Ma'ruza №21. Triggerlar asosida yig’ilgan xisoblagichlar va ularning sxemalari
Download 54.99 Kb.
|
6- Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch soz va iboralar Hisoblagich, chastota boluvch, statik parametr, ikkilik-kod, dinamik parametr, ketma-ketli hisoblagich. Hisoblagichlar
Ma'ruza №21. Triggerlar asosida yig’ilgan xisoblagichlar va ularning sxemalariReja:
2 . Ketma-ketli hisoblagichlar. 3. Ayiruvchi hisoblagichlar. 4. Reversiv hisoblagichlar. 5. Parallel hisoblagichlar. Tayanch so'z va iboralar Hisoblagich, chastota bo'luvch, statik parametr, ikkilik-kod, dinamik parametr, ketma-ketli hisoblagich. Hisoblagichlar Trigger o'zini ikkiga bo'luvchi kabi tutadi, chunki har takt impulsining sinxronizatsiya siklida ma’lumot faqat bir marta o'zgaradi. Natijada, trigger chiqishidagi signal ozgarish chastotasi takt impulslari chastotasidan ikki marta kichik. Bir necha triggerli - chastotani ikkiga boʻlish sxemalarini ketma-ket ulab, ikkilik ma’lumotlarni nafaqat saqlash, balki chastotani boʻlish va uning kirishiga kelayotgan impuls-larni sanash uchun ishlatish mumkin. Agar qurilma uning kirishlariga berilayotgan impulslarni hisoblashni amalga oshirsa, bu qurilma hisoblagich deb, agar chastota boʻlishlarini hisoblasa - chastota bo'luvchi deb ataladi. Hisob natijalari hisoblagich chiqishida ikkilik son koʻrinishida berilgan kod va talab etilyotgan vaqt davomida saqlanishi mumkin. Hisoblagichlar va chastota bo'luvchilari EHM va boshqa raqamli avtomat qurilmalari, hamda aloqa va nazorat-o'lchov apparaturasida hi-sob-kitob amallarini boshharishda keng qo'llaniladi. Hisoblagichning asosiy statik parametri bo'lib - K sanoq moduli hisoblanadi. U hisobning boʻlish koeffitsiyenti va hisoblagich tomonidan oʻqilishi mumkin bo'lgan maksimal impulslar soni bilan aniqlanadi. K ta impuls kelgach, hisoblagich dastlabki holatiga qaytadi. K=2n ga teng boʻlib, n- hisoblagichning ikkilik razryadlari sonini bildiradi. Sanoq moduli qiymatiga ko'ra hisoblagichlar ikkilik (sanoq moduli 2ning toʻliq darajasiga teng bo'lgan) va ikkilik-kodli (sanoq moduli 2ning to'liq darajasiga teng bo'lmagan ixtiyoriy sonni qabul qilishi mumkin) turlarga bo'linadi. Hisoblagichning asosiy dinamik parametri bo'lib - tK chiqish kodining ornatilish vaqti hisoblanadi. Bu kattalik kirish signali beril-gan vaqt momentidan chiqishda yangi kod hosil bo'lish vaqt momenti oraligʻiga teng. tK hisoblagich tezkorligini ifodalaydi. Hozirgi kunda turli variantdagi hisoblash sxemalari ishlab chiqa-riladi va qoʻllaniladi: asinxron (ketma-ketli) va sinxron (parallel); ikkilik va o'nlik; hisob ortishi yoki kamayishi mumkin bo'lgan bir yoʻnalishli (jamlovchi va ayiruvchi) va ikki yoʻnalishli (reversiv). Bu sxemalarning asosi bo'lib bir necha triggyerdan tashkil topgan elementlar ketma-ketligi hisoblanadi. Hisoblagich va chastota bo'luvchi-laridagi triggerlar siljitish yoki sanoqning bir sikli davomida bitta ko-manda yordamida avval yozilgan ma’lumotni keyigisiga uzatish va ol-dindagi triggerlardan yangi ma’lumotni qabul qilishlari kerak. Shuning uchun ikki pogʻonali yoki dinamik boshqaruvli triggerlar qo'llaniladi. Bundan tashhari triggerlar o'z holatlarini qarama-qarshi (teskari) holatga o'zgartirish talab etilganda sanoq rejimida ishlashlari kerak. Ya’ni Ye0 ma’lumot kirishida «1» berilishi bilan. Hisoblagichlar T, D va JK-triggerlar asosida tuziladi. Talab etilgan hollarda razryadlararo va teskari mantiqiy bogʻlanishlarda MElar qo'l-lash mumkin. Talab etilgan elementlar sonini minimallash uchun to'rtrazryadli hisoblagich sxemalari ikkilik va o'nlik variantlarda ishlab chiqariladi. Download 54.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling