Mavzu: Din psixalogiyasining predmeti va obyekti Reja Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Dinshunoslik fanining sohalari


Download 44.74 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi44.74 Kb.
#1513279
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Din psixalogiyasining predmeti va obyekti


Mavzu: Din psixalogiyasining predmeti va obyekti
Reja
1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari.
2. Dinshunoslik fanining sohalari
3. Din va dinshunoslikning vujudga kelishi
1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan bog’liqligi. Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o’z dini, urf-odatlari va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o’rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqod va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. «Dinshunoslik» fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tahliliy o’rganadi.
«Dinshunoslik» fanini o’qitishdan maqsad - talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unligini tushuntirish, ularda diniy bag’rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to’g’ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o’rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada dinshunoslik fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni o’rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo’ldi.
«Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko’r-ko’rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o’rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo’lagi sifatida yondoshib o’rganadi.
«Dinshunoslik» fanining vazifasi - talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning ma’lum xalq hayotida tutgan o’rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag’rikenglik g’oyasi va madaniyati to’g’risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling