1 g) miqdori yoki bu modda eritma holida bo‘lsa, uning 20 - 50 ml miqdori tekshiriladi.
Mikroanalizda moddaning makroanalizdagiga qaraganda taxminan 100 martagacha kam miqdorda tekshiriladi. Bunda, mikrokristalloskopik yoki tomchi usuli bilan reaksiyalar bajariladi.
Mikrokristalloskopik usul bilan analiz qilishda reaksiyalarda odatda shisha plastinkasi ustida o‘tkaziladi va hosil bo‘layotgan kristallar shaklini mikroskop ostiga qo‘yib, izlanayotgan ion yoki element bor-yo‘qligi haqida xulosa chiqariladi.
Tomchi usulida eritmaning rangi o‘zgaradigan yoki rangli cho‘kmalar hosil bo‘ladigan reaksiyalar qo‘llaniladi. Reaksiyalar incha bir parcha filtr qog‘ozi ustida o‘tkaziladi, bunda tekshirilayotgan eritma va reaktivlar ma’lum tartibda tomiziladi. Reaksiya natijasida qog‘ozda rangli dog‘ hosil bo‘ladi va uning rangiga qarab, tekshirilayotgan eritma izlanayotgan ionning bor- yo‘qligi aniqlanadi.
Ultramikroranalizda moddaning 1 mg dan kam miqdori tekshiriladi. Bunday analizning deyarli barcha operatsiyalari mikroskop ostida olib boriladi.
Analitik reaksiyalar «quruq» va «ho‘l» usullarda o‘tkazilishi mumkin.
Birinchi usulda tekshirilayotgan moddalar va reaktiv qattiq holatda olinadi va reaksiya olingan modda bilan reaktivlarni yuqori haroratgacha qizdirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi usulda esa tekshirilayotgan modda bilan tegishli reaktivlarning o‘zaro ta’siri eritmalarda kuzatiladi.
+uruq usul bilan o‘tkaziladigan reaksiyalar qatoriga metallar tuzlarining alangani bo‘yashi bilan boradigan reaksiyalarni kiritish mumkin.
Masalan: platina simga yuqtirilgan natriy tuzlari - alangali to‘q-sariq rangga, kaliy tuzlari - binafsha rangga, stronsiy tuzlari - och-qizil rangga, bariy tuzlari - yashil rangga bo‘yaydi.
Natriy tetroborat (bura) yoki natriy va ammoniy gidrofosfatlar ba’zi metallarning tuzlari bilan qorishtirilganda rangli “marvarid” (shishalar) hosil bo‘lishi, shuningdek, tekshirilayotgan quruq moddaning ba’zi bir “suyuqlanmalarga”, M: quruq Na2CO3 bilan K2CO3 yoki Na2CO3 bilan KNO3 va boshqalar aralashmalariga qo‘shib qotishtirish va shu kabilar quruq usulda qilinadigan reaksiyalar qatoriga kiradi.
Alangani bo‘yash va rangli shisha hosil qilish usullari piro kimyoviy usul deb ham ataladi.
incha sifat analizda ho‘l usul bilan o‘tkaziladigan, ya’ni moddalarning eritmalari o‘rtasida boradigan reaksiyalar qo‘llaniladi. Bularni o‘tkazish uchun tekshiriladigan modda oldindan eritilgan bo‘lishi kerak. Odatda, erituvchi sifatida suv ishlatiladi, agar modda suvda erimasa kislotalarda eritiladi. Sifat analizda faqat biror bir tashqi effekt, ya’ni reaksiyaning haqiqatda bo‘layotganini ko‘rsatuvchi har xil o‘zgarishlar bilan boradigan reaksiyalardangina foydalaniladi. Bunday tashqi effektlar:
a) eritmaning rangining o‘zgarishi;
b) cho‘kma tushishi (yoki erib ketishi);
v) gaz ajralib chiqishidan iborat bo‘ladi.



Download 26.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling