Mavzu. Gibridli kompozitsion materiallar


Download 56.45 Kb.
bet1/6
Sana03.02.2023
Hajmi56.45 Kb.
#1153205
  1   2   3   4   5   6

5-mavzu. Gibridli kompozitsion materiallar.

5.1.Gibridli kompozitsion materiallar haqida tushuncha.


5.2 Struktura va xossasi, qo‘llanilishi.

Gibridli kompozitsion materiallarga qatlamli plastiklar kirib, ularni ishlab chiqarishda bog‘lovchi materiallar sifatida fenolformaldegid, epoksid, kremniy organik va boshqa saqichlar qo‘llaniladi.


Qatlamli plastiklarni xossalari to‘ldiruvchi va bog‘lovchi moddalarni farqiga, to‘ldiruvchilarni tayyorlanish xarakteriga, presslash rejimlari, termik ishlash va boshqa texnologik faktorlarga bog‘liq. Armirlashgan toldiruvchining qatlamli joylanishidan kelib chiqib qatlamli plastiklar mexanik, fizik va dielektrix xossalarni anizatropiyasiga ega.
Qatlamli plastiklarni mexanik xossalari ishlatilayotgan to‘ldiruvchi turiga bo‘g‘liq. SHisha matosi yoki shishi jgutlari asosida olingan qatlamli plastiklar yuqori mexanik mustahkamlikka ega. Bu materiallar hamda asbovolokno to‘ldiruvchilar asosidagi qatlamli plastiklar organik to‘ldiruvchilar asosida olingan qatlamli materiallardan ko‘ra yuqori issiqlik chidamliga ega.
Qog‘oz asosidagi plastiklar- getinaks (GOST 2718-74) - -650.... +1050C xaroratda uzoq vaqt ichida ishlatiladigan izolyasion material hamda konstruksion va dekorativ material sifatida qo‘llanilib kelinmoqda. Getinakslar elektr mashinalarda, transformatorlarda (yuqori voltli izolyasiya sifatida) va boshqa apparatlarda, telefon armaturalarini ishlab chiqishda, radiotexnikada (pechat sxemalarini tayyorlashda) keng qo‘llanib kelinmoqda. SHuningdek getinaksdan panellar, щitlar, prokladkalar, qopqoqlar, shaybalar, kamyuklanuvchi mahsulotlar va boshqalar tayyorlanadi.
Post-qatlamli plastiklar (DSP) mebellarni tayyorlashda, passajir poezdlarni, samoletlarni, kemalarni ichki devorlarini qoplashda, qurilishda qoplovchi material sifatidida qo‘llanilib kelinmoqda. Plastikli plitalar shaklida yoki ingichka listlar post qatlamli plastiklar polimer bog‘lovchi modda bilan shimiltirilgan daraxt paraxasini issiq presslash orqali ishlab chiqariladi. DSPlarni ishlab chiqarishda turli darahlar ishlatilishi mumkin bo‘lib, bog‘lovchi modda sifatida oligomerlarni suv-spirt eritmalari ishlatiladi. Post-qatlamli plastiklarni markalari qatlamdagi paraxani yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lib DSP-A, DSP-B, DSP-V va boshqalar bo‘ladi. Masalan, DSP-A da barcha qatlamlarda paraxa tolasi parallel joylashgan (ayrim holatlarda 4ta qatlam parallel joylashgan bo‘lib, paraxa tolasi 20...250 qayrilgan bitta qatlam bilan almashib turadi). DSP-5da qatlamlar aralash joylashgan. Har bir 5-20 parallel joylashgan qatlamlardan so‘ng 900 aylantirilgan qatlam joylashgan bo‘ladi. DSP-V qatlamlar yulduzsimon joylashgan bo‘lib, qo‘shni qatlamlar 300 siljigan. Uzunasi bo‘ylab eng katta mustahkamlikka (σv=280MPa) DSP-A ega. DSP-B markali plastikni o‘zaro-perpendikulyar yo‘nalishdagi maxkamligi bir xil bo‘lib 140 mPa teng.

Download 56.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling