Ma’ruza №15 Mavzu: Neyron tarmoqlari


Download 0.95 Mb.
bet1/15
Sana05.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1749345
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
15-maruza


MA’RUZA №15
Mavzu: Neyron tarmoqlari


1. Neyron tarmoqlar sohasidagi tadqiqotlar tarixi
2. Neyron tarmoqlarning asosiy tushunchalari va elementlari
2.1. Asosiy tushunchalar va ta’riflar
3. Neyron tarmoqlari arxitekturasi.

4. Neyron tarmoqlar yordamida yechiladigan asosiy masalalar


4.1. Neyron tarmoqlarni oʻrgatish usullari
5. Neyron tarmoqlar turlari.
5.1. Mak-Kallok-Pitts neyron tarmog’ining formal modeli
5.2. Rozenblatt perseptroni
5.3. Assotsiativ xotirali neyron tarmoqlar
5.4. Xopfild neyron tarmoqlari
5.5. Xemming neyron tarmoqlari
5.6. Koxonen neyron tarmoqlari
6. Neyron tarmoqlarning yutuqlari va kamchiliklari


1. Neyron tarmoqlar sohasidagi tadqiqotlar tarixi
Neyron tarmoq(NT)larning o’rganish qobiliyati bo’yicha birinchi tadqiqotlar Makkolok va У. Pitts tomonidan olib borilgan. Ular tomonidan 1943 yilda “Nerv faoliyatiga talluqli g’oyalarning mantiqiy mulohazalari” ilmiy ishlari yaratilgan bo’lib, unda neyron modeli qurilgan va sun’iy NT(SNT)lari qurishning asosiy qonun-qoidalari shakllantirilgan. 1962-yilda Frank Rozenblatt tomonidan yaratilgan “Perseptron” NT modeli neyrokibernetikaning rivojlanishida kuchli ta’sir ko’rsatdi [12]. 1970-yillarda ko’plab qiziqarli ishlanmalar taklif qilindi, masalan, tasvirlarning burilishi va mashtabining o’zgarishidan qat’iy nazar, murakkab obyektlarni tanib olish qobiliyatiga ega bo’lgan “Kognitron” yaratildi. 1982-yilda amerikalik biofizik Dj. Xopfild tomonidan Xopfild NTlari taklif qilindi. Kiyev Kibernetika institutida 1970-yillardan boshlab stoxastikli NTlar ustida ilmiy-tadqiqotlar olib borildi. 1986 yilda Dj.Hinton va uning jamoasi tomonidan “Neyron tarmoq”lar modellari va ularni o’rganish algoritmlari” nomli maqolasi chop etildi
Hozirgi vaqtda Rossiyada neyrotexnologiyalar sohasida Rossiya fanlar akademiyasi qoshida A.I.Galushkin [24] raxbarligidagi neyrokompyuter(NK)lar markazi, Moskva davlat universitetida A.V.Chechkin [5] raxbarligidagi neyrotexnologiyalar ilmiy maktabi va Krasnoyarsk davlat universitetida A.N.Gorban [29] raxbarligidagi neyrotexnologiyalar ilmiy maktablari shakllangan [5].
Neyrokibernetika sohasidagi ilmiy va amaliy ishlar strukturasi 15.1-rasmda keltiilgan [7]. Ajratilgan yo’nalishlardan birinchisi sun’iy neyronlardan NTlarni qurish va qo’llash bilan bog’liq. Ularni dasturiy ifodalash uchun neyropaket(NP)lar, fizik ifodalash uchun esa - neyrokompyuter (NK)lar yaratiladi. Neyropaket deb -NKlar muhitini emulyatsiyalaydigan dasturlar tizimi tushuniladi.
NPlarni sinflash [7] ishda taklif qilingan bo’lib, unga asosan NPlar quyidagi asosiy sinflarga ajratilgan:
1) Boshqa NPlarni yaratish uchun NPlar (NPlarni qurish uchun asboblar); 2) Universal NPlar. Universallik deganda-turli strukturali va turli o’rganuvchi algoritmlar bilan SNTlarni modellashtirish imkoniyatlari tushuniladi; 3) Murakkab funksionalli va maxsuslashtirilgan vositalar uchun neyronlardan foydalanuvchi maxsuslashtirilgan NP: tasvirlarni ishlash, obyektlarni tanib olishga, qo’lyozma va bosma simvollarni tanib olishga, nutqlarni tanib olishga, dinamikli tizimlarni boshqarish, moliyaviy tahlil va b.q.; 4) Neyronli ETlar. 5) SNTni genetik o’rganish paketlari; 6) SNTdan foydalanuvchi noravshan mantiqiy paketlar; 7) Offisdan foydalanuvchi integrallashgan paketlar.
NPlarga misollar: OWL (yaratuvchi-Hyper Logic Sof.); Neuro Windows (yaratuvchi -Ward Systems Group); NNet+ (yaratuvchi -Neuro Metric Vision System); Neural Network Toolbox for Matlab (yaratuvchi -Math Works); NeuroOffice (yaratuvchi -ЗАО «Альфа Систем»).

15.1-rasm. Neyrokibernetika sohasidagi ilmiy va amaliy ishlar strukturasi.




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling