Mavzu: gul yashil o`simliklarning muhim organi


Download 22.09 Kb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi22.09 Kb.
#1052452
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu gul yashil o`simliklarning muhim organi-hozir.org


Mavzu: gul yashil o`simliklarning muhim organi

MAVZU: GUL - YASHIL O`SIMLIKLARNING MUHIM ORGANI

Mundarija:


  • Kirish

  • 1. Gul - yashil o`simliklarning muhim organi

  • 2. Bir jinsli va ikki jinsli gullar

  • 3.To`pgullar

  • Xulosa

  • Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
O’simliklar −− hayot manbayi. Shu bois tabiatdagi barcha tirik mavjudotlarni o’simliklar olamisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. O’simliklar qadim zamonlardan ayni vaqtgacha tabiat insonlar xattoki hayvonlar hayvonlar , barcha tirik organizmlar uchun katta ahamiyatga ega. Ona Vatanimiz O’zbekiston ham xilma-xil go’zal tabiatiga ega. Ona tabiatimizni asrab-avaylash harbirimizning burchimizdir.Tabiatdagi har bir tirik mavjudotlar o’zaro chambarchas bog’liq. Tabiiyki o’simlik, hayvon mikroorganizmlar o’rtasida o’zaro bir qancha xilma-xil munosabatlar mavjud. Misol tariqasida parazitm, neytralizm, simbioz, mutualizm, kommensalizm kabilarni aytishimiz mumkin.
Yopiq urug`lilar jinsiy ko`payishi jihatidan boshqa o`simliklarga qaraganda yuqori bosqichda turadi. Ularda jinsiy ko`payish uchun maxsus reproduktiv (hosil) organlari - gul hosil bo`ladi.
Gulda juda murakkab va muhim rivojlanish: mikro va makrosporogenez, changlanish, urug`lanish va mevaning hosil bo`lish jarayonlarini kuzatish mumkin. Gulbandi gulni poyaga biriktiradi. Bir xil o`simliklarning gullarida gulbandi bo`lmaydi. Bunday gullarga o`tirgich gul deyiladi. Issiqsevar o`simliklarda gulbandi uzun bo`ladi. Gulbandining yuqori qismi kengayib gul o`rnini hosil qilgan. Gul o`rni, ya`ni cho`zilgan, bo`rtgan, tekis yoki botiq bo`lishi mumkin.
Gul o`rniga gulkosa, gultoj, changchi va urug`chilar joylashgan.
Gul qo`rg`oni oddiy (perigonium) yoki murakkab bo`ladi. Gul qo`rg`oni hosil qiluvchi bir xil rangli barglarning necha qator bo`lib joylashishidan qatiy nazar oddiy gulqo`rg`oni deyiladi. Oddiy gulqo`rg`onli gullar gultojisimon yoki gulkosasimon bo`ladi. Oddiy gulqo`rg`onning gul barglari yashil rangda bo`lsa, bunday gullar gulkosasimon deyiladi va bunga lavlagi (Beta vulgaris), otquloq (Rumux), izen` (Kochia prostrata) va boshqa o`simlik gullarini misol qilish mumkin. Oddiy gulqo`rg`onning gulbargi har xil ranglarda (sariq, qizil, binafsha, pushti, ko`k va hokazo) bo`lsa, ular gul tojsimon deyiladi. Bu guruhga lola (Tulipa), boychechak (Gagea), chuchmoma (Ixiolirion), gulsafsar (Iris), shirach (Erumurus) kabi o`simliklarning gullari misol bo`la oladi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich juda to’g’ri ta’kidlaganlar biz farzandlarimizni komil inson bo’lishini xohlashdan oldin o’zimiz ularga o’rnak bo’lmog’imiz kerak va ta’lim sohasida nafaqat dars jarayonida balki, darsdan tashqari vaqtlarda xam o’quvchilar bilan shug’ullanmog’imiz kerak. Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etishvaliberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.

Download 22.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling