Mashg‘ulot turi: Amaliy -5 Mavzu: ishlatilgan moylarni qayta tiklash va tozalash. Ishning maqsadi


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1181843
  1   2   3   4
Bog'liq
5-Amaliy (1)




 
Mashg‘ulot turi: Amaliy -5 
 
 Mavzu: IShLATILGAN MOYLARNI QAYTA 
TIKLASh VA TOZALASh. 
 
Ishning maqsadi:
Ishlatilgan motor moylarini tozalash, hamda ularning 
ishlatishga yaroqliligini aniqlash usullari bilan tanishtiriladi. 
Ish joyini jihozlash: Ishlatilgan moylardan namunalar, idishlar, moy 
tozalash qurilmasi, o‘quv kitoblar va qo‘llanmalar bilan jihozlanadi. 
Ishni tashkil qilish: Ish joyida bajarilish tartibiga rioya qilgan holda 
talabalar 4-5 kishidan iborat guruhlarga ajratilib, o‘qituvchi yoki laborant 
yordamida tajriba ishini o‘tkazishadi. 
 
Umumiy ma’lumotlar 
 
Qishloq xo‘jaligi sohasi moylash materiallarini eng ko‘p iste’mol qiladigan 
sohalardan biri hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha yillik moylash materiallariga bo‘lgan 
ehtiyoj o‘rtacha 80 ming tonnani tashkil etadi va yiliga o‘rtacha 32 ming tonna 
ishlatilgan moylar chiqadi. Bu ishlatilgan moylar moylash materiallari ishlab 
chiqarishda qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. 
Agar 100 tonna neft xom ashyosidan atigi 10-15 tonna moylash materiallari 
ishlab chiqilsa, 100 tonna ishlatilgan moydan esa 60-80 tonna yuqori sifatli, 
ko‘rsatkichi jihatidan yangi moydan qolishmaydigan moy olishimiz mumkin. 
Hozirgi paytda MDH mamlakatlarida ishlatilgan motor moylarini kichik miqdorda 
qayta tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 
Xorijiy mamlakatlar va o‘zimizning tajribalarimizdan kelib chiqqan holda 
aytishimiz mumkinki, ishlatilgan moylarni markalari bo‘yicha yig‘ilib qayta 
tiklansa, ulardan yuqori sifatli moy olishimiz mumkin. Agar ishlatilgan moylarni 
xo‘jaliklarni o‘zida qayta tiklansa, moylarni markalari bo‘yicha saqlash imkoniga 
ega bo‘lamiz. 6.1- rasmda moylarni markalari bo‘yicha yig‘ish va ularni tozalash 
ketma-ketligi keltirilgan. 



6.1 – rasm. Ishlatilgan moylarni navlari bo‘yicha yig‘ish va tozalash usullari 
Ishlatilgan moylarni xo‘jalikning o‘zida qayta tiklash iqtisodiy jihatdan 
arzondir. Bizga shu narsa ma’lumki, moylarni markalari bo‘yicha saqlashda moy 
eskirishi ham mumkin. Mutaxassislarning fikricha, moyning eskirishi ko‘pincha 
uning ishlash muddatiga ko‘p ham bog‘liq emas. Asosiy muammo esa tashqi 
muhitdan iflosliklarning tushishidir. Bunday moylarni tozalash esa mexanik usul 
yordamida amalga oshiriladi. 
Moyni zamonaviy regeneratsiya qilish usullaridan biri fizik usul bo‘lib, 
sentrifuga, filtrlash, vakuum quritgichlardan tashkil topgan. Konsern «Alfa- 
Laval» (Shvetsiya) da fizik usulning unumli tozalash va qayta tiklash usuli
qo‘llanilib kelinmoqda [1]. 



AQSh da reduktorli, kompressorli, vakuumli, o‘simlik va sintetik moylarni 
regeneratsiya qilishda “Aguaneties Inc” firmasining qurilmasidan foydalaniladi 
[1]. 
“Vilson Valton internishin” firmasi ishlab chiqargan qurilmasining ish 
unumdorligi 540-1350 l/soat ga yetadi. Bu qurilmada moyni qayta tiklayotganda 
moy vakuum kamerasiga haydaladi, bunda moy harorati atrof- muhit haroratiga 
teng bo‘lib, shisha tolalardan yasalgan filtr elementlardan o‘tadi. Qo‘shimcha 
sifatida adsorbli filtrlar quyilib, ishlatilgan moylardagi har xil iflosliklardan
uglevodorodlardan tozalash uchun foydalaniladi [2]. 
«APV Bauster» firma qurilmasini texnologik sxemasi filtr element va shisha 
tolalarni o‘z ichiga oladi. Bu qurilmani ish unumdorligi 231- 570 l/soat gacha 
yetadi. Bu qurilma yordamida katta hajmdagi moylarni tozalash murakkab 
jarayonni o‘z ichiga olib, qizdirilgan moy dastlabki tozalash filtrlarida tozalanib, 
moy vakuum kamerasiga uzatiladi, u o‘z navbatida yuqori tozalash ko‘rsatkichiga 
ega bo‘lgan shishatolali filtr elementlarda tozalanadi. Tozalash jarayonida 
moydagi suv bug‘lanib, vakuum-nasos yordamida so‘rib olinadi [1]. 
«Petrokler» va «Velnon filters» firmalarning qurilmasi vakuum - filtrli 
texnologik sxema ko‘rinishidadir. Qurilma yuzasi 0,5m
2 , 
balandligi 1,56 m , ish 
unumdorligi 450 l / coat [2]. 
Qurilmada moy harorati 82

C qizdirilib, filtrlar yordamida tozalanadi. Bu 
qurilmaning tozalik darajasi 2 mkm gacha bo‘lgan zarrachalarni ushlab qolish 
qobiliyatiga egadir. 
Ishlatilgan moylarni yuqori sifatda tiklash uchun turli jarayonlar 
qo‘llaniladi. Ishlatilgan moylarni mexanik iflosliklardan tozalashda filtr yoki 
sentrifuga qo‘llaniladi. Moylarni organik kirlardan tozalashda esa adsorbsion 
filtrlardan foydalaniladi. 
Ishlatilgan moylarni qayta tiklash va tozalash uchun har xil qurilmalar 
ishlatiladi. Rossiyada UMS-901A, SOG-904A, URIM-100, SURM-1 va shu kabi 
qurilmalar keng tarqalgan [1].



6.2-rasm. Ishlatilgan moylarni tozalash PUOM-100 qurilmasi. 
1-moy baki; 2-gorlovina; 3-monometr; 4-tozalash filtri; 5-yelektro dvigatel; 6-
haroratni boshqaruv pulti; 7-arva asosi; 8-qizdirish tenti. 
Respublikamizda ish unumdorligi 100 l/soat bo‘lgan ishlatilgan avtotraktor 
moylarini tozalash qurilmasi PUOM-100 («Peredvijnaya ustanovka dlya ochistki 
masel») keng qo‘llanilmoqda. 
PUOM-100 qurilmasi xo‘jalik sharoitida ishlatilgan motor, transmissiya, 
industrial va boshqa moylarni hamda gidrosistema suyuqliklarini mexanik 
aralashmalardan, suvdan va yonilg‘ilardan tozalash uchun xizmat qiladi (6.2-rasm). 
Qurilmaning texnik tasnifi qo‘yida keltirilgan:
1. Qurilma tipi
Harakatlanuvchan 
2. Ish unumdorligi, l/soat 
100 
3. Ishlatilgan moy baki hajmi, l
50 
4. Tozalangan moy baki hajmi, l 
50 
5. Qurilma quvvati, kVt 
4,1 
6. Nasos ish unumdorligi, l/min 
10 
7. Moyni qizdirish harorati, 
o

80 
8. Tozalash mayinligi, mkm 
1-3 
9. Tozalangan moy ko‘rsatkichlari, % ko‘pi bilan, 
-mexanik aralashmalar miqdori 
0,015 
-suv miqdori 
izlar 
-yonilg‘i miqdori
0,8 




Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling