Mavzu: kichik maktab yoshi davrida xotira jarayonlari, psixodiagnostika va korreksiya qilish usullari mundarija: Kirish i-bob. Kichik maktab yoshi davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari


Download 104.66 Kb.
bet1/8
Sana17.10.2023
Hajmi104.66 Kb.
#1706180
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Chuliyeva Asila


Chuliyeva Asila Kupaysin qizi.


Mavzu: KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA XOTIRA JARAYONLARI, PSIXODIAGNOSTIKA VA KORREKSIYA QILISH USULLARI
Mundarija:
Kirish
I-Bob. Kichik maktab yoshi davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari.

    1. Kichik maktab yoshidagi bolalarning rivojlanish xususiyatlari.

    2. Kichik maktab yoshi davrida psixik jarayonlarning rivojlanishi

    3. Kichik maktab yoshi davrida xotiraning rivojlanishi.



II-Bob. Kichik maktab yoshidagi bolalarda xotira jarayonlaridagi muammolarni psixodiagnostika va korreksiya qilish usullari.
2.1. Kichik maktab yoshidagi bolalar xotira jarayonlarida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar.
2.2. Kichik maktab yoshidagi bolalarda xotira jarayonlaridagi muammolarni psixodiagnostika va korreksiya qilish usullari.
2.3.Kichik yoshdagi bolalar xotirasini rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodikalar


Kirish
Kichik maktab yoshi davriga 7-11 yoshli boshlang‘ich (1-4) sinflarning o‘quvchilari kiradi. Bola maktab ta’limiga bog‘chada tarbiyalanayotganda tayyorlanadi. Bunda u maktabda o‘quvchilarga qo‘yiladigan har xil talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Ta’limga psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning obyektiv va subek’tiv jihatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi.
Bola maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetali darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, aniqligi o‘zining qiziquvchanligi, dilkashligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralibturadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbat uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. Bola diqqatining xususiyatlari roli va syujetligi o‘yinlarda, rasm chizish va qurish-yasash mashg‘ulotlarida, loy hamda plastindan o‘yinchoqlar tayyorlashda, o‘zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda matematik amallarni bajarishda, hikoya tinglash va tuzishda ko‘rinadi.
Boladagi psixomotor (harakat) imkoniyatlari bir qator psixik funktsiyalar rivojlanishining yosh xususiyatlariga bog’liq bular muskul-harakat sezgilari va idrok, sensomotor rivojlanish, xotira, tafakkur va diqqatdir. Kichik yoshidagi bolalarda harakatlar tezligi ortadi, lekin ularning aniqligi unchalik yuqori bo’lmaydi, chunki juda ko’p ortiqcha, anglanmagan harakatlar amalga oshiriladi. Bolalar tashqi jixatdan o’xshash jismoniy mashqlarni yomon farqlaydilar, harakatlarning boshqaruvning asosiy parametrlari bo’yicha yomon tafovutlaydilar. Kichik yoshdagi bolada tafakkur, diqqatning taqsimlanishi va ko’chishi hali yaxshi rivojlanmaganligi bois harakat ko’nikmalarini o’zlashtirish qiyinchilik bilan kechadi.
Uzoq yillar mobaynida insonning psixomotor rivojlanishi ikki omilli metafizik nazariya doirasida qaralib kelindi, bunda ba’zi mualliflar hal qiluvchi o’rinni irsiy omillarga, psixomotorikaning genetik jihatdan determinantlashgan morfofunktsional mexanizmlariga ajratadilar (Krechmer va boshqalar), boshqa bir mualliflar esa yetakchi rolni atrof muhitga beradilar (Fr. Galton, 1875), va nihoyat boshqa bir mualliflar ikkala omillar ham o’zaro ta’sirda bo’ladilar, ya’ni konvergentlashadilar deb ta’kidlaydilar. (V. Shtern, 1935).


Download 104.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling