Mavzu : avtomobil benzinlari


Download 293.91 Kb.
bet1/6
Sana17.02.2023
Hajmi293.91 Kb.
#1205824
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Avtomobil benzinlari.

Mavzu : AVTOMOBIL BENZINLARI.


Mavzuga oid tayanch so’zlar
Benzin, dizel yonilg’isi, xossalarn, smolali birikmalar, kurum, fraksion tarkib. fraksiya, zichlik, yonish issikligi, xavoning ortiklik - -koeffitsiyenti, yonuvchi aralashma.

Reja:

  1. Benzin sifatiga kuyiladigan ekspluatatsion talablar.

  2. Benzinlarning asosiy xossalari.

  3. Detonatsion.yonishning kelib chiqish sabablari.

  4. Oktan soni va uni aniklash.

  5. Benzin markalari.

Karbyuratorli dvigatellar uchun asosiy yonilg’i sifatida turli sort va markadagi benzinlar ishlatiladi.


Benzinlar oson bug’lanadigan yonuvchi suyuqlikdir. Ularda massasi bo’yicha taxminan 85% uglerod, 15% vodorod va juda oz mikdorda kislorod, azot va oltingugurt bo’ladi.
Benzinlarning zichligi yonilg’ining karbyuratsiyalanish xossalariga ta’sir ko’rsatadi. Benzinning zichligi qancha katta bo’lsa, uning sirt tarangligi shuncha katta bo’ladi. Bunday yonilg’ining havo oqimi ta’sirida parchalanishi (tomchilar katta bo’ladi) va bug’lanishi yomon bo’ladi. Natijada kerakli tarkibdagi yonuvchi aralashma olib bo’lmaydi.
Benzinlarning zinchligi 0,712-0,742 g/sm3, yonganda chiqadigan issiqlik miqdori taxminan 3200 MJ/m3. Zichligi nisbatan katta va yonganda ko’p issiqlik ajralib chiqqanligi uchun yonilg’ining bu turi bilan ishlaydigan avtomobillar ancha katta yurish yo’liga ega ekanligi (400 km va undan ortiq) bilan farq qiladi.
Dvigatel hosil qiladigan quvvat, uning tejamkorligi, ishonchligi va samarali ishlashi ko’p jixatdan tanlanadigan benzinning xossalariga bog’liq bo’ladi.


1.Benzinga qo’yiladigan ekspluatatsion talablar.

Benzinga quyidagi ekspluatatsion talablarga javob berishi kerak:


1) karbyuratsion xossalari yuqori bo’lishi, ya’ni barcha rejimlarda dvigatelni osongina yurgizib yuborilishi va barqaror ishlashini ta’minlaydigan yonuvchi aralashma hosil qilish kerak;
2) yuqori detonatsion barqarorlikka ega bo’lishi, ya’ni har qanday ish rejamida dvigatelda detonatsiya paydo qilmasligi lozim;
3) yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi kerakli darajada yuqori bo’lishi zarur;
4) baklarda, yonilg’i berish apparatlarida smolalar xamda dvigatelning issiq detallarida mumkin qadar kam qurum xosil qilishi zarur;
5) uzoq saqlanganda ham xossalari o’zgarmasligi uchun yuqori barqarorlikka ega bo’lishi kerak;
6) rezervuar, baklar, trubalarni korroziyalamasligi, uning yonish maxsullari esa dvigatel detallarini korroziyalamasligi lozim.

Download 293.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling