mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar qang‘ davlati va Kushon podsholigi


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana22.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1793522
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O\'ZBEKISTON TARIXI QO\'LLANMA-001



1-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLAR
Qang‘ davlati va Kushon podsholigi davrida Qadimgi Turon diyori yuksala boshlagan
edi;
2. Bu davrda suv tegirmoni, chig‘ir va charxpalak kabi suv inshootlari kashf etilgan;
3. Qabila boshliqlariishboshilar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish
tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa, to‘g‘on boshi atrofidan ajratib olganlar.Bu yo‘l
bilan ular 1.suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish2.suv taqsimotini nazoratga
olib, qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. O‘sha
davrda ular dehqonlar deb atalgan
4. Dehqonlar shaharlarda qasr va
saroylarsavdo va hunarmandchilik
do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina xo‘jalikka ham ega bo‘lganlar.
5. D e h q o n l a r n i n g qishloqlarda esa ekinzor paykallardan tashqari, ularning
ko‘shk va istehkomli qo‘rg‘onlari, tegirmonlari bo‘lgan. Ko‘pdan ko‘p xizmatkorlar
dehqonlarning xo‘jaligida qishin-yozin mehnat qilganlar.
6. Har bir katta yer egasining 30–40, 50–100 va ba’zan undan or- tiq maxsus
askarlar guruhi – chokarlari bo‘lgan. 1.Bunday sodiq va jangovar chokarlari
bilan dehqonlar yov hujumi paytlarida dushmanga qarshi harbiy yurishlarda
qatnashgan. Boshqa vaqtlarda ular 2.dehqon xo‘ja- ligidagi tartibga qarab
turganlar.
7. Qishloq jamoalari yerli mulkdor dehqon va unga qaram bo‘lgan yersiz va erksiz
kadivarlarga ajralib borgan. Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan
iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar tabaqasi kashovarzlar deb
atalardi
8. V asrning o‘rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma’lum bir qismi mulkdor
dehqonlar qo‘lida bo‘lsa-da, ammo ziroatkor vohalardagi sug‘oriladigan yerlarning
asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog‘ida edi.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling