Машгулот: Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish


Download 21.42 Kb.
bet1/6
Sana10.11.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1761401
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-амалий Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish


Машгулот: Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish
Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitairiya jihatidan tekshirishda DSENM xodimlari sanitariya-epidemiya jihatidan xavf tug’duruvchi omillarni aniqlab, ovqatlanish korxonalariga tegishli obektlarning sanitariya me’yor qoidalari talablariga javob berishini o’rganib, zarur hollarda jarimaga tortish to’g’risida qarorlar chiqaradilar. Tekshirish albatta labaratoriyada tekshirish uchun tayyor taomdan kulinariya va qandolat mahsulotlaridan na’munalar olish yo’li bilan amalga oshiriladi. [10]
Ovqatdan zaharlanish deganda , mikroorganizmlarning muayyan turlari tushga ovqat toksikoinfeksiyasi, bakterial toksikozlar organik yoki anorganik tabiatli zaharli moddalar mavjud ovqatni iste’mol qilish natijasida o’tkir, ba’zan surunkali kasallanish tushiniladi.
Masalliqni tayyorlash, saqlash, pishirish va iste’mol qilish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, ovqatga har xil mikroblar, viruslar, gijjalar va zaharli kimyoviy birikmalar tushishi mumkin, bu o’z navbatida organizmda har xil kasalliklar va o’zgarishlar kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Ovqatdan zaharlanish etiologiyasi va bunda bemorlarda kuzatiladigan klinik belgilarni I.V.Shur, Z.A.Ignatovich, V.N.Azbechev, F.M.Belloruskaya, N.I.Orlov, K.I.Matveev, F.E.Budagyan, G.P.Kalina, A.I.Stolmakova, N.P.Nefedeva, Y.P.Pivovarov, A.I.Shtenberg, T.I.Afanasev kabi rus olimlari o’rganganlar. Shuningdek, bu borada ko’p yillar Toshkent Davlat tibbiyot oliygohining ovqatlanish gigiyenasi kafedrasida va Kasb kasalliklari institutida ishlagan O’zbekistonlik olimlar ham ovqatdan zaharlanish sabablarini o’rganish va uni oldini olish yuzasidan juda kata ishlarni amalga oshirib o’z hissalarini qo’shdilar. [2,7,9,10]
Ovqatdan zaharlanishni uchta katta guruhi farq qilinadi: mikrobdan zaharlanishlar ( toksikoinfeksiyalar va toksikozlar), mikrobga aloqador bo’lmagan zaharlanishlar ( o’simlik va hayvon mahsulotlaridan, kimyoviy birikmalardan kelib chiqqan ) va sababi aniqlanmagan zaharlanishlar ( Gaff va Urov kasalliklari).

Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling