Mavzu: Jinsni aniqlash usullari


Download 1.76 Mb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1533399
  1   2   3   4   5   6

Biologiya 2 kurs 202 guruh talabasi Xudoyqulova Mahliyoning Individual rivojlanish biologiyasi fanidan Mavzu:Jinsni aniqlash usullari mavzusida tayyorlagan taqdimoti

Mavzu:Jinsni aniqlash usullari

Reja:

 

1. Jinsni aniqlash va ular nisbati.

2. Jinslar hosil bo’lishini boshqarish.

3. Jinsga bog’langan belgilarning nasldan-naslga o’tishi.

Jinsni aniqlash va ular nisbati.

  • 1. Jins organizmdagi belgi-xususiyatlar yig’indisi bo’lib, yangi avlodning vujudga kelishini va irsiy belgilarning nasldan-naslga o’tishini ta’minlaydi. Barcha hayvonot olami vakillari va odam somatik hujayralarining xromosomalari to’plamida autosomalar va jinsiy xromosomalar X (iks) va U (igrek) mavjud. X.Genkin 1891 yili ayrim hashoratlarning mitoz usulida bo’linish jarayonini o’rganish paytida hujayraning bitta qutbida yaxshi bo’yalgan tanacha borligini, ikkinchi qutbida esa bu tanacha yo’qligini yozadi. Ana shu bo’yalgan tanachaning nimaligini X.Genkin bilmaydi, shuning uchun uni X harfi bilan ifodalaydi. Кeyinchalik (1905) E.Vilson bu tanachani X-xromosoma deb nomlaydi. Jufti bo’lmagan va erkak jinsini aniqlovchi ikkinchi xromosomani esa U-xromosoma deb ataldi. Shunday qilib jinsiy xromosomalar X va U deb nomlanadigan bo’ldi. Irsiyatning xromosoma nazariyasiga ko’ra, jinsni xromosomalar orqali aniqlashning 4 turi mavjud. Barcha hayvonlar jinsini shu to’rt xil usul bilan aniqlash mumkin.

Jinsni aniqlay olish mumkin bo’lgan muddatiga ko’ra organizmlarni uchta guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga ularning tuxum hujayralari urug’langan paytida aniqlash mumkin bo’lgan organizmlar kirib (sut emizuvchilar, drozofila va boshqalar), bunga jinsni aniqlashning singam usuli deyiladi. Ikkinchi guruhga jinsini ularning tuxum hujayralari urug’langanidan keyin, ya’ni rivojlanish davridagina aniqlasa bo’ladi, bunga jinsni aniqlashning epigam usuli deyiladi. Masalan, dengiz chuvalchangida, lichinkalarning jinslarini belgilovchi genlarning ta’siri muvozanatda bo’lib ular muhit ta’siridagina erkak yoki urg’ochi jins belgisini yuzaga chiqaradi

  • Jinsni aniqlay olish mumkin bo’lgan muddatiga ko’ra organizmlarni uchta guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga ularning tuxum hujayralari urug’langan paytida aniqlash mumkin bo’lgan organizmlar kirib (sut emizuvchilar, drozofila va boshqalar), bunga jinsni aniqlashning singam usuli deyiladi. Ikkinchi guruhga jinsini ularning tuxum hujayralari urug’langanidan keyin, ya’ni rivojlanish davridagina aniqlasa bo’ladi, bunga jinsni aniqlashning epigam usuli deyiladi. Masalan, dengiz chuvalchangida, lichinkalarning jinslarini belgilovchi genlarning ta’siri muvozanatda bo’lib ular muhit ta’siridagina erkak yoki urg’ochi jins belgisini yuzaga chiqaradi

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling