Mavzu: Ijtimoiy pedagogika predmeti. Bolaning sotsiumda rivojlanishi, bola va uning ijtimoiylashuvi qonuniyatlari va ijtimoiy pedagogika mezonlari haqida


Download 25 Kb.
bet1/7
Sana25.04.2023
Hajmi25 Kb.
#1398678
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
photo 2023-03-09 20-31-16


MAVZU: Ijtimoiy pedagogika predmeti. Bolaning sotsiumda rivojlanishi, bola va uning ijtimoiylashuvi qonuniyatlari va ijtimoiy pedagogika mezonlari haqida.
1.Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi, vazifalari, obyekti va predmeti, asosiy kategoriyalari. Ijtimoiy pedagogika ilmiy bilim sohasi sifatida.
2.Sotsiologiya va ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy pedagogika haqida tushuncha. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. Bolaning ijtimoiylashuvi qonuniyatlari ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti va predmeti. Bolani rivojlanishida vorislikning ta'siri.
4.ljtimoiy omillar. Bola rivojlanishiga ta'sir eluvchi omillar. Bola rivojlanishiga muhitning ta'siri.

  1. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlari. Ijtimoiy pedagogik faoliyat. Pedagogikva ijtimoiy pedagogik faoliyat: umumiy va alohida belgilari.

  2. Ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya. Ijtimoiy ta'lim mohiyati. Ijtimoiy bilim va ko'nikmalar bola ijtimoiylashuvining asosi.


Ijtimoiy pedagogika - odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo`ladigan fikrlar, e'tiqodlar, g`oyalar, qarashlar, his-tuyg`ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir.
Har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o`ziga o`xshash shaxslar bilan o`rnatadigan murakkab o`zaro munosabatlari va ularning ta'sirida hosil bo`ladigan hodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish- ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi tutgan o‘rni, mohiyati haqida fikr yuritishdan ilgari «Ijtimoiy pedagogika» atamasiga e’tiborni qaratish zarur. Zero unda mustaqil “Ijtimoiy”, “Pedagogika” yo‘nalishdan iborat bo‘lgan mustaqil fan mujassamlashgandir. Bir necha fanlarning bunday birlashuvi tasodifiy xol bo‘lmasdan balki, u ixtisoslashuv jarayonlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat fan olamida keyingi yillarda ixtisoslashuv jarayoni bir muncha rivojlandi. Buni birgina pedagogika fani misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, «Maktabgacha pedagogika», «Maktab pedagogikasi», «Maxsus pedagogika», «Kasb-xunar pedagogikasi», «Oila pedagogikasi», kabilar. Fanlarni bu taxlitdagi o’zaro birlashuvining asosida ma’lum bir maqsadga qaratilganlik yotadi. Bu xolni «Ijtimoiy pedagogika» dan ham aniq ko‘rish mumkin. Darxaqiqat ijtimoiy pedagogika ham pedagogika kabi ta’lim tarbiya jarayoni va xodisalarini o‘rganadi Ammo shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, u ularni muayyan o‘ziga xos yo‘nalishda o‘rganadi. Chunki, mazkur fanning o‘ziga xos bo‘lgan tomoni “Ijtimoiy” iborasida mujassamlashtirilganligidir.
Ijtimoiy” (lotincha – socialis – umumiy) tushunchasining asosini shaxslar, shaxslararo munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agarda pedagogika o‘sib kelayotgan yosh avlodlarning ta’lim-tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatdagi hayotga qo‘shilishiga bog‘liq qonuniyat va xodisalarni o‘rganadi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari) bilan bog‘liqdir. Buni ijtimoiylashuv deyiladi.
Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqilgan holda ijtimoiy pedagogikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersa ham bo‘ladi.
Agarda biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini uning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi.

Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling