Mavzu: Dronlar va uchuvchisiz boshqariladigan aparatlar nazorati Uchuvchisiz uchish apparati


Download 22.82 Kb.
bet1/5
Sana18.01.2023
Hajmi22.82 Kb.
#1099872
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Dronlar


Mavzu: Dronlar va uchuvchisiz boshqariladigan aparatlar nazorati
Uchuvchisiz uchish apparati (UUA; shuningdek, soʻzlashuvda „dron“, inglizcha: drone — truten) — bortida uchuvchi odam boʻlmagan uchish apparatidir. Bunday apparatlar yoki avtomatik, yoki uzoqdan boshqariladi. josuslik yoki jangovar amaliyotlar olib borishi mumkin. Noharbiy vazifalarni ham bajaradi, masalan oʻt oʻchirish, geologik qidiruv va hk. UUAda uchuvchining yoʻqligi uchuvchili samolyotga xos boʻlgan bir qator cheklovlarni olib tashlaydi, bu ularning dizayniga katta taʼsir koʻrsatishi mumkin: UUA istalgancha kichik oʻlchamlarda yasalishi mumkin, uchuvchi bilan boshqariladigan apparatlarni esa inson massasidan yengilroq yengil qilib yasab boʻlmaydi. UUAda manevralarni bajarishda ortiqcha yuklanish boʻyicha fiziologik cheklovlar mavjud emas, bu ham dizaynga taʼsir qilishi mumkin. UAV uchun ishonchlilik talablari kamayishi mumkin, chunki bu inson hayotiga bevosita tahdid solmaydi.
Dronlarning uchish vaqti uchuvchi hayotni qoʻllab-quvvatlash tizimlarining manbai bilan chegaralanmaydi. 2022-yil yanvarda Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi tasarrufida Uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilib, unda xalqaro texnik talab va standartlarga toʻliq javob beradigan “LOCHIN” nomli uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Taʼkidlash oʻrinliki, ikki hil maqsadda foydalanishga moʻljallangan mazkur milliy loyiha Markaziy Osiyoda ilk bor Oʻzbekistonda oʻzlashtirildi va yoʻlga qoʻyildi. Markaz uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ishlab chiqarish, yigʻish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur yigʻuv jamlanmalari, texnologik va maxsus uskunalar, tekshirish (test laboratoriya) moslamalari kabi texnologik jihozlar bilan toʻliq taʼminlandgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlarning „AeroVironment“ kompaniyasi Oʻzbekistonga 2019-yilda toʻrtta „RQ-11 Ravenmini PUA“ uchuvchisiz uchish apparatini yetkazib bergan. Shuningdek, ushbu kompaniya AQShning tashqi harbiy sotuvi (inglizchaForighn Military Sale) dasturi doirasida „Puma 3 AE“ kichik uchuvchisiz uchish apparatlarini Oʻzbekistonga yetkazib beradi. AQSh armiyasining shartnomalar boʻyicha qoʻmondonligidan 8,54 million dollarlik kelishuv boʻyicha uchuvchisiz uchish apparatlari 2022-yil 30-noyabrgacha yetkaziladi. 
AQSh Mudofaa vazirligi shartnoma boʻyicha qancha „Puma 3 AE“ droni taqdim etilishini oshkor qilmagan boʻlsa-da, „Shephard Defence Insight“ bunday dronning bittasini taxminan 225 000 dollarga baholadi. Shundan kelib chiqib, Oʻzbekistonga 38 ga yaqin uchuvchisiz uchish apparatlari keltiriladi, deganidir.
Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tegishli vazirliklar, idoralar va xo‘jalik sub'ektlariga uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining bunday ruxsati mavjud bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchi UUAlar bilan jihozlangan radioelektron vositalardan foydalanish uchun vakolatli organdan (Mininfokom) belgilangan tartibda ruxsat olishi shart. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha ruxsatnomalar mavjud bo‘lgan taqdirda, ariza beruvchi UUAni ro‘yxatdan o‘tkazish va undan foydalanishga ruxsat olish uchun “O‘zaviatsiya” agentligiga ariza berishi shart. UUAni ruyxatdan o‘tkazgandan va undan foydalanishga ruxsat olgandan so‘ng, arizachi O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlaridan ruxsatnomaga ega bo‘lsa, UUAni boshqarishni boshlashi mumkin. Ushbu talablar samolyot modellari va samolyotlarning o‘yinchoq modellariga taalluqli emas. Samolyot o‘yinchoqlari modellaridan yuqoridagi tartib-qoidalar va havo bo‘shlig‘iga ruxsatnomalarsiz foydalanish mumkin. Samolyotlarning o‘yinchoq modellarining parvozlari 50 metrgacha balandlikda, aerodromga yaqinlashish yo'laklaridan 150 metrdan yaqin bo‘lmagan masofada, odamlardan xavfsiz masofada va havo kemasi bilan vizual aloqada bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlar, sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, texnik ijodkorlikni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan havo kemalari maketlarining (samolyot modellarining) parvozlari O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq faqat havo kemalarining maxsus parvoz zonalarida amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlar, sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, texnik ijodkorlikni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan havo kemalari maketlarining (samolyot modellarining) parvozlari O‘zbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq faqat havo kemalarining maxsus parvoz zonalarida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish apparatlarining noqonuniy ishlatilishi va saqlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar. Chet ellik sayyohlar tomonidan talabning ortishi bilan bog'liq va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va kirish turizmini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 658-son qaroriga muvofiq, respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining iltimosnomasiga asosan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligi tomonidan beriladi. O‘zbekiston hududida uchuvchisiz uchuvchisiz uchish apparatlari ruxsatnomalarni berishning bo‘nday soddalashtirilgan tartibi xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga yoki “O‘zaviasiya” agentligining elektron platformasi orqali vaqtincha olib kirish va undan foydalanishga ruxsat olish uchun rasmiy ariza bilan murojaat etishini nazarda tutadi. Bugungi kunda “Xorijiy ijodiy kompaniyalar tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlarini Respublika hududiga vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanish uchun vazirlik va idoralarning arizalarini topshirish va muvofiqlashtirish uchun Yagona idoralararo elektron platforma” Axborot tizimi test rejimida ishlamoqda va tizim imkoniyatlari bilan tanishish uchun mo‘ljallangan.

Download 22.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling