Reja: - Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
- Bank hisob-operatsion bo‘limining tuzilishi
- Bank buxgalteriya xodimlarining vazifalari
- Bankning hisobvaraqlar rejasi va uning tuzilishi
- Bank operatsiyalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish tartibi
1. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning asosiy yo‘na-lishlari belgilab berilgan bo‘lib, ular quyidagilardir: b) buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga rioya qilish; c) bankning o‘z amaliyotidan kelib chiqib, odatiy operatsiyalarini hisobga olgan holda buxgalteriya hisobini tashkil qilish; d) Banklar o‘zining hisob siyosatini ishlab chiqish bilan birga Respublika Markaziy banki tomonidan belgilab berilgan umumiy yo‘riqnoma va nizomlarga rioya qilish. e) buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan holda tashkil etish. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi: - xo‘jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni dastlabki hujjatlarda aks ettirish;
- xo‘jalik operatsiyalarini, bank mulkini puldagi ifodasini belgilash;
- barcha operatsiyalarni ikkiyoqlama yozuv asosida guruhlash, bun-da yozuvlarni hisobvaraqlar rejasidagi hisob raqamlari asosida olib borish;
- hisob-kitob va boshqa operatsiyalar yakunida ma’lum sanaga bank xo‘jalik faoliyatiga tavsif berish, ya’ni bank balansini tuzish.
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishda quyidagi huquqiy va me’yoriy hujjatlar asos qilib olinadi: - O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Mar-kaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘ri-sida”gi Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”-gi Qonuni.
- “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuri-tish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi.
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa me’yoriy hujjatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |