Мавзу: Буюк сохибкирон Амир Темур


Download 459 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2023
Hajmi459 Kb.
#1080362
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Buyuk sohibqiron Amir Temur tarixi




O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Buxoro davlat universiteti
Mustaqil ish
Mavzu: Buyuk sohibqiron Amir Temur tarixi


Bajardi: 6-1 chi17 Asatilloyeva S
Tekshirdi: Yusupova M

Buxoro -2017


Reja:

  1. Kirish:

  2. Asosiy qism:

  1. Amir Temur va uning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.

  2. Amir Temur va Temuriylar mavzuiga bag‘ishlab yaratilgan yirik asarlar.

  3. Amir Temur davrida Samarkandda miniatyura rassomchilik maktabi haqida.

  4. Amir Temur va Ibn Xaldun Siyosiy-Huquqiy qarashlarida vazirlik institutining yuritilishi.

  1. Xulosa:

  2. Adabiyotlar



Kirish:

Amir Temur – buyuk shaxs, kuragi erga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan xalqimiz farzandi. Amir Temurning tarixi ko‘p jildlik kitoblar yozishga arziydi.Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni amalga oshirish imkoniga ega emas edik. CHunki kommunistik g‘oya bunga yo‘l bermadi. Amir Temurning o‘zi tahqirlanib tuhmatu malomatlarga qoldi.


Xaqiqatan ham, Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqe tutmaydi. Sohibqiron o‘z poytaxti bo‘lmish Samarqandni er yuzining chinakam madaniy-me’moriy va ilmiy-ma’naviy markazlaridan biriga aylantirgan. Bu ulug‘ zot kurdirgan me’morchilik va xalq san’atining javohirlari yanglig‘ bugungacha qad ko‘tarib turgan osori-atiqalar shahar va qishloqlarimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelmoqda. Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy buhron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Amir Temur Mo‘g‘ullarga kuyov bo‘ladi, ya’ni Saroymulkixonim (Bibixonim) mo‘g‘ullar sulosasidan hisoblanadi. SHu bois o‘z qaynotasi tomonidan "Ko‘ragoniy" (Ko‘ragon-kuyov degani) unvoni bilan taqdirlangan. Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so‘ng Amir Temur o‘z raqiblarini engib, hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar qildi. Xatto Amir Temur Boyazid sulton bilan bo‘lgan "Loy" jangida oyog‘idan yaralandi va bir umrga cho‘loq bo‘lib qoldi. G‘arbliklarning Temurlang nomi bilan atashlariga sabab ham, mashhur "Loy jangi"da oyog‘idan yaralangani va cho‘loq bo‘lib qolganligidadir. Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, mo‘g‘ullar zulmiga barham berib, markazlashgan yirik feodal davlatni barpo etdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun “Temur va Temuriylar madaniyati”, “Temuriylar davlati”, “Ulug‘bek va astronomiya maktabi”, “Navoiy” va “Bobur” kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur, o‘zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va Evropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To‘xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi. Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyati rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi. Shukirki, mamlakatimiz

istiqlolga erishgan vaqtdan e’tiboran Amir Temur shaxsi xalqimiz uchun yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Mustaqilligimizning har bir tadbirida, O‘zbekistonning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu hamnafas bo‘lib bormoqda.


  1. Download 459 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling