“Матбуотдаги тилга оид матнларнинг лингвистик хусусиятлари”


Download 299 Kb.
bet1/15
Sana29.04.2023
Hajmi299 Kb.
#1401805
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Reklama matnlarning lingvistik ekspertizasi


REKLAMA MATNLARNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI
MUNDARIJA
KIRISH..................................................................................................2
I BOB. TIL TARAQQIYOTIDA OMMAVIY AXBOROT
VOSITALARINING O‘RNI .................................................9
1.1. Ommaviy axborot vositalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi…9
1.2. Jahon tilshunosligida matbuot matnlarining o‘rni………………10
II BOB. MATBUOT MATNLARINING TIL XUSUSIYATLARI.21
2.1. Matbuot matnlarining turi va uslubi...............................................21
2.2 .Gazetalar tili va uslubi………………………………………......24
XULOSA..............................................................................................85
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI...................88


KIRISH
Hozirgi kunda biz yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, "… tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta`riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. … Ammo ko’pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg’otmoqda".
Axborot asrida davlat va jamiyatning barcha bo‘g‘inlari uchun tezkor axborot almashinuvi birinchi hayotiy zaruratga aylanmoqda. Zero, jamiyatning axborotlashuvi ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning o’zagini tashkil etar ekan, u eng avvalo, til orqali namoyon bo‘ladi. So‘zning kuchi ko‘p narsalarga qodir bo‘lib, u insonlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot vositasi sifatida o‘zining turli qirralarini namoyon etadi. Keng omma bilan bevosita muloqotga kirishishdek ulkan imkoniyat boshqa vositalar kabi OAVlari yordamida ham yuzaga chiqadi. Chunki OAV tili publitsistik uslubda to‘la namoyon bo‘la oladi. Unda tilning informativ ma’lumot berish vazifasi targ‘ibot va tashviqot bilan uyg‘unlashib ketadi.
“Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz”1 – deydi Prezidentimiz Islom Karimov.
Hozirgi paytda jamiyat taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va davlarlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi, fuqarolarimizning siyosiy va ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi yangiliklar, eng avvalo, OAVlarida o‘z aksini topmoqda. Shuningdek, fan-texnikaning taraqqiyoti yangi sohalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi va bu sohalardagi tushunchalarni ifodalovchi terminlar, eng avvalo, matbuotda, ommaviy axborot vositalarida o‘z aksini topdi. Natijada o‘zbek tilshunosligi zimmasiga matbuotdagi tilga oid matnlarni ilmiy tahlil qilish, matbuot matnlarining asosiy kommunikativ birligi bo‘lgan sarlavhalarning til xususiyatlarini o‘rganish va ilmiy xulosalarga kelish kabi dolzarb vazifalarni yukladi.
O‘zbek tilshunosligida bugungi kunda milliy ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lgan ommaviy axborot vositalari, xususan, matbuot matnlarining til xususiyatlari hozirga qadar ilmiy jihatdan alohida tadqiqot sifatida o‘rganilmagan.
Mazkur dissertatsiya ishi matbuotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, matbuotdagi tilga oid matnlarning turlari, ularning leksik-semantik xususiyatlari, ularda faol qo‘llanuvchi grammatik shakllarning vazifalari va qo‘llanish qonuniyatlarini tadqiq etish masalasiga qaratilgan. Shu ma’noda mustaqillik davri matbuot matnlarining lingvistik xususiyatlarini hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda tadqiq etish mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.

Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling