Mavzu : mantiqiy amallar va mulohazalar. Mulohazalarni sxematik ko‘rinishi


Download 1.42 Mb.
bet1/8
Sana17.11.2020
Hajmi1.42 Mb.
#147002
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu mantiqiy elementlar va sxemalar




MAVZU : MANTIQIY AMALLAR VA MULOHAZALAR. MULOHAZALARNI SXEMATIK KO‘RINISHI.




Mundarija :

Kirish........................................................................ 3



I. bob Asosiy qism.

1.1 Raqamli texnikaning mantiqiy asoslari...........................8



1.2 Mantiqiy funksiyalaarning berilish usullari..................... 12

1.3 Mantiqiy sxemalar shakllari..............................................14

1.4 Murakkab mantiqiy sxemalar.................................. 21
II. bob

Xulosa....................................................................... 39

2.1 Foydalanilgan adabiyotlar............................................. 40


Kirish

Hisoblash texnikasining ilk tarixini tahlil qilar ekanlar, xorijlik ayrim tadqiqotchilar kompyuterning qadimiy o‘tmishdoshi sifatida tez-tez “abak’ deb atalgan mexanik qurilmalarni aytib o‘tadilar. "Abakka" yondashish xato yondashishdan darak beradi, chunki abak avtomatik hisoblash xususiyatiga ega emas, kompyuter uchun esa bu belgilovchi (asosiy) xususiyatdir.



Abak - eng birinchi, ilk hisoblash qurilmasi bo‘lib, dastlab u tarnovlari bor sopol plastinka shaklida bo‘lgan. Tarnovlar ichiga raqamlarni namoyon qiluvchi toshlar taxlangan. Uning paydo bo‘lish davri eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikka to‘g‘ri keladi. Paydo bo‘lish hududi Osiyo hisoblanadi. Asrimiz o‘rtasida Yevropada abak kataklarga bo‘lingan jadvallar bilan almashtiriladi. Ular yordamida hisoblash chiziqlardagi hisoblar deb atalgan, Rossiyada esa XVI-XVII asrlarda hozir ham ishlatiladigan ilg‘or kashfiyot - qo‘l hisoblagichlari ham paydo bo‘ldi.

Shu bilan bir vaqtda hisoblashni avtomatik tarzda bajarishga ega bo‘lgan boshqa asbob, soat ham ixtiro etildi. Ishlash tamoyilidan qat’iy nazar, soatlarning hamma turlari (qum, suv, mexanik, elektr, elektron) vaqtning teng bo‘laklaridan so‘ng ko‘chishni yoki signallarni ishlab chiqarish (generatsiya qilish) va bunda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni qayd qilish, ya’ni signallar va ko‘chishlarni avtomatik tarzda qo‘shib borish qobiliyatiga ega. Bu tamoyil hatto faqat qayd etuvchi uskunasiga ega bo‘lgan quyosh soatlarida ham (bunda generator nomini Yer-Quyosh tizimi bajaradi) kuzatiladi.

Mexanik soat - vaqtning berilgan teng intervallaridan so‘ng ko‘chishni avtomatik tarzda bajaruvchi uskuna va bu ko‘chishlarni qayd qiluvchi uskunadan iborat asbobdir. Eng dastlabki namunalari XIV asrga mansub va ular monastirlarga tegishli bo‘lgan (minora soatlari).

Har qanday zamonaviy kompyuterning asosida, xuddi elektron soatlarda bo‘lganidek, vaqtning teng intervallaridan so‘ng kompyuter tizimidagi hamma uskunalarni harakatga keltirish uchun ishlatiluvchi elektr signallarini ishlab chiqaruvchi taktli generator yotadi.



Ilk mexanik manbalar

Qo‘shish amalini bajaruvchi jahondagi birinchi uskuna mexanik soat asosida yaratilgan edi. 1623 yili uni T’yubingen dorilfununi (Germaniya) sharq tillari kafedrasining professori Vilgelm Shikard yaratdi. Bizning davrimizda uskunaning ishchi modeli chizmalar bo‘yicha qayta tiklandi va o‘zining ishlay olish qobiliyatini ko‘rsatdi. Ixtirochining o‘zi esa o‘z maktublarida mashinani "qo‘shiluvchi sonlar" deb atagan. 1642 yili fransuz mexanigi Blez Paskal (1623-1662) sonlarni qo‘shuvchi ixchamroq uskunani ishlab chiqdi. U asosan Parijlik sudxo‘rlar va sarroflar (pul almashuvchilar) uchun seriyali ravishda ishlab chiqarilgan jahondagi birinchi mexanik kalkulyator bo‘lib qoldi.



1673 yili nemis faylasufi V.Leybnits (1646-1717) qo‘shish va ayirish amallarini ko‘p marta takrorlash yo‘li bilan ko‘paytirish va bo‘lish amallarini ham bajaruvchi mexanik kalkulyatorni yaratdi.(1. rasm)


Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling