Mashg‘ulotning mazmuni. Organizmlarda va alohida organlarda har XIL qon aylanish buzilishlari bo‘lishi mumkin. Ko‘p qonlik


Download 0.96 Mb.
bet1/4
Sana26.02.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1233083
  1   2   3   4
Bog'liq
1 amaliy


1-Amaliy mashg‘ulot: Jigarning turg‘unlik giperemiyasi – 2 soat.


Mashg‘ulotning mazmuni. Organizmlarda va alohida organlarda har xil qon aylanish buzilishlari bo‘lishi mumkin.
Ko‘p qonlik - haddan tashqari ko‘p va to‘qimaning tomirlarida qon miqdorining oshishiga aytiladi. Kelib chiqishiga qarab, arterial va venoz ko‘p qonlik farq qilinadi.
Bu buzilishlar 2 xil: umumiy va mahalliy bo‘ladi. Ko‘pincha mahalliy buzilishlar tez uchraydi va ularga quyidagilar kiradi: giperemiya (ko‘p qonlik), qon quyilish, qon oqish, infarkt, tromboz va emboliyalar va stazlar kiradi.
Arterial giperemiya — qon harakatining normal holatida organlarning arteriya tomirlarida qon miqdorining oshishi va sifat jixatidan o‘zgarishiga aytiladi. Bunda qon tomirlari kengayadi, organ qizaradi, modda almashinuvi kuchayadi, bezli organlarida sekret ishlab chiqarish kuchayadi. Rivojlanish mexanizmiga qarab, vazomotor, kollaterial, vakat, yallig‘lanish ko‘p qonliklari farq qilinadi.
Vazomotor ko‘p qonlik — tomirni kengaytiruvchi yoki qisqartiruvchi nervning ta’sirlanishi (sovuq, issiq, kimyoviy moddalar) yoki falajlanishidan kelib chiqadi.
Kollaterial ko‘p qonlik - tromboz va emboliyanatijasida qon bilan ta’minlash buzilgan joyning atrofidagi ko‘p qonlikka aytiladi.
Vakat ko‘p qonlik- bosimning kamayishidan kelib chiqadigan ko‘pqonliq Masalan, odam terisida banka qo‘yilganda bu ko‘p qonlik yaqqol ko‘rinadi.
Venoz ko‘pqonligi — arteriya tomirlarida normal qon harakatida, vena tomirida qon harakatining qiyinlashishi. Bu turg‘unlik ko‘p qonligi ham deyiladi. O‘tkir va surunkali vena ko‘p qonligi farq qilinadi.
O‘tkir venoz ko‘p qonlik - vena tomirini ustki homila tomonidan qisilishi, intima qavatining yallig‘lanishi natijasida, trombozlar natijasida kelib chiqadi. Bunda organ hajmiga kattalashadi, to‘q-qizil rangdan ko‘kimtir rangda bo‘yaladi, o‘pka, oshqozon-ichaklarda, terida shishlar hosil bo‘ladi.
Surunkali venoz ko‘p qonlikda - distrofiya, atrofiya, biriktiruvchi to‘qimaning o‘sishi rivojlanadi.
Oqibati — kelib chiqish sababi aniqlanib oldi olinsa, ko‘p qonlik qaytadi, shish qaytadi, suyuqlik shimiladi, qon aylanish tiklanadi. Ko‘p qonlik trombozlar, qon oqishlar, yallig‘lanishlar rivojlanishi bilan ham yakunlanadi. Staz (qonning to‘xtashi) va to‘qimaning yemirilishi bilan harakterlanadi.
Staz - organ, to‘qima kapillyarlarida, mayda venalarda qon harakatning to‘liq to‘xtashi. Bunda tomirda qon miqdori oshadi, eritrotsitlar bir-biriga zichlashadi va bir butun massa hosil bo‘ladi. Gialinli tromboz - rivojlanish mexanizmiga qarab, turg‘unlik va haqiqiy staz farq qilinadi.
Turg‘unlik stazi qon harkatining sekinlashishi natijasida kelib chiqadi. Haqiqiy staz esa virusli infeksiyalarda, zaharlanishlarda uchraydi. Bunda eritrotsitlar bir-biriga yopishadi va qon harakatini to‘liq to‘xtashiga olib keladi. Tomirlarda qon ko‘paymaydi va tomirlar kengaymaydi.
Oqibati. Uzoq davom etadigan stazlarda distrofik o‘zgarishlar bo‘lib, to‘qimalarning yemirilishi bilan harakterlanadi. Masalan, saramas kasalligida, paratifda bu o‘zgarishlar ko‘rinadi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling