Ma’ruza №3 Ochiq kon ishlarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik qoidalari


Download 68.33 Kb.
bet1/8
Sana28.03.2023
Hajmi68.33 Kb.
#1301192
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Ma\'ruza


Ma’ruza №3
Ochiq kon ishlarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik qoidalari


1.1.1. Transheyalar о‘tkazish, pog’onalarni qazish, uyumlarni tо‘kish va shu kabi konchilik ishlari, shuningdek yuklash punktlaridagi ishlar, korxona (karyer) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan, jihozlar joylashishini, ishlarni bajarish tartibini, xavfsizlik choralarini, ish maydonchalari, pog’ona va uyumning ruxsat etilgan о‘lchamlarini, shuningdek pog’ona va uyumning yuqori hamda pastki chetiga nisbatan jihozning masofasini belgilaydigan pasportga muvofiq ravishda olib borilishi kerak. Pasportlar konchilik mashinalarida va karyer ma’muriyatida bо‘lishi kerak. Ishlar ijrochilari va rahbarlari pasport bilan imzo chekib tanishtirilishi kerak. Tasdiqlamagan pasportlar bilan yoki undan chetlangan holda konchilik ishlarini olib borish taqiqlanadi.
1.1.2. Pasport bilan kо‘zda tutilmagan vaziyatlar paydo bо‘lganda, ish tо‘xtalishi kerak va ishlar rahbari tomonidan ishni xavfsiz bajarish tartibi va choralari tо‘g’risidagi qaror qabul qilinganidan keyin ishlarni boshlash mumkin. Vaziyat yana takrorlangan taqdirda pasportga qо‘shimcha va о‘zgatirishlar kiritilishi kerak.
1.1.3. Pog’ona va uyumdagi qulash prizmasining о‘lchami karyerni marksheyderlik xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi va konchilik ishlari uchun pasport va loyihalar ishlab chiqish bilan band bо‘lgan mutaxassislar, hamda karyerdagi konchilik ishlari rahbarlariga e’tiboriga doimo yetkazilishi kerak.
1.1.4. Pog’onalar, karyer bortlar va uyumlarning konstruksiyalari loyiha bilan aniqlanadi va zarur bо‘lganda jinslarning fizik-mexanik xossalarini о‘rganish va marksheyderlik kuzatuvlar natijasi ma’lumotlariga kо‘ra foydalanish jarayonida tо‘g’rilanishi kerak.
Pog’onalar hisobdan chiqarilganda karyer bortining loyiha bilan belgilangan umumiy qiyalik burchagiga rioya etilishi lozim.
1.1.5. Saqlagich supachalar gorizontal yoki karyer borti tomoniga qarab qiya holatda bо‘lishi va jins bо‘laklari, hamda begona predmetlardan doimo tozalanishi kerak. Konchilik ishlari rejasiga kо‘ra supachalar bо‘ylab ishchilar harakatlansa, ularda tо‘siqlar bо‘lishi kerak.
1.1.6. Saqlagich supachalarning eni, ularni mexanizatsiyaviy tozalash imkonini ta’minlashi kerak. Loyihaga muvofiq ravishda bо‘ylama nishabli qiya supachalar, shu jumladan transport supachalari bilan qо‘shilganlarini qо‘llashga ruxsat etiladi.
1.1.7. Vaqtincha ishlatilmaydigan karyer bortlarni shakllantirish va ularda konchilik ishlarini qaytadan boshlash tartibi loyihada kо‘zda tutilgan bо‘lishi kerak.



Download 68.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling