Mavzu: Bir xo`jalik misolida tuproqlar tarqalgan xududdagi och bo`z tuproqlarni paydo qiluvchi omillar, tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unimdorlikni oshirish yo`llari


Download 139 Kb.
bet1/11
Sana10.02.2023
Hajmi139 Kb.
#1184136
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bir xo`jalik misolida tuproqlar tarqalgan xududdagi och bo`z tuproqlarni paydo qiluvchi omillar, tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unimdorlikni oshirish yo`llari

Mavzu:Bir xo`jalik misolida tuproqlar tarqalgan xududdagi och bo`z tuproqlarni paydo qiluvchi omillar, tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unimdorlikni oshirish yo`llari

Reja:


I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Bir xo`jalik misolida tuproqlar tarqalgan xududdagi och bo`z tuproqlarni paydo qiluvchi omillar
2.2.Tuproqning paydo bo`lishida barcha tabiiy geografik omillari
2.3.Tuproqning suv xossalari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Tajriba uchun dala tanlash o`ta ma’suliyatli ish bo`lib, etti o’lchab, bir kesishni taqozo etadi. Aks holda tajriba davomidagi barcha ishlar o`z qimmatini yo`qotadi. G’o’za-beda, g‘o‘za-g‘alla majmuidagi ekinlar agrotexnikasiga oid tajribalarni o’tkazish mo’ljallanganda tadqiq etiladigan hudud tuproqlarini batafsil o’rganib chiqish zarur. Ularning viloyat va O’zbekiston miqyosidagi o’rni va salmog’ini tasavvur etish uchun ilmiy adabiyot va respublikamiz, Shu ningdek, tajriba o’tkaziladigan xo’jalik va ilmiy muassasa tuproq xaritalari bilan tanishib chiqish talab etiladi. Bu, tanlangan dala tuproqlarining muayyan hudud uchun xosligi (o’xshashligi) haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va dala tajribalari natijalarini tuprog’i Shu tuproq turlariga xos boshqa hududlarga ham tavsiya qilish imkonini byeradi.
Ta’kidlash joizki, har bir xo’jalik ishlab chiqarish yo’nalishidagi xo’jalik ham tajriba xo’jaligiga ham, tuproq va agrokimyoviy xaritanomalarga ega.
G’o’zani parvarishlashda qo’llaniladigan agrotexnik va meliorativ tadbirlar tizimini to’g’ri amalga oshirish maqsadida respublikamiz viloyatlari o’ziga xos sharoitlaridan kelib chiqib, olimlarimiz tomonidan ikki guruhga - bo’z tuproqlar hamda sahro-cho’l mintaqalariga ajratildi. Quyida ularning tavsifi keltirilmoqda:
Bo‘z tuproqlar mintaqasi tog’ va tog’ oldi hududlarini o’z ichiga oladi. U to’q tusli, tipik va och tusli bo’z tuproqlar mintaqasiga bo’linadi.
Sahro mintaqasi 3 ta mintaqadan: shimoliy, markaziy va janubiy mintaqachalardan tashkil topgan. Hududlar tabiiy sharoiti bo’yicha bunday bo’linishi ularning tuproqlari, Shu ningdek, bu tuproqlarda amalga oshiriladigan meliorativ va argotexnik tadbirlarga ko’ra bir-biridan farqlanishini bildiradi.
To‘q tusli bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 700-1000 m yuqori joylashgan tog’ va tog’ oldi mintaqasining ancha baland qismlarida shakllangan. Bunday tuproqli hududga Janubiy Qozog’iston viloyati CHimkent-Sayram guruhi tumanlari G’o’za parvarishlanadigan maydonlarining salmoqli qismi, qisman Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyati, Shu ningdek, unchalik ko’p maydonlarni egallamagan
Tojikiston Respublikasi maydonlari va O’zbekiston Respublikasining ba’zi tumanlari joylashgan.
Bu tuproqlar mayda zarrachali va qumoq, allyuvial va proallyuvial yotqiziqlarda shakllangan, sho’rlanmagan, unumdor, fizikaviy hususiyati ham yaxshi. Bunday tuproqli yerlarni tekislash ularda suv, irrigatsiya yeroziyasiga qarshi kurashish talab etiladi.
To’q tusli bo’z tuproqlarda eng yertapishar G’o’za va g’alla navlari etishtiriladi.
Tipik bo‘z tuproqlar dengiz sathidan 400-700 m balandlikda tarqalgan, tog’ oldi tekisliklari va daryo tyerrasalarining yuqori qismlarini ishg’ol etgan. Bunday tuproqlardan iborat, G’o’za va boshqa ekinlar o’stiriladigan maydonlar Keles, Quruq-Keles, Chirchiq, Angren, Ko’gart daryolari havzalarida, Qoradaryo, Kurshaba, Oqbura, Aravansoy hamda Farg’ona vodiysi janubiy va shimoliy xududlaridagi tog’ daryolarining yuqori, Zarafshon, Qoradaryo, Kofirnihon, Qizilsuv va Yaxsuv daryolarining yuqori va o’rta qismlarida joylashgan. Ushbu tuproqlar mayda jinsli qumoq, lyossimon delyuvial va ba’zan allyuvial yotqiziqlarda rivojlanib, sho’rlanmagan, unumdorligi, fizikaviy xususiyatlari yaxshiligi bois yyer tekislashdan tashqari maxsus melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish talab qilinmaydi. Tipik bo’z tuproqli yerlarning notekis relfli katta nishabli qismlarida irrigatsiya yeroziyasiga qarshi tadbirlar o’tkazilishini va ularni yaxshilab tekislash zarur.
Tipik bo’z tuproqlarda G’o’zaning o’rtapishar navlari ekiladi.

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling