Mavzu: Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Reja: Kirish Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza
Download 59.94 Kb.
|
Asadbek
Mavzu: Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Reja: Kirish 1. Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining meyyoriy huquqiy asoslari 2 Davlat iqtisodiy xavfsizligini taminlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar: Davlat soliq xizmati, Bojxona organlari va xizmati faoliyati 3. Davlat boshqaruvi organlari faoliyati va ularning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi o’rni Xulosa KIRISH Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiyiqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi. “Huquqni muhofaza qilish organlari” fanidan ta’lim berishning maqsadi talabalarda, bo‘lajak huquqshunoslarda huquqni muhofaza qilish faoliyati va uni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat muassasalari haqida aniq tasawur (tushunchani) shakllantirishdan iboratdir. Bunday muassasalar qatoriga sud, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, adliya organlari, shuningdek, advokatura kiradi. Tabiiyki, asosiy e’tibor sudlarga qaratilgan, chunki bu organlar shunday vakolatlarga egaki, bu vakolatlarning majmuyi ularni davlat hokimiyatining mustaqil bo‘g‘ini — sud hokimiyati deb atash uchun asos bo‘ladi. “Huquqni muhofaza qilish organlari” fanidan ta’lim berish huquqni muhofaza qilish tushunchasi, uning asosiy yo‘nalishlari, sud hokimiyati, konstitutsiyaviy nazorat, odil sudlov va uni amalga oshiruvchi organlar, sudlarning ichki tuzilishi va vakolatlari, prokuror nazorati va prokuratura, jinoyatlami fosh etish va tergov qilish, advokatura va huquqiy yordam ko‘rsatishning boshqa shakllari to‘g‘risida bilim olishni ko'zda tutadi. Bunday bilimlar o‘quv muassasasini yakunlagandan so‘ng huquqiy faoliyatning barcha jabhalarida kelgusi amaliyot uchun zarurdir. “Huquqni muhofaza qilish oiganlari” fanining vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: mantiqiy fikrlash, o‘quv kursining asosiy nazariy qoidalarini mustahkamlash, talabalar tomonidan qonunchilikni amaliyotning muayyan holatlarida qo‘llay olishi yuzasidan amaliy tajribani egallash. Davlatning huquqni muhofaza qiluvchi organlarini vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi, hamda zamonaviy tuzilishini o‘rganish talabalar tomonidan sud, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, adliya organlari va advokatura kabi huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida amaldagi qonunchilikni chuqur o‘z-lashtirilishiga yordam berishi kerak. Bu organlarning vazifalari, tuzilishi, tartibi, tarkibi, tizimi, tuzilmasi, amalga oshirayotgan funksiyalari va bir-biri bilan aloqadorlikda faoliyat yuritishi to‘g‘risida aniq tasawurga egabo‘lish quyidagi fanni o‘rganishning maqsadi hisoblanadi. “Huquqni muhofaza qilish organlari” fani “Jinoyat protsessi”, “Prokuror nazorati”, “Fuqarolik protsessi”, “Ma’muriy huquq” va boshqa shu kabi murakkabroq huquqiy fanlami o‘rganish va o‘zlashtirish uchun muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham huquqni muhofaza qilish faoliyati va uni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumot talaba-huquqshunos uchun nihoyatda zarurdir. “Huquqni muhofaza qilish organlari”- fani ta’lim olayotgan talabalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, hamda atrof tabiiy muhitni jinoiy ta’qiblardan himoya qilishning qat’iy vositasi sifatida chuqur hurmat tuyg‘usini tarbiyalash uchun xizmat qiladi. Fanni o‘zlashtirish ta’lim berishning an’anaviy va interaktiv uslublari vositasida amalga oshiriladi; ekspress so‘rovlar, test so‘rovlari, dastur asosida ta’lim berish, davra suhbatlari o‘tkazish, rolli o‘yinlar, kollokviumlar, ta’lim berishning texnik vositalaridan foydalanish, huquqiy klinika, kichik guruhlarda ishlash va boshqalar. 0 ‘rganilayotgan fanning murakkabligi shundan iboratki, talaba bir emas, bir qancha turli darajadagi huquqiy aktlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ular qatoriga 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, xalqaro shartnomalar, qonunlar, qarorlar va boshqa me’yoriy-huquqiy aktlar kiradi. Jamiyatimiz hayoti juda tez rivojlanib bormoqda, mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida chuqur o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ayniqsa, jiddiy o‘zgartirishlar butun sud tizimiga, sudyalar maqomi, ularning mustaqillik kafolatlarini mustahkamlashga, prokuraturaga, sudlar faoliyatining tashkiliy va moddiy-texnikaviy jihatdan yaxshilashga, advokaturani tashkil etilishiga tegishli bo‘ladi. Download 59.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling