Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja


Download 343.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana09.02.2023
Hajmi343.97 Kb.
#1179244
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1.JTSN va U 2-III-1



Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti. 
Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari 
Reja 
1. 
Jismoniytarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fani haqida. 
2. 
Jismoniy madaniyat – faoliyat sifatida. 
3. 
Jismoniy madaniyat predmetlar - boyligi sifatida. 
4. 
Jismoniy madaniyat – natija sifatida. 
5. 
Jismoniytarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fani o‘quv va ilmiy fan 
sifatida. 
6. 
Jismoniytarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fani asosiy tushunchalari:
“jismoniy madaniyat”, “jismoniy rivojlanish”, “jismoniy tarbiya”, “jismoniy 
tayyorgarlik”, “sport”, “jismoniy kamolot”. 
7. 
Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. 
 
Kalit so‘zlar: Jismoniy madaniyat, jismoniy madaniyat –faoliyat sifatida, 
jismoniy madaniyat predmetlar - boyligi sifatida, jismoniy madaniyat – natija 
sifatida, o‘quv va ilmiy fan, “jismoniy madaniyat”, “jismoniy rivojlanish”, 
“jismoniy tarbiya”, “jismoniy tayyorgarlik”, “sport”, “jismoniy kamolot”. 
 
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fani jismoniy madaniyat va 
sport hamda organizmga ta’sir ko‘rsatadigan biologik umumiy qonun qoidalarni 
o‘rganadi va umumlashtiradi. Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va 
vazifalarini, vosita va usuliyatlarini, tamoyillarini, jismoniy yuklama va uni 
qo‘llash qonuniyatlarini, jismoniy tarbiyaning zvenolaridagi jismoniy tarbiya 
xususiyatlarini, jismoniy tarbiyaning aqliy, ahloqiy estetik va mehnat tarbiyasi 
bilan bog‘liq bo‘lgan, sport trenirovkasi va uni qonuniyatlarini ochib beradi. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi amaliyot bilan chambarchas bog‘langan holda 
rivojlanib boradi rivojlanish manbaii bo‘lib respublikamizda olib borilayotgan 
ilmiy tadqiqotlar va ilhor tajribalar hisoblanadi. 


Inson ham, jamiyat ham umuman o‘zini ob’ektiv rivojlanish qonunlarini 
bekor qilaolmaydi va o‘zgartiraolmaydi, chunki ular insonga bog‘liq bo‘lmagan 
holda mavjuddir. Masalan, organizmni asta-sekin son va sifat jihatdan o‘zgarishi, 
organizmda funksional va tuzilish o‘zgarishlar qonuni, organizm va uning hayot 
sharoiti bilan birligi va h.k. qonunlar. Shunday bo‘lsada qonuniyatlar bilan 
birgalikda tabiiy rivojlanish jarayoniga (jumladan organizmning jismoniy 
rivojlanishiga) jamiyatni va shaxsni talabiga javob beruvchi ma’lum tuzilishi 
bo‘yicha yo‘nalish berib, ta’sir ko‘rsatish mumkin. Bu tomondan jismoniy 
madaniyat, kishining jismoniy rivojlanish jarayoniga maxsus ijtimoiy omil sifatida 
maqsadga muvofiq ravishda, ta’sir ko‘rsatib, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarini 
yo‘naltirilgan holda tarbiyalashga yordam beradi. Insonning jismoniy 
rivojlanishiga ijtimoiy hayot sharoiti, tarbiya, jumladan, jismoniy tarbiya, genetik 
va akseleratsiya jarayoni ta’sir etadi. 
Jismoniy madaniyat eng avval yosh avlodni va kattalarni mehnatga 
tayyorlashdagi, jamiyatning amaliy talablari ta’sirida tarixan ro‘yobga chiqdi. Shu 
bilan birga jamiyatda o‘rgatish va tarbiyalash tizimini tashkil topishida, jismoniy 
madaniyat, asosiy omil sifatida, har xil harakat ko‘nikmalari va malakalarini 
amalga oshirish va kishini faoliyat imkoniyatlarini kengaytirish, jismoniy 
qobiliyatlarini, shu bilan birga intellektual, ahloqiy va estetik tarbiyani amalga 
oshirish organik ravishda kirib keldi. Texnika taraqqiyoti sharoitida, mehnat 
xarakterini va hayot sharoitini o‘zgarishi, kishining jismoniy madaniyatini 
o‘zgartirishda katta boylik sifatida, kasallikning oldini olish, organizmning 
funksional ishini yaxshilashni, ish faoliyatini oshirishi va saqlab turishda, qisqacha 
qilib aytganda, sog‘lig‘ini saqlay va mustahkamlashda uning jismoniy holatini eng 
yuqori darajadagi vosita sifatida qo‘llaniladi. 
Shuning uchun ham jismoniy madaniyat, umumiy madaniyatning katta va 
ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Umuman jamiyat madaniyati singari, jismoniy 
madaniyatning har xil tomondan va har xil soha bo‘yicha ko‘rib chiqish zarur. 
Nisbatan to‘liq tavsif berish uchun eng bo‘lmaganda uch soha bo‘yicha ko‘rib 
chiqish kerak: 



Download 343.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling