Maruzachi: M. Sanoyeva, D. Xoliyeva Mavzuning qisqacha mazmuni: Fiziologik va jinsiy tarbiya asoslari. Fiziologik va jinsiy tarbiyaning mohiyati va yoonalishlari


Download 2.37 Mb.
bet1/2
Sana23.10.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1717491
  1   2
Bog'liq
OIla333


20.09.2023 Mavzu: Yoshlarni fiziologik va jinsiy tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari.
Maruzachi: M. Sanoyeva, D. Xoliyeva
Mavzuning qisqacha mazmuni: Fiziologik va jinsiy tarbiya asoslari. Fiziologik va jinsiy tarbiyaning mohiyati va yoonalishlari. Jinsiy hayot, jinsiylikning ijtimoiy va biologik tomonlari. Qizlar va yigitlarning fiziologik va jinsiy ulg'ayish jarayonidagi ooziga xos fiziologik va jinsiy ulg'ayish xususiyatlari. Reproduktiv takomillashtirish texnologiyalari.
Jinsiy tarbiya shaxsning jismoniy, aqliy, maʼnaviy va estetik rivojlanishi bilan bevosita bogʻliq. Jinsiy tarbiya ning asosiy vazifasi yosh avlodning yaxshi oʻsibunishiga, zurriyot berish funksiyasini bekamu koʻst qilib shakllantirishga, nikoh va oilani mustahkamlashga yordam berishdan iborat. Jinsiy tarbiyani bolalarning yoshi, jinsi va malakasiga mos tushadigan qilib olib borish zarur. Koʻplar jinsiy tarbiyani balogʻat yoshida boshlash kerak deb hisoblashadi. Bu notoʻgʻri, chunki bunga taalluqli ayrim masalalarni bolaning yoshligidan boshlab hal qila borish kerak. Koʻpgina ota-onalar jins masalasini muhokama qilish odobdan emas deb oʻylab yoshlarni qiziqtiradigan masalalar toʻgʻrisida soʻzlashmaslikni lozim koʻrishadi. Natijada, bolalar atrofdagilardan, koʻpincha tasodifiy manbalardan koʻr-koʻrona maʼlumotlar olib, oʻzlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan aksari notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlib qoladilar.
Avvalo, yoshlar jins orasidagi tafovutlar, ular jinsiy aʼzolarining tuzilishi va mohiyati haqida tasavvurga ega boʻlishlari lozim. Buni maktab yoshidan boshlagan maʼqul. Maʼlumki oʻsmirlik davriga kelib gormonal oʻzgarishlar, balogʻatga yetish, jismoniy yetilish tufayli qarama-qarshi jinsga qiziqish paydo boʻladi. Xuddi shu davrda ular jinsiy aʼzolarning anatomik va fiziologik xususiyatlaridan boxabar boʻlishlari lozim. Jinsiy tarbiya jarayonini shartli ravishda bir nechta bosqichga ajratish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oddiy gigiyena malakalari va yurish-turish qoidalarini oʻrgatib borish, organizmni chiniqtirish muhim, chunki ularning jinsiy jihatdan rivojlanishi umumiy jismoniy rivojlanishiga bogʻliq. Bolalar tarbiyasi va parvarishida badanning erogen zona deb ataladigan (qarang Jinsiy hayot) joylari taʼsirlanmasligiga eʼtibor berish, ularga noqulay, tor kiyim kiygazmaslik, gijja kasalliklari boʻlsa, vaqtida davolatish zarur. Shu yoshdagi bolalarda, odatda, roʻzgʻor ishlariga qarashish istagi paydo boʻladi, ota-onalar bu istakni ragʻbatlantirib turishlari, oʻgʻil bolalardan qizlarga yordam berishni talab qilishlari lozim. Bolada javobgarlik, burch, boshqalarga mehrmuhabbat va hurmat bilan qarash hissini shakllantirib borish muhim. Bolalar uyda biror ish, maktabda esa tayinli bir vazifa bilan band boʻlishi jinsiy tarbiyada muhim ahamiyatga ega. Balogʻatga yetish davridagi jinsiy tarbiya birinchi galda, shu davrda oʻsmirning organizm va shaxsiyatida boʻladigan oʻzgarishlarni hisobga olishi lozim. Qizlar 12— 14 yoshda, oʻgʻil bolalar esa 13—15 yoshda oʻsmirlikka qadam qoʻyishadi, bu davrda ularning ichki dunyosi boyib, endokrin bezlari, ayniqsa, jinsiy bezlarining faoliyati kuchayadi, asta-sekin jinsiy mayl uygʻona boshlaydi. Balogʻatga yetish jarayonida jinsiy ong qaror topa boshlaydi. Onalar sharqona feʼlimizdagi qon-qoniga oʻtib kelayotgan oriyat tuygʻusi, avlodlarning shaʼnini pok saqlash yoʻlidagi andisha tuygʻusi qizlar uchun javohirlardan ham yuksakroq ekanligini yoʻl-yoʻlakay uqtirib borishlari lozim. Qizlarni maʼnaviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga masʼullik, burch, uyat, mehribonlik, fidoyilik, vafo fazilatlarini singdirib borishlari darkor. Shuningdek, iffat, vijdoniy poklik, nomus, hayo qizlar tabiatiga xos fazilat ekanligini tushuntirib qoʻyish muhim. Balogʻat yoshidagilar bu davrdagi gigiyena masalalari tushunchalarini tasodifiy oʻrtoqlaridan - 137 - emas, balki otaonalari, pedagoglar va maktab vrachlaridan olishlari muhim. Xususan bu davrda qizlarni hayz koʻrishga, oʻgʻil bolalarni esa ixtilom boʻlib turishga tayyorlash, bu fiziologik hodisalar tabiiy hol ekanligini, ular boshlanganida qanday gigiyena qoidalariga amal qilish kerakligini qizlarga onasi, oʻgʻillariga otasi yoki yaqin kishilari tushuntirib berishi kerak. Yoshlar oʻzlarida paydo boʻlib boradigan allanechuk istaklarni hamisha ham jilovlab ololmaydi, qarama-qarshi jinsdagi oʻz tengqurlari oldida endi oʻzlarini noqulay his qiladigan boʻlishadi. Mana shu davrda yoshlar oʻzlarini qiziqtiradigan ishlar bilan band boʻlsa, koʻngli odamlarga xayrixohlik bilan toʻlib-toshib tursa, ularda jins masalalariga odatdan tashqari qiziqish paydo boʻlmaydi.
Jinsiy tarbiya jarayonini shartli ravishda bir nechta bosqichga ajratish mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oddiy gigiyena malakalari va yurish-turish qoidalarini oʻrgatib borish, organizmni chiniqtirish muhim, chunki ularning jinsiy jihatdan rivojlanishi umumiy jismoniy rivojlanishiga bogʻliq. Bolalar tarbiyasi va parvarishida badanning erogen zona deb ataladigan (qarang Jinsiy hayot) joylari taʼsirlanmasligiga eʼtibor berish, ularga noqulay, tor kiyim kiygazmaslik, gijja kasalliklari boʻlsa, vaqtida davolatish zarur. Shu yoshdagi bolalarda, odatda, roʻzgʻor ishlariga qarashish istagi paydo boʻladi, ota-onalar bu istakni ragʻbatlantirib turishlari, oʻgʻil bolalardan qizlarga yordam berishni talab qilishlari lozim. Bolada javobgarlik, burch, boshqalarga mehr-muhabbat va hurmat bilan qarash hissini shakllantirib borish muhim. Bolalar uyda biror ish, maktabda esa tayinli bir vazifa bilan band boʻlishi jinsiy tarbiya da muhim ahamiyatga ega. Balogʻatga yetish davridagi jinsiy tarbiya birinchi galda, shu davrda oʻsmirning organizm va shaxsiyatida boʻladigan oʻzgarishlarni hisobga olishi lozim. Qizlar 12—14 yoshda, oʻgʻil bolalar esa 13—15 yoshda oʻsmirlikka qadam qoʻyishadi, bu davrda ularning ichki dunyosi boyib, endokrin bezlari, ayniqsa, jinsiy bezlarining faoliyati kuchayadi, asta-sekin jinsiy mayl uygʻona boshlaydi (qarang Balogʻatga yetish). Balogʻatga yetish jarayonida jinsiy ong qaror topa boshlaydi. Onalar sharqona feʼlimizdagi qon-qoniga oʻtib kelayotgan oriyat tuygʻusi, avlodlarning shaʼnini pok saqlash yoʻlidagi andisha tuygʻusi qizlar uchun javohirlardan ham yuksakroq ekanligini yoʻl-yoʻlakay uqtirib borishlari lozim.

Qizlarni maʼnaviy kamol toptirish uchun ular ruhiyatiga masʼullik, burch, uyat, mehribonlik, fidoyilik, vafo fazilatlarini singdirib borishlari darkor. Shuningdek, iffat, vijdoniy poklik, nomus, hayo qizlar tabiatiga xos fazilat ekanligini tushuntirib qoʻyish muhim. Balogʻat yoshidagilar bu davrdagi gigiyena masalalari tushunchalarini tasodifiy oʻrtoqlaridan emas, balki otaonalari, pedagoglar va maktab vrachlaridan olishlari muhim. Xususan bu davrda qizlarni hayz koʻrishga, oʻgʻil bolalarni esa ixtilom boʻlib turishga tayyorlash, bu fiziologik hodisalar tabiiy hol ekanligini, ular boshlanganida qanday gigiyena qoidalariga amal qilish kerakligini qizlarga onasi, oʻgʻillariga otasi yoki yaqin kishilari tushuntirib berishi kerak. Tarbiyaning bu jihati o‘ta nozik va mashaqqatli. Chunki farzandning jajji, ko‘zni quvontiradigan go‘daklik harakatlari ortda qolib, endi u o‘smirlik yoshiga yetadi. Endi farzand har bir holatni ongli fikrlaydigan, ko‘z oldida kechayotgan har bir voqelik va jarayonlarga bolalarcha qiziquvchanlik bilan emas, aksincha, o‘zgacha e’tibor bilan nazar sola boshlaydi. Shuning uchun ham ota-ona va murabbiylardan bunday tarbiya jarayonida juda katta mahorat talab etiladi. Jinsiy tarbiya o‘g‘il va qiz bolalarda jins - 138 - masalalariga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirishni ko‘zda tutadi. Yosh avlodning yaxshi va sog‘lom o‘sib-unishiga, voyaga yetishiga, nasl qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lishiga, nikoh va oilani mustahkamlashga yordam berish jinsiy-ahloqiy tarbiyaning asosiy vazifasidir. Ota-onalar, tibbiyot xodimlari va murabbiylar faoliyatlarini uyg‘unlashtirib, bolalarning yoshi, jinsi, iqtidori va boshqa xususiyatlariga mos ravishda jinsiy hamda axloqiy tarbiyani bir-biriga bog‘lab olib borishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar va kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan ishlashda shunga alohida e’tibor berish kerak: bunday tarbiya faqat jinsiy hayot asoslari bilan tanishtirish, bolalarga gigiyenik malakalar, erkak va ayol tanasi tuzilishi, uning rivojlanish qonunlarini singdirishdan iborat emas, balki axloqiy tarbiyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Axloqiy tarbiyani to‘g‘ri olib borish uchun kattalar o‘g‘il yoki qiz bolaning jinsiy rivojlanish bosqichlarini bilishi va tabiiy hamda g‘ayritabiiy ulg‘ayishni bir-biridan farqlay olishlari zarur. Aslida, jinsiy tarbiya ancha barvaqt boshlanadi. 7–8 kunlik chaqaloqni tug‘uruqxonadan olib chiqilayotganda o‘g‘il yoki qizligiga qarab va moslab kiyim-kechak hamda boshqa buyumlar tanlanadi. Bola uch yoshga to‘lganidan so‘ng o‘zining qaysi jinsga mansubligini anglaydi. Bunda, avvalo, ota va onaning “qizalog‘im”, “do‘mboq qizim”, “popugim” deb erkalashidan bola qiz bola ekani, “sen o‘g‘il bolasan”, “o‘g‘il bola yig‘lamaydi”, deb eslatishidan o‘g‘il ekani bola ongiga singadi. Sovg‘a qilingan o‘yinchoq, kiyim-kechak, o‘yin va mashg‘ulotlardan o‘g‘il va qiz o‘z jinsi haqida ma’lumotga ega bo‘lib boradi. Ota-ona va tarbiyachilar bolalarga o‘g‘il yoki qiz bola ekanini bildirib va ularning qanday yumushlar bajarishi lozimligini uqtirib, oiladagi o‘rnini ko‘rsatib borishadi. Bolalar bog‘chasiga qatnaydigan kichkintoy odam tanasining tuzilishi, o‘g‘il va qiz bola a’zolarining tuzilishi haqida qiziqib va o‘smoqchilab savol beraveradi. Hatto bu haqida bexosdan ko‘pchilik davrasida so‘rab qolishi ham mumkin. Ota-ona yoki tarbiyachi shunday holatda ularga: “Bunday narsani so‘rama”, “Uyat bo‘ladi” demasligi, bolaga ta’qib ko‘zi bilan qaramasligi, ularni qiziqtirgan savolga vaqtini topib, to‘g‘ri, erinmasdan, bosiqlik bilan javob berishi kerak. Aks holda, bolada noxush va qo‘rqinchli tasavvur paydo bo‘lishi mumkin. Aslida, bunday tarbiyadan maqsad – bolaning aqli uyg‘onishi bilan, avvalo, jinsga nisbatan qarashini to‘g‘ri singdirib borish. Bu esa yigitlarning erkaklarga xos tarbiyasi va o‘z o‘rnida, qizlarning ayollarga xos bo‘lgan tarbiyasiga e’tibor yo‘lidir. Shu yo‘sinda oilada farzandlarning bir-birlariga nisbatan o‘zaro muomaladagi masofa va o‘zlari haqidagi nozik tushunchalar berib boriladi. Shu bilan birga yoshlariga qarab, uylanish va turmush qurish bilan bog‘liq masalalarni ham yetkazib va uqtirib borish talab etiladi. Toki o‘spirin ulg‘ayib borarkan, hayotda bu borada nima halol va nima harom ekanini tushunib yetsin. Kelgusidagi turmushi davomida bu borada muammolarga duch kelmasin. Chunki aksariyat oilalarda ota-onalar istihola qiladi yoki umuman ushbu tarbiyaga befarq bo‘ladi. Oqibatda esa farzandlari turmush qurganidan keyin, ushbu masalalar sabab bo‘lib, muammolar va ular orqasidan kelishmovchilik kelib chiqadi. Natijada, ko‘pincha bunday oilalar hayoti ajralish bilan xotima topadi. Yoki tamoman noto‘g‘ri tarbiyadan mosuvo bo‘lib o‘sgan farzand o‘ta qabih yo‘l – nafsoniy shahvat ketidan quvib, turli buzuqliklarga berilib ketishi ham mumkin. - 139 - Bu kabi xunuk, sharmsiz holat va muammolarga barham berishning eng go‘zal yo‘li jinsiy tarbiyani o‘ziga xos uslubda, dinimiz ko‘rsatmalari va milliy urf-odatlarimizga muvofiq tarzda o‘rgatib borishdir. Ushbu tarbiya jarayonida ota-ona farzandining yoshiga katta e’tibor berishi lozimdir.Shu bois necha yoshda qaysi jihatga ko‘p e’tibor berish muhim ekanini bosqichma-bosqich bayon qilamiz. Farzandlarning yoshiga qarab bunday tarbiya ularga uch bosqichda beriladi. 1-bosqich – 7–12 yoshlar oralig‘i, bu yaxshi va yomonni ajrata oladigan yosh. Bu paytda bolaga izn so‘rash va nazar solish odobi o‘rgatiladi. 2-bosqich – 12–16 yoshlar oralig‘i, bu balog‘at yoshi bo‘lib, o‘smirlik yoshi ham deyiladi. Bu vaqtda o‘g‘il bolada ehtilom va qiz bolada hayz bo‘ladi. Ba’zilarda erta, ayrimlarda esa bir muddat kech kuzatiladi. 3-bosqich – 16–17 yoshlar oralig‘i, bu kamolga yetish yoshi hisoblanadi. Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, yoshlar oʻzlarida paydo boʻlib boradigan allanechuk istaklarni hamisha ham jilovlab ololmaydi, qarama-qarshi jinsdagi oʻz tengqurlari oldida endi oʻzlarini noqulay his qiladigan boʻlishadi. Mana shu davrda yoshlar oʻzlarini qiziqtiradigan ishlar bilan band boʻlsa, koʻngli odamlarga xayrixohlik bilan toʻlib-toshib tursa, ularda jins masalalariga odatdan tashqari qiziqish paydo boʻlmaydi.


21.09.2023 Mavzu: Erta nikoh,erta tug'ruq va qarindosh-urug'lar orasidagi nikohning sabab va oqibatlari
Maruzachi: M.Sanoyeva, Z.Qalandarova
Mavzuning qisqacha mazmuni:Erta nikoh, erta tug'ruq va qarindosh-urugolar o'rtasidagi nikoh. Ularning sabab va zatarli oqibatlari.Ularni oldini olish va bartaraf etish shakl, usul va vositalari.
Oila qurish inson hayotidagi eng mas’uliyatli ishlardandir. Mamlakatimizda oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Har bir oila mustahkam poydevorga ega bo‘lishiga erishish, jamiyatda har bir go‘dakning sog‘lom tug‘ilishi va yashab ketishini to‘la kafolatlaydigan zarur shart-sharoitlarni yaratishga e’tibor qaratilmoqda.
Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, oila hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, xalqimizning muqaddas urf-odatlari sayqal topadigan, kelajak avlod kamolotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. Asosiy qonunimizning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”, deya belgilab qo‘yilgan. Mazkur tamoyil asosida mamlakatimizda oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, unga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish choralari ko‘rilmoqda.Mutaxassislarning fikricha, yigit-qizlarning turmush qurish yoshi oila mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biridir. Afsuski, ayrim ota-onalar ko‘pincha farzandining kelajak taqdiri, baxt-saodati haqida o‘ylamay, hali balog‘at yoshiga yetmagan qizini uzatish yoki qarindoshimning qizi begona bo‘lmasin, deb o‘g‘il uylantirish taraddudiga tushadi. Buning oqibatida qizlarni o‘n olti, hatto undan kichik yoshda turmushga uzatib yuborish hollari uchrab turadi. Ammo bu ko‘p hollarda bo‘lg‘usi onaning salomatligi va ruhiyatiga, qolaversa, yosh oilaning mustahkamligi, tug‘ilajak farzandning. – Viloyatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, tibbiy madaniyatni oshirish va yoshlarning nikohga oid tushunchalarini kengaytirish, qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotir, – deydi “Oila” ilmiy-amaliy markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Zulfiya Oxunova. – Afsuski, ushbu sa’y-harakatlarga qaramay, reproduktiv salomatlik talablariga zid ravishda qizlarni barvaqt turmushga uzatish hollari kuzatilmoqda.Har bir ota-ona o‘z farzandining baxtli bo‘lishini istaydi, albatta. Lekin qizimni tezroq turmushga bersam, xotirjam bo‘lardim, degan noto‘g‘ri qarash bilan qaysidir ma’noda o‘z halovatini o‘ylaydigan, farzandining o‘qishni davom ettirishi yoki egallagan kasbi bo‘yicha ishlashiga to‘sqinlik qiladigan ota-onalar ham yo‘q emas. Mana shunday ota-onalarga tushuntirish maqsadida barcha shahar va tumanlar, qishloq va mahallalarda mutaxassislar ishtirokida aholi vakillari bilan muntazam davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlarda qiz bolani barvaqt turmushga berish va erta farzand ko‘rish, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari, nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning zarurligi borasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.Mutaxassislar tomonidan qizlarning 16-18 yoshlarda ona bo‘lishi jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlangan. Ko‘p hollarda bunday yoshdagi qizlarning sog‘lom farzandni dunyoga keltirishida turli muammolar kelib chiqadi. Qizlarning jismonan va ruhan onalikka tayyor bo‘lmasdan oila qurishi ko‘pincha tug‘ruq jarayonida o‘lim xavfi ortishiga sabab bo‘ladi. Binobarin, erta homiladorlik yosh ona hamda bo‘lajak farzand uchun har tomonlama xavflidir.

21.09.2023 Mavzu:Oilaviy konflektlar.Notinch va notooliq oilaning o'ziga xos xususiyatlari.


Maruzachi: M.Sanoyeva, N.Rajabova.
Mavzuning qisqacha mazmuni:Konfliktologiya fani nima? Oilaviy mojarolar. Konfliktlar turlari. Konfliktlar bizda qanday hissiyotlarni uyg'otadi? Oilaviy konfliktlar xususiyatlari va milliy o'ziga xosligi nimada? Oilada ziddiy at yuzaga kelsa nima qilmoq kerak?Oilada paydo bo'ladigan turli noaxloqiy holatlar (ajrim, erta turmush, erta tug'ruq, qarindosh-urugolar o'rtasidagi nikohning sabab va oqibatlari, shariy nikoh, migratsiya, nogiron farzandlat tug'ilishi, notinch va to'liqsiz oilalarning paydo bo'lish sabablari va b.q.).
Konflikt - bu janjal, nizo yoki kelishmovchilik ikki yoki undan ortiq odamda bir vaqtning o'zida rivojlantirib bo'lmaydigan qiziqishlar yoki fikrlar mavjud bo'lganda paydo bo'ladi, ya'ni ular bir-biriga zid
Konflikt shaxslararo keladi.munosabatlar sohasida yoki ko'plab odamlar yoki guruhlar ishtirok etganda ijtimoiy darajada yuzaga kelishi mumkin. U tortishuv, tushunmovchilik, nizo, kurash va hatto urush orqali o'zini namoyon qilishi mumkin, ammo "mojaro" atamasi har doim ham zo'ravonlik bilan bog'liq bo'lmasligi kerak, chunki u buni o'z ichiga olishi ham mumkin.

Nizoni hal qilish uchun nizoli tomonlar kelishuvga erishishlari kerak yoki muzokaralar olib borish va ba'zi hollarda ikkala maqsadni ham to'liq qondirish mumkin emasligini qabul qilish. Mojaroning sabablari


Konfliktni keltirib chiqaradigan sabablar yakka yoki bir vaqtning o'zida sodir bo'lishi mumkin (ko'p sababli ziddiyat). Eng vakillar orasida:

  • Muloqotda etishmovchilik yoki muvaffaqiyatsizlik. Tomonlar o'rtasida tushunmovchilik yoki ma'lumot etishmasligi tufayli ziddiyat yuzaga keladi. Masalan: Ayol o'z sherigi bilan jang qiladi, chunki u uchrashuv vaqtini o'zgartirganligini aytmagan.

  • Qiziqishlarning kelishmovchiligi. Tomonlar o'rtasida ziddiyat kelib chiqadi, chunki ularning har biri o'z manfaatlarini ko'zlaydi yoki o'z ehtiyojlarini qoplaydi va bu boshqa tomonga qarshi chiqadi. Masalan: Mamlakat boshqa davlatga tegishli bo'lgan hudud ustidan suverenitet olishni istaydi.

  • Qadriyatlar mos kelmasligi. Tomonlar e'tiqodlari, urf-odatlari yoki qadriyatlari jihatidan farq qilishi sababli nizo kelib chiqadi. Masalan: Turli xil dinlarga mansub ikki kishi bahsga kirishadi, chunki har biri o'z urf-odatlarini himoya qiladi.

  • Rollarning nomuvofiqligi. Ishtirok etuvchi tomonlar o'rtasida ziddiyat kelib chiqadi, chunki ulardan biri boshqa tomon manfaati uchun ularning huquqlari buzilishini da'vo qiladi yoki rad etadi. Masalan: Xodim xo'jayinidan uning dam olish tartibini hurmat qilishni so'raydi.

  • Tengsizliklar. Tomonlardan biri ular yo'q qilmoqchi bo'lgan ijtimoiy yoki iqtisodiy tengsizlikka duchor bo'lganligi sababli mojaro kelib chiqadi. Resurslarning kamligi sababli ko'p marta ziddiyatli vaziyatlar yuzaga keladi, ammo resurslarning ko'pligi ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan: Bir guruh fuqarolar hukumatga oziq-ovqat mahsulotlarining ko'paygani uchun shikoyat qilmoqdalar.

  • Aktyorlar. Ular biron bir sohada yoki qandaydir nuqtai nazardan qarama-qarshi manfaatlar, fikrlar yoki ehtiyojlarga ega bo'lgan odamlar (ikki yoki undan ortiq). Ishga qarab aktyorlar bevosita yoki bilvosita aralashadi.

  • Muammo. Mojaroga aloqador odamlar nimani farq qiladi. Bu muayyan muammo yoki bir vaqtning o'zida bir nechta bo'lishi mumkin.

  • Jarayon. Bu to'qnashuvning rivojlanish usuli, aktyorlar o'rtasida mavjud bo'lgan dinamika va munosabatlar, talablar va mas'uliyatlar, ziddiyatni hal qilish yoki qilmaslik moyilligi, dialoglar va muzokaralar jarayonlari va ularning yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlari yoki namoyon bo'lishi. kelishuv yo'qligidan kelib chiqishi mumkin.

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling