Mavzu: huquqiy munsabatlar reja: huquqiy munosabatlar tushunchasi


Download 28.39 Kb.
bet1/7
Sana05.01.2022
Hajmi28.39 Kb.
#230969
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Huquqiy munoosabatlar


MAVZU:HUQUQIY MUNSABATLAR
REJA:
1.HUQUQIY MUNOSABATLAR TUSHUNCHASI
2. O’ZBEKISTON MILLIY HUQUQIY TIZIMIDA HUQUQIY QADRIYATLARNING NAMOYON BO’LISHI.

3. HUQUQIY HAYOT SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN MODERNIZATSIYALASHNING USTUVOR YO’NALISHLARI

1.Huquqiy munosabatlar — hukuq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Ijtimoiy munosabatlarning muayyan qismi huquq normalari bilan tartibga solinib, ularga barqarorlik, izchillik, maqsad sari yo’naltirilganlik xususiyatlari baxsh etiladi. Ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari yordamida tartibga solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. Huquq normalari o’z vazifa va funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiradi; huquq talablari ijtimoiy munosabatlar shakliga aylantiriladi va shu tariqa munosabatlar tartibga solinib, xuquq hayotga tatbiq etiladi. Huquqiy munosabat — subyektiv huquq va majburiyatlar bilan o’zaro bog’liq shaxslar (ya’ni, fuqarolar va yuridik shaxslar) o’rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqadir. Huquqiy munosabat ta’rifidagi asosiy ma’no va mazmun, avvalo, tomonlar o’rtasidagi aloqadorlikni aks ettirishdir. Bunday munosabatlarda kamida ikki tomon — huquk sohiblari ishtirok etib, o’zaro muloqotga kirishadilar. Huquq sohiblari birbirlari oldida tegishli subyektiv huquq va majburiyat larni o’taydilar. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining hukuq va majburiyatlari birbiri bilan o’zaro mutanosib tarzda bog’liq; bir tomonning huquqiga ikkinchi tomonning majburiyati muvofiq keladi; har doim hukuk subyekti bo’lgan shaxs qarshisida majburiyat o’tovchi shaxs gavdalanadi. Masalan, ishga kirish bilan bog’liq huquqiy munosabatni olaylik. Bunda, ishga qabul qilingan xodim zimmasida muayyan mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati, korxona ma’muriyatida esa mehnat intizomiga rioya qilishni talab etish huquqi va bajarilgan ish uchun tegishli ish haqi to’lash majburiyati (bu ayni vaqtda huquq hamdir) paydo bo’ladi. Ayni paytda, ikkala subyekt ham qonunda belgilangan qator huquqlardan foydalanadilar.Yuridik adabiyot larda huquqiy munosabatlarning tabiati masalasi ancha munozarali. Bir guruh olimlar huquqiy munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi deb hisoblaydilar (L.S. Yavich, V. K. Babayev, Yu. I. Grevsev va boshqalar). Boshqa mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, «huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning alohida turi emas, ya’ni ular mulkiy, mehnat, oilaviy, boshqaruv munosabatlari tizimida mustaqil o’rin tutmaydi: huquqiy munosabatlar faqat ularning yuridik shakli, tashqi ifodasi sifatida namoyon bo’ladi... Ijtimoiy munosabatlar huquqiy shaklga ega bo’lishi mum kin, bunda ular huquqiy munosabatlar, deb ataladi». To’g’ri, ijtimoiy munosabatlar ning hammasi ham huquqiy normalar vositasida tartibga solinmaydi. Odatda, davlat va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim ijtimoiy munosabatlargina hukuk bilan tartibga solinadi. Ijtimoiy munosabatlarning qolgan qismi axloq normalari, siyo siy normalar, jamoat birlashmalari normalari, odat qoidalari, diniy normalar va shu kabilar bilan tartibga solinadi.Huquqiy munosabat larga quyidagi xususiyat va maxsus belgilar xosdir:

Download 28.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling