Mavzu: Biologik xilma-xillikni saqlab qolish muammolari


Download 104.5 Kb.
bet1/5
Sana26.01.2023
Hajmi104.5 Kb.
#1127758
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Biologik xilma-xilligini muhofaza qilish


Mundarija:
Kirish
1. Biologik xilma-xillik haqida umumiy ma’lumot.
2. Biologiyadagi xilma-xilma organizmlar;
3. O’zbekistonda biologik xilma-xillik.
3. Suv resurlari ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolari;
4. Orol muammosi va uning oqibatlar;
5. Hayvon va osimliklarni muhofaza qilish;
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Xalqaro biologik xilma-xillik kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘rmonchilik davlat qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Fanlar akademiyasi, Turizm va sport vazirligi, Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi hamda OAV vakillari ishtirokida 2019 – 2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash Strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazdilar.
Ta’kidlanganidek, 2000 yil 22 may kunidan boshlab jahonning qator mamlakalarida keng nishonlab kelinadi. Mazkur sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995 yil Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konventsiya a’zo tomonlarining anjumani tavsiyalari asosida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq e’lon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi ham o‘zining barqaror rivojlanishi uchun bioxilma-xillik resurslari muhimligini tan olgan holda, 1995 yilda ushbu xalqaro konventsiyaga qo‘shildi. Bugungi kunga kelib 196 ta mamlakat mazkur konventsiyani ratifikatsiya qilgan.
Texnologiyalar sohasida erishilgan yutuqlarga qaramasdan sayyora aholisi ekotizimlar holatiga bog‘liq. Ichayotgan suvimiz, iste’mol qilayotgan ozuqamiz, nafas olayotgan havoimiz sifati tabiatimiz barqarorligini saqlashga bog‘liq. 2021 yil kun mavzusi «BIZ QARORNING BIR QISMI – WE’RE PART OF THE SOLUTION – MЫ ChAST REShENIYa» bo‘lib, o‘tgan 2020 yildagi kun mavzusining («BARChA MUAMMOLAR YeChIMI TABIATDA!») mantiqiy davomi hisoblanib, atrof muhitni muhofaza qilish hamda u bilan uyg‘un holda yashash bo‘yicha butun dunyo ahaolisi sa’y – harakatlarini birlashtirishga imkon beradi.
Biologik xilma-xillik yoki bioxilma-xillik bu Yer yuzidagi hayot xilma-xilligini tasvirlashda foydalaniladigan atamadir. Bioxilma-xillikka ko‘p holatlarda o‘simlik, hayvonot va mikroorganizimlar xilma-xilligi boyligi nuqtai nazaridan qaraladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 1,75 mln turlar aniqlanib, ko‘p qismini hasharotlar tashkil etadi. Olimlar fikriga ko‘ra, turlarning real soni 13 mln atrofida.
Biologik xilma-xillikning qisqarishi asosan insoniyat faoliyati natijasi bo‘lib, uning qisqarishi iqtisodiy rivojlanishga jiddiy xavfni yuzaga keltiradi. So‘nggi 20 yil ichida qabul qilinayotgan samarali chora-tadbirlarga qaramasdan tabiiy yashash muhitning buzilishi, tabiat resurslaridan xaddan ortiq foydalanish, suv va yerning ifloslanishi bilan bog‘liq omillar natijasida biologik xilma-xillik qisqarib bormoqda. O‘z navbatida ta’kidlash joizki, tabiat resurslari hayotiy ta’minot tizimimizning asosini tashkil etadi. Biologik xilma-xillikni saqlash hamda muhofaza qilish uchun chetga surib bo‘lmas amaliy tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Mamlakatimizda biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni ta’minlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi sur’atlarini pasaytirish, hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xillikni saqlab qolish sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2019 yilda 2019–2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash Strategiyasi qabul qilindi.

Download 104.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling